Qizil va qora indd



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/106
Sana13.07.2021
Hajmi3,11 Mb.
#117514
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106
Bog'liq
Qizil va qora

«Bu maktublarni havorang kamzul kiyib, qora galstuk taqib, 

shaxsan otda eltib bermoq lozim. Maktub shveytsarga topshiriladi, 

bu paytda g‘amzada ko‘rinish kerak, – ko‘zlarida cheksiz ma’yuslik 

ifoda etilmog‘i lozim. Agar oqsoch qiz uchrab qolgudek bo‘lsa, go‘yo 

sezdirmay ko‘zdan bir tomchi yoshni artib olgan kishi bo‘lib ko‘rinish 

kerak. Oqsoch qizga bir-ikki og‘iz shirin so‘z aytiladi».

Jyulen bu talablarga qat’iyan amal qildi.




452

«Men ancha surbetlik qilyapman, – deya xayolidan o‘tkazdi u de 

Fervak saroyidan chiqib kelar ekan, – lekin Korazov o‘zidan ko‘rsin. 

O‘z taqvosi bilan shuhrat qozongan shunday xonimga maktub yo‘llash-

ning o‘zi bo‘ladimi! Endi u meni qanday nafrat bilan qarshi olishini 

tasavvur qilyapman! Rosa tomosha bo‘ladi-da o‘ziyam! Chamasi, faqat 

shu komediyagina ko‘nglimni biroz ochsa kerak. Ha, «men»

 

deya 



atalmish mana shu manfur nusxani yaxshilab sazoyi qilish kerak. 

Yolg‘iz shu narsagina mening vaqtimni hush qilsa kerak. Agar o‘zimni 

jinoyat qilishga qodir deb his etganimda biroz ko‘ngil ochish uchun 

ham o‘sha jinoyatni qilgan bo‘lardim». 

Butun shu oy davomida Jyulen faqat otini otxonaga olib kirayotgan 

daqiqalardagina o‘zini biroz baxtli his etadi. Korazov unga o‘zidan 

yuz o‘girgan mahbubasiga qarashni qat’iyan taqiqlab qo‘ygan edi, 

bu o‘rinda hech qanday bahona inobatga olinmasdi. Otning tanish 

dupur-dupuri, Jyulenning otboqarni chaqirish uchun otxona dar-

vozasini qamchi bilan taqillatish odati tufayli Matilda ba’zan parda 

ortidan hovliga qarash uchun beixtiyor deraza yoniga kelardi. Parda 

juda yupqa bo‘lib, Jyulen uning ortidagi qizni yaqqol ko‘rib turardi. U 

shlyapasi soyaboni ostidan sezdirmay Matildaga qarar ekan, qizning 

qomatini ko‘rardi-yu, biroq ko‘zlarini ilg‘ay olmasdi. «Shunday ekan, 

u ham mening ko‘zlarimni ko‘ra olmaydi, – deya mulohaza yuritardi 

yigit. – Demak, bu qaraganim hisobga kirmaydi».

Kechqurun de Fervak xonim unga, xuddi ertalab Jyulen juda 

ma’yus bir qiyofada uning shveytsariga topshirgan o‘sha falsafiy-mis-

tik va diniy risolasini olib o‘qimagandek muomala qildi. Bir kun 

ilgari Jyulen tasodifan suxandonlik qilish yo‘lini topgan edi: bu gal u 

ataylab Matildaning ko‘zlari ko‘rinib turadigan joyga o‘tirdi. Matilda 

ham marshal bevasi paydo bo‘lishi bilanoq zangori divanni tark etdi, 

boshqacha qilib aytganda, o‘z to‘garagiga xiyonat qildi. Janob de Kru-

aznua, chamasi, uning bu yangi injiqligidan g‘oyat tashvishga tushib 

qolgan edi: uning bunday ochiqdan-ochiq ranjishi Jyulenning dilidagi 

iztirobni biroz yumshatgandek bo‘ldi.

Bu kutilmagan quvonchdan uning suxandonlik san’ati chindan ham 

juda yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilab ketdi. Shuhratparastlik har qanday 

yurakka, hatto bukilmas taqvodorlik makoni bo‘lmish qalblarga ham 

osongina kirib boradi. Shu boisdan ham marshal bevasi karetasiga 

o‘tirar ekan, shunday qarorga keldi: «Yo‘q, de lya Mol xonim rost gap-

ni aytibdi: bu navqiron abbati tushmagur chindan ham ajoyib odam 




453

ekan. Chamasi, u avvaliga mendan uyalib yurgan bo‘lsa kerak. Axir bu 

uyda kimga qaramang, hammasida qandaydir yengiltaklik nishona-

sini ko‘rasiz, bu yerga kelib turadigan taqvodor zotlarning hammasi 

taqvosini yoshi o‘tganda orttirgan, ular faqat keksaliklari tufayligina 

o‘zlarini shunday vazmin tutishadi. Yigitcha so‘zsiz farqni tushunib 

qolgan. Uning uslubi durustgina ekan, lekin men uning bu maktubidagi 

maslahat so‘rab, to‘gri yo‘lga solishni iltimos qilishida o‘zi ham anglab 

yetmagan qandaydir tuyg‘u yashirinmaganmikin, deya cho‘chiyapman.

Unday desam, odamni to‘g‘ri yo‘lga solish xuddi shunday bosh-

lanishiga misollar ozmunchami. Meni ayniqsa umidvor qilayotgan 

narsa – bu boshqa yigitlar menga yozgan xatlar bilan u yozgan maktub 

uslubi o‘rtasidagi farq bo‘lyapti. Bu ruhoniy yigitning maktubidagi 

yuksak mehr-oqibat, samimiy jiddiyat va chuqur ishonchga e’tibor 

bermaslik mumkin emas. Unda Massilyonga xos muloyim ezgulikning 

qandaydir nishonalari ko‘rinadi».




Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish