Polkovnik Karon (1774–1822) – Restavratsiya davrida Kolmarda
harbiy to‘ntarish yasashga uringan, ammo unga xiyonat qilishgan.
Politsiya ig‘vogarlik bilan uni ochiqchasiga maydonga chiqishga
majbur qilgan. U qamoqqa olingan va 1822-yil 1-oktyabr kuni otib
tashlangan.
364-betga: ...Jarnak yoki Monkontur bo‘sag‘asida jang qilganida
edi... 1569-yili avvaliga Jarnak yonida, so‘ngra Monkontur bo‘sag‘asida
fransuz gugenotlarining armiyasi katolik Liga qo‘shinlari tomonidan
tor-mor etilgandi.
371-betga: «Biroq nomus yagona bizda!» – Kornelning «Sid» tra-
gediyasidan iqtibos. Don Diego – shu tragediyaning personaji.
397-betga: Chimaroza (1749–1801) – italyan kompozitori, o‘z
vaqtida juda mashhur bo‘lgan «Maxfiy nikoh» komik operasining
muallifi. Stendal bu asarni Yevropadagi eng yaxshi komik opera deya
hisoblardi.
412-betga: XXI va undan keyingi boblar Restavratsiyaning bi-
rinchi yillarida ultraroyalistlar uyushtirib turgan maxfiy fitnalarni
eslatadi. O‘sha kezlari hukumat oldida turgan asosin vazifani «ter-
ritoriyani ozod qilish», deya atash mumkin edi. Napoleon ikkinchi
marta taxtdan qulaganidan so‘ng Fransiya Yevropa koalitsiyasi
qo‘shinlari tomonidan okkupatsiya qilingandiki, bu qo‘shinlar bur-
bonlar toj-u taxtini mamlakat ichidagi revolyutsion g‘alayonlardan
himoya qilmog‘i darkor edi. Tiyiqsiz reaktsioner graf d’Artua (ke-
570
yinchalik qirol Karl X) atrofida uyushgan ultraroyalistlar esa bunga
qarshi edilar. Graf d’Artua hukumatdan yashirincha Londonga o‘z
agentlarini jo‘natib, ingliz ministrligidan okkupatsiya muddatini
cho‘zishni iltimos qilib turardi. Shunday agentlardan biri Jyul de
Polinyak bo‘lgan. U Londonga graf d’Artuaning «Maxfiy maktub»ini
olib borgan. Stendal o‘z romanida garchi asaridagi voqealar o‘n ikki
yil keyinroq sodir bo‘lsa-da, ana shu epizoddan foydalangan. Zero,
1830-yilda siyosiy ahvol shunday ediki, revolyutsiya sodir bo‘lishi-
dan cho‘chigan ultraroyalistlar yordam so‘rab o‘zga mamlakatlarga
murojaat qilishlari mumkin edi.
422-betga: «Kim bo‘ladi u? Xudomi, dasturxon yoxud jomasho‘y?»
Lafontenning «Haykaltarosh va Yupiter haykali» masalidan iqtibos.
423-betga: «Globus» – 1824-yilda tashkil etilgan liberal yo‘na-
lishdagi jurnal. «Globus» hukumatning reaksion siyosatiga qarshi
kurashda va shu yo‘sinda Iyul revolyutsiyasini tayyorlashda katta
rol o‘ynagan.
Kleber (1753–1800), Gom (1768–1797), Jurdan (1762–1833) –
fransuz revolyutsion armiyasining generallari. Ular o‘z halolliklari va
revolyutsiyaga sadoqatlari bilan nom chiqarishgan.
432-betga: Katelino (1759–1793) – Vandeyadagi kontrrevol-
yutsion g‘alayoni yo‘lboshchilaridan biri, qishloqdagi oddiy g‘isht
teruvchining o‘gli bo‘lgan.
Yakobinchilar qo‘shig‘i – «Marseleza»; «Batalyonlarga saf tor-
ting» – ko‘p o‘tmay revolyutsion madhiyaga aylangan shu qo‘shiqning
naqoratidan olingan so‘zlar.
436-betga: Deze (1768–1800) – revolyutsion armiyaning generali.
1796-yili Moro qo‘mondonlik qilgan fransuz armiyasi Reyn oblastidan
chekinar ekan, Deze uncha katta bo‘lmagan otryad bilan Kele qal’asiga
qamalib olgan va Bonapart qo‘mondonligidagi fransuz qo‘shinlari
italyan kampaniyasida g‘alaba qozonmaguniga qadar Avstriya bosh
qo‘mondoni ertsgersog Karl qo‘shinlarini ana shu qal’a devorlari
oldida to‘xtatib turgan.
Guvyon Sen-Sir (1764–1830) – fransuz generali, revolyutsiya va
Imperiyaning barcha yurishlarida, xususan, Moroning chekinishida
ham ishtirok etgan. «Qizil va qora» romanining yozilishidan bir necha
yil oldin uning o‘sha yurishlar haqidagi esdaliklari chop etilgan edi.
451-betga: «Manon Lesko» baleti – Parijda XIX asrning boshlarida,
1830-yillarda keng tarqalgan qo‘shiqlar muallifi.
571
462-betga: Myunster risolasi – ushbu risola ko‘proq Vestfal sulhi
nomi bilan mashhur; 1648-yili tuzilgan mazkur sulh o‘ttiz yillik
urush ga chek qo‘ygan.
457-betga: «Manon Lesko» baleti Parijda 1830-yilning 3 may kuni
sahnalashtirilgan. Uning librettosi Prevoning mashhur romani asosida
Skrib tomonidan yozilgan, musiqani Alevi (1799–1862) bastalagan.
509-betga: De Lavalet (1769–1830) – fransuz davlat arbobi. 1815-
yili, u Elba orolidan qaytgan Napoleonning Parijga kirib kelishi uchun
qo‘lidan kelganicha yordam bergan. Ikkinchi Restavratsiyadan so‘ng
u qamoqqa olinib, davlat jinoyatchisi sifatida o‘lim jazosiga hukm
qilingan edi. Qatl etish tayinlanganidan bir kun oldin qamoqxonaga
uni ko‘rgani xotini keladi: Lavalet xotinining kiyimini kiyib, qamoq-
xonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan.
523-betga: De Shevrez xonim (1600–1679). Bu ayol Fransiyadagi
fuqarolar urushi tarixida muhim rol o‘ynagan. U kardinal Rishelyega
qarshi uyushtirilgan barcha fitnalarda ishtirok etgan, mamlakatdan
quvg‘in qilingan paytlarida esa Yevropa davlatlarini Fransiyaga qarshi
urush boshlashga da’vat etgan.
De Longvil xonim (1619–1679) – de Shevrez xonim kabi Fronda-
ning mashhur arboblaridan biri.
527-betga: Ajralib qolgan liberal. 1827-yili deputatlar palatasi-
ga saylov paytida o‘ng liberallarning bir guruhi so‘l oppozitsiyaga
qo‘shilib ketgan. Ana shu guruhni «ajralib qolganlar» – deya atay
boshlashgan.
534-betga: Buyuk «Bo‘lishi mumkin». Bu so‘zlarni narigi dunyo
haqidagi xristianlarcha tasavvur haqidagi o‘lim to‘shagida yotgan
Rable aytgan emish. «Men buyuk bo‘lishi mumkinni izlagani jo‘nay-
man».
540-betga: Manyuel (1775–1827) – mashhur siyosiy arbob –
liberal. 1793-yili u ko‘ngilli bo‘lib armiyaga kirgan, italyan yurishida
ishtirok etib, og‘ir yarador bo‘lgan.
541-betga: Belfegor haqidagi she’rlar – «Belfegor Makiavellidan
o‘zlashtirilgan qissa» – Lafontenning she’riy novellasi. Novellada
hikoya qilinishicha, Iblis shayton Belfegorni er-xotinlik qanday
bo‘lishini o‘z tajribasida bilib kelish uchun yorug‘ dunyoga yuboradi.
Ammo Belfegor oradan ko‘p o‘tmay xotinining dastidan jahannamga
qochishga majbur bo‘ladi. Stendal nazarda tutgan she’r Belfegorning
unga vazifa topshirgan Iblisga axboroti tarzida yozilgan.
572
Rim qiroli – Napoleon I ning o‘g‘li, tug‘ilgan zahoti unga Rim qiroli
(1811–1832) unvoni berilgan. Bonapartchilar, garchi u hech qachon
fransuz taxtiga o‘tirmagan bo‘lsa-da, uni Napoleon II deb atashardi.
Napoleon I 1814-yili ham, 1815-yili ham taxtdan voz kechganida uni
o‘ziga voris etib tayinlagan. Biroq ittifoqchi davlatlarning qaroriga bi-
noan shahzoda o‘z buvasi Avstriya imperatori tarbiyasiga topshirilgan.
Massilyon (1663–1742) – fransuz voizi va yepiskopi. Aytishlariga
qaraganda, garchi o‘zi nihoyatda xushaxloq odam bo‘lsa-da, regentlik
davrining siyosiy arbobi, fitnachi va fosiq Dyubuani yepiskop etib
tayinlashlariga ko‘maklashgan ekan.
573
Do'stlaringiz bilan baham: |