yozilgan «Fransiya tarixi» kitobi muallifi.
sub drama. 1830-yilning 25-fevral kuni «Komedi fransez» teatrida
568
Talma (1763–1826) – mashhur fransuz aktyori, ko‘proq tragik
rollarni o‘ynagan.
Abbat Delil (1738–1813) – «Bayonchilar maktabi»ga mansub
bo‘lmish shoir. U 20-yillarda yirik klassik shoir hisoblanardi-yu, biroq
romantiklar, jumladan, Stendal ham uni kalaka qilib yurishardi. Delil
Vergiliyning «Georgiklar» asarini erkin tarjima qilgan.
338-betga: D’Obinye (1550–1630) – yozuvchi, tarixchi va lashkar-
boshi, Reformatsiyaning fuqarolar urushida faol ishtirok etgan kalvi-
nist, «1550-yildan 1601-yilga qadar umumiy tarix» kitobi muallifi.
Brantom (1527–1614) – «Mashhur odamlar va buyuk fransuz
sarkardalarining hayoti», «Mashhur xonimlar hayoti» kabi kitoblar
muallifi. Brantom bu asarlarda saroy fitnalari va mashhur xonimlar-
ning ishqiy sarguzashtlari haqida hikoya qilgan.
338-betga: Letual (1546–1611) – Genrix III va Genrix IV davri
haqida g‘aroyib «Kundaliklar» yozib qoldirgan, fransuz memuarchisi.
342-betga: ...ispanlar shamshiridan qo‘rqmaslik. Graf Porber,
chamasi, 1823-yili Ispaniyaga qarshi urushda ishtirok etgan va u
yerda jasorat ko‘rsatgan bo‘lsa kerak.
345-betga: Abbat Mori (1746–1817) – siyosiy arbob va Ta’sis maj-
lisining mashhur notig‘i, Fransiyadan muhojirlikka jo‘nab 1791-yili
yepiskoplikka ko‘tarilgan.
Bassompyer (1579–1646) – fransuz marshali va diplomati, XVII
asr boshlaridagi shiddatli voqealar va o‘sha davr muhitini yaxshi
tasvirlab bergan memuarlar muallifi.
Vandeya – Fransiyaning shimoldagi oblasti, fransuz revolyutsiyasi
davrida u yerda burbonlar sulolasini qaytadan taxtga o‘tqazish maq-
sadida kontrrevolyutsion qo‘zg‘olonlar bo‘lib turgan.
352-betga: ...ruhoniylarga ularning yer-mulklarini qaytarib berish...
– Revolyutsiya davrida ruhoniylardan musodara qilingan yer-suv va
o‘rmonlar davlat mulki hisoblangan va 1814-yili davlat zayomi uchun
kafolat mulk hisobini o‘tagan. Reaksion partiyaning vazifalaridan biri
ana shu yer-mulki oldingi egalariga qaytarib berishga erishish edi.
...1792-yili Koblensda... – Fransiya bilan chegaradosh ana shu nemis
shaharchasida fransuz muhojir zodagonlar to‘planishgan. Bu yerda
ular eski tuzumni qayta tiklash maqsadida Fransiyaga bostirib kirish
uchun armiya tashkil qilish bilan shug‘ullanishgan.
357-betga: Leontina Fe – «Jimnaz» teatrining komik aktrisasi.
U 1826–1834-yillarda ko‘proq Skribning komediyalarida rol ijro
569
etgan. Bu aktrisaning o‘yini o‘zining nozik istig‘nosi bilan ajralib
turardi.
360-betga: Granvel – kardinal Perreno de Granvel (1517–1586), is-
pan qirollari Karl V va Filipp II larning ministri, asli bezansonlik bo‘lgan.
361-betga: Fontan (1801–1839) – fransuz yozuvchisi va jurna-
listi, u «Quturgan qo‘chqor» pamfleti uchun (1829) qamoq jazosiga
hukm qilingan. Quturgan qo‘chqor timsolida u qirol Karl X ni nazarda
tutgan edi. Favvora iyul revolyutsiyasidan so‘ng 1830-yili qamoqdan
ozod qilingan.
Magalon (1794–1840) – fransuz yozuvchisi. Restavratsiya boshida
u monarxist bo‘lgan-u, ammo terrorning avjiga minishidan g‘azabla-
nib, liberal oppozitsiya tarafiga o‘tgan. U muharrirlik qilgan «Albom»
jurnali yopilib, uning o‘zini qamoq jazosiga hukm qilishgan, (1823)
uni qonunga xilof ravishda, xuddi Favvoraga o‘xshatib, oyog‘iga kishan
urilgan holda kallakesar jinoyatchilar qamoqxonasida saqlashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: