Qizil va qora indd


XXVII Eng yaxshi cherkov mansablari



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

XXVII

Eng yaxshi cherkov mansablari

Xizmatlar?  Iqtidor?  Fazilat?  Hammasi 

bo‘lmagan gap! Bironta to‘daga mansub bo‘lmoq 

kerak.


Telemak.

Vaqti kelib fransuz cherkovining eng yuksak martabalarini taq-

simlash huquqiga ega bo‘ladigan bu ayolning ongida ilk bor Jyulen 

va yepiskoplik unvoni haqidagi tushunchalar xuddi ana shu yo‘sinda 

uyg‘unlashib paydo bo‘ldi. Biroq bu muvaffaqiyat Jyulenga mutlaqo 

ta’sir qilmagan bo‘lardi: hozir u o‘z qayg‘usidan bo‘lak hech nima 

to‘g‘risida fikr yurita olmasdi, atrofdagi hamma narsa esa unga shu 

qayg‘usini eslatayotgandek, uni bo‘rttirib ko‘rsatayotgandek tuyulardi; 

masalan, endi unga o‘z xonasi nihoyatda xunuk ko‘rina boshladi. Ke-

chqurun u qo‘lida sham bilan xonasiga kirib borganida, u yerdagi har 

bir predmet, har bir narsa go‘yo tovushini ko‘tarib, shafqatsizlik bilan 

qaygusining biror yangi tafsiloti haqida qichqirayotgandek tuyulardi.

«Xo‘sh, bugun men yana majburiy xizmatni o‘tayman, – dedi u 

o‘z xonasiga dimog‘i chog‘ bo‘lib kirar ekan. Anchadan beri uning 




454

kayfiyati bunday yaxshi bo‘lmagan edi. – Ikkinchi maktub ham xuddi 

birinchisiga o‘xshab zerikarli bo‘lsa kerak, deb umid qilamiz»:

Maktгb yanada zerikarliroq bo‘lib chiqdi. O‘zi ko‘chirib yozayot-

gan gaplar unga shu qadar bema’ni bo‘lib tuyulardiki, oxirida yigit 

uning mazmuni ustida bosh qotirib o‘tirmay, beixtiyor satrma-satr 

ko‘chiraverdi.

«Bu gaplar shu qadar tumtaroq ekanki, – derdi u o‘ziga-o‘zi, – hatto 

Londondagi diplomatiya professori menga ko‘chirtirgan Myunster 

risolasining rasmiy moddalaridan ham o‘tib tusharkan».

Faqat shundan keyingina u daf’atan de Fervak xonimning ma-

hobatli ispan don Diego Bustosga qaytarib berishni unutgan o‘sha 

maktublarni esladi. Yigit ularni qidirib topdi: ochig‘ini aytganda, 

ular bema’ni va dabdabali gaplarni qalashtirish bobida rus amaldori 

yozgan maktublarning xuddi o‘zginasi edi. Hammasi mavhum gaplar. 

Go‘yo bu gaplarda hammasini aytish va, shu bilan birga, hech nima 

aytmaslikka jazm etilgandek tuyulardi. «Uslubi – Eol arfasi

49

ning o‘zgi-



nasi, – deya xulosa qildi Jyulen. – O‘lim va oxirat haqidagi bu o‘lguday 

tumtaroq mulohazalarda men kulgili bo‘lib ko‘rinishdan qo‘rqishdek 

ayanchli fikrdan bo‘lak bironta jonli fikr ko‘rmayapman».

Biz hozir qisqagina bayon qilib bergan monolog ikki hafta davomida 

muttasil takrorlanib turdi. Bironta diniy kitobning tahliliga o‘xshash 

maktubni ko‘chira turib uxlab qolish, ertasiga ma’yus bir qiyofada xat-

ni eltib berish, hech bo‘lmasa Matildaning ko‘ylagini ko‘rish umidida 

otni нetaklab otxonaga olib borish, ishlash, agar de Fervak xonim de 

lya Mol xonadoniga tashrif buyurmasa, kechqurunlari Operaga ravona 

bo‘lish – Jyulenning hayoti ana shunday bir maromda kechmoqda edi. 

De Fervak xonim markizaning huzuriga kelgan paytlari bu hayot bir-

muncha qiziqarliroq o‘tardi, ana shunda marshal bevasi shlapa sining 

soyaboni ostidan yigitga Matildaning ko‘zlari ko‘rinib turar va bundan 

uning suxandonligi qo‘zirdi. Uning jonli, hissiyotga to‘la nutqi bor-

gan sayin ta’sirliroq va, shu bilan birga, samimiyroq bo‘lib borardi.

Jyulen o‘zining barcha nutqlari Matildagi butunlay bema’ni gaplar 

bo‘lib tuyulayotganini juda yaxshi tushunardi-yu, lekin qizni bu su-

xandonligidagi nazokat bilan hayratga solishni istardi. «Aytayotgan 

gaplarimda munofiqlik qancha bo‘lsa, unga shuncha ko‘proq yoqishim 

49

 Qadimgi yunon afsonalarida shamol xudosi bo‘lmish Eolning arfasi shamolda 



nozik sadolar chiqarib, kishining uyqusini keltirar ekan (tarj.).


455

kerak», deya o‘ylardi Jyulen va nihoyatda dadillik bilan tabiat go‘zal-

liklarini ko‘pirtirib maqtashga tutinardi. Tez orada u marshal bevasiga 

chakana odam bo‘lib ko‘rinmaslik uchun, ayniqsa, oddiy va bama’ni 

fikrlarni bayon qilishdan qochish lozimligini tushunib qoldi. Yigit shu 

yo‘sinda davom etaverdi. Ba’zan u o‘zi yoqishga harakat qilayotgan bu 

ikki xonimning ko‘zlaridan uning gaplarini manzur ko‘rishayotgani yoki 

loqayd tinglashayotganiga qarab, suxandonligini xiyol qisqartirar edi.

Xullas, endi uning hayoti vaqtini butunlay harakatsiz o‘tkazgan 

o‘sha iztirobli kunlarga qaraganda ancha jonliroq kechmoqda edi.

«Xo‘sh, – dedi u o‘ziga-o‘zi bir kuni kechqurun, – mana o‘sha 

jirkanch dissertatsiyalardan o‘n beshinchisini ham ko‘chirib yozyap-

man. Oldingi o‘n to‘rttasini marshal bevasining shveytsariga o‘z 

qo‘lim bilan topshirdim. Chamasi, xonimning yozuv stoli tortmalarini 

shu xatlar bilan to‘ldirib yuborgan bo‘lsam kerak o‘ziyam. U bo‘lsa 

menga munosabatini sira ham o‘zgartirgani yo‘q, go‘yo men hech 

qachon unga xat yozmagandek! Oxiri nima bo‘larkin, bilmadim. Bu 

sarkashligim o‘zimning me’damga urgandek, uning ham joniga teg-

masmikin? Shuni tan olish kerakki, Korazovning richmondlik o‘sha 

ofatijon kvaker ayolni sevib qolgan rus do‘sti, chamasi, bir vaqtlar 

juda dahshatli odam o‘tgan bo‘lsa kerak. Odam degani ham shunaqa 

mijg‘ov bo‘ladimi axir!»

Buyuk sarkarda o‘tqazayotgan manevrlarning nogahon shohidi 

bo‘lib qolgan har qanday oddiy odam kabi Jyulen rus yigiti dimog‘dor 

ingliz xonimning yuragidan urish uchun qilgan bu hujumida hech 

baloni tushunmay qolgan edi. Dastlabki qirq maktubning hammasi 

faqat unga noma yo‘llashdek beadabgarchilik uchun uzr so‘rashga 

mo‘ljallangan edi. Chamasi, o‘lgudek zerikib yurgan o‘sha jononni o‘z 

hayotiga qaraganda, ehtimol, biroz qiziqarliroq bo‘lgan o‘sha mak-

tublarni olib o‘qishga ko‘niktirmoq zarur edi. Bir kuni ertalab Jyulenga 

xat keltirib berishdi. U de Fervak xonimning muhrini tanidi-yu, xatni 

shosha-pisha ochib o‘qidi, Bir-ikki hafta ilgari butun qalbini hasrat 

qoplagan Jyulen sira ham bunday shoshilmagan bo‘lardi. Bu bor-yo‘g‘i 

tushki ziyofatga taklifnoma ekan. Yigit knyaz Korazovdan yo‘l-yo‘riq 

qidira boshladi. Afsuski, rus yigitning ko‘ngli oddiy va tushunarli qilib 

yozish lozim bo‘lgan joyda Dor kabi jimjimador uslubda yozishni tusab 

qolgan ekan, Jyulen marshal bevasinikidagi ziyofat chog‘i yuzida qanday 

ruhiy holat ifodalash lozimligi to‘g‘risida hech qanday ko‘rsatma topa 

olmadiMarshal bevasining muhtasham mehmonxonasi Tyulridagi 



456

Diana galereyasidek hammayog‘iga zarhal qoplangan bo‘lib, devor-

larga naqshinkor romlarga solingan kartinalar osib tashlangan edi. 

Ba’zi kartinalarda mo‘yqalamning yangigina izi ko‘rinib turardi. Jyulen 

keyinchalik ba’zi syujetlarning bekaga axloqsizroq bo‘lib ko‘ringani va 

xonim kartinalarni tuzatib qo‘yishni buyurganini bilib oldi. «Chindan 

ham axloq asri deb atasa bo‘ladi buni!» – deya xayolidan o‘tkazdi u.

Bu salondagi mehmonlar orasida yigit maxfiy nota yozishda 

ishtirok etgan uch kishini tanidi. Ulardan biri, marshal bevasining 

tog‘asi bo‘lmish monsinor yepiskop  diniy nazoratda mansabga tayin-

lash ishlarini idora etar va, odamlarning aytishicha, jiyanining bironta 

ham gapini ikki qila olmas edi. «Rosa o‘sibman-ku, – dedi o‘ziga-o‘zi 

ma’yus jilmayib Jyulen. – Yana bu gaplarning hammasiga naqadar 

befarq ekanligimni aytmaysizmi! Buni qarangki, mashhur yepiskop 

bilan bir dasturxon tepasida o‘tiribman-a».

Ziyofat o‘rtamiyona bo‘ldi-yu, lekin bu yerdagi suhbatdan kishi-

ning ko‘ngli behuzur bo‘lardi. «Biror bo‘lmag‘ur kitobning mundari-

jasiga o‘xshaydi, – deya o‘ylardi Jyulen. – Inson fikrining barcha buyuk 

problemalari haqida bu qadar gerdayib gapirishlariga o‘laymi! Agar 

gapirayotgan gaplariga uch daqiqa quloq solib tursang, qay biriga: 

bu suxandonning manmanligigami yoki uning o‘taketgan johilligiga 

ko‘proq hayratlanishni bilmay qolasan kishi».

Kitobxon, chamasi, akademikning jiyani va bo‘lajak professor 

bo‘lmish Tambo ismli bo‘lmag‘ur bir yozuvchini unutib ham yuborgan 

bo‘lsa kerak. U de lya Mol saroyi mehmonxonasidagi havoni o‘zining 

iflos g‘iybatlari bilan zaharlab yurguvchi edi. 

Xuddi ana shu yaramas odam Jyulenda, garchi de Fervak xonim 

uning maktublariga javob bermayotgan bo‘lsa-da, bu xatlarda izhor 

etilgan tuyg‘ularga xayrixohlik bilan qarasa kerak, degan fikrni 

tug‘dirdi, Janob Tamboning ichi qora bo‘lib, u Jyulenning muvaf-

faqiyatlari to‘g‘risida o‘ylaganida hasaddan yorilib o‘lay derdi. Lekin 

boshqa jihatdan olganda, eng iste’dodli odam, shu bilan birga, har 

qanday ahmoq ham, bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘la olmagani 

kabi, «gar bu Sorel ofatijon de Fervak xonimga o‘ynash bo‘lib olsa, – 

o‘ziga-o‘zi bo‘lajak professor, – u holda xonim uni cherkov qoshida 

biror yog‘liroq ishga joylab qo‘yadi, men esa, shu zaylda de lya

 

Mol 


saroyida undan qutulib olaman».

Janob abbat Pirar ham Jyulenga uning de Fervak saroyida erishgan 

muvaffaqiyatlari xususida bir talay nasihatlar qildi. Bu o‘rinda qat-



457

tiqqo‘l yansenist va taqvodor marshal bevasining eski urf-odatlarni 

tiklash, monarxiyani mustahkamlashga da’vo qiladigan iezuitlar 

saloni o‘rtasidagi raqobat o‘z kuchini ko‘rsatgan edi.




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish