Yunusobod tumani 97-sonli maktabda 2016 yil 15 yanvar kuni
7-8-sinf o’quvchi-qizlari bilan o’tkazilgan “Qiz bolaning bo’lajak
kasbi-uning baxti” mavzusidagi tadbir xakida
MA’LUMOT
Qatnashdilar: 7-8-sinf o’quvchi-qizlari Toshkent Pediatriya tibbiyot Instituti akusherlik va ginekologiya kafedrasi o’qituvchisi Surayo Yuldasheva , “Oybek” mahallasi maslahatchisi M.Qudratov, Toshkent shahar “Oila” markazi rahbar o’rinbosari Mahbuba Miraxmedova, Yunusobod tumani “Oila” markazi rahbari Marg’uba Muxamedova, Yunusobod tumani Otinoyisi Shoira Umarova
Yunusobod tumani 97-sonli maktabda 2016 yil 15yanvar kuni “Qiz bolaning kasbi uning baxti” mavzusida o’quvchi-qizlar bilan tadbir o’tkazildi. Tadbirga turli kasb egalari taklif etildi.
Toshkent Pediatriya tibbiyot Instituti akusherlik va ginekologiya kafedrasi o’qituvchisi Surayo Yuldasheva ishtirok etib,erta xomiladorlik,qarindosh urug’lar orasidagi nikohning salbiy oqibatlarini gapirib berdi,videoroliklar namoyish etildi.
Mavzu buyicha MMIBDU M.Muxamedova suzga chikdi. U uz suzida un ikki yillik majburiy ta’lim xakida gapirdi. Yurtimizda ukuvchi yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ulardan samarali foydalanish ,yurtimiz kelajagi ukimishli,xar tomonlama barkamol rivojlangan yoshlar kulida ekanligini aytib utdi. Ukuvchi kizlar maktabni bitirib kasb-xunar kollejlari va akademik litseylarda ukishni davom ettirishi Davlatimiz siyosatida muxim axamiyatga ega va majburiy ekanligini tushuntirdi
Tadbirda saxna ko’rinishlari,savol-javob daqiqalari o’tkazildi. Yunusobod tumani otinoyisi Shoira Umarova taklif etildi. Ular o’quvchilarga Xadisi Shariflarda ilm olish yuzasidan berilgan o’gitlardan keltirildi. Maktabimizning gimnastika sport sektsiyasi ishtirokchilarining chiqishlari tomosha qilindi. Tadbir ishtirokchilariga “Oybek”mahallasi maslahatchisi M.Qudratova o’z yaxshi tilaklarini bildirdilar. Tadbirga shuningdek, shahar “Oila” markazi oahbar o’rinbosari Mahbuba Miraxmedova, Yunusobod tumani “Oila” markazi rahbari Marg’uba Muxamedovalar ham taklif etilib, bugungi kunda eng dolzarb masala bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini gapirib o’tishdi, Suhbat davomida maktab direktori gapirib, o’quvchilarga mustaqilligimiz sharofati bilan yurtimizda ro’y berayotgan o’zgarishlar,milliy g’oyamiz, milliy mafkuramiz-milliy g’ururimiz ekanligi,mamlakatimizda ta’lim sohasidagi ro’y berayotgan o’zgarishlar,yangilanishlar haqida,yoshlarimizga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida gapirib berdi.Toshkent shaxar Xokimining 5-fevraldagi 85-karori va 18-fevraldagi 146-karorlari xakida ukuvchilarning fikr muloxazalarini,bu karorlarni kay darajada bilishlari va unga rioya kilishlari xakida baxs munozara yuritdi. Dinni, ezgulikni niqob qilib olib o’zlarining razil niyatlarini amalga oshirishga shay turgan yovuz kimsalar oldida biz- taraqqiyot yo’lida katta-katta yutuqlarga erishayotgan xalq birgalikda ma’rifat kuchi bilan kurashmog’imiz lozimligi aytildi. Islom dinida Vatan taraqqiyoti,yurt ravnaqi uchun fidoyilik yuqori baholanadi. Tinchlikka rahna solish,odamlar orasida vahima hamda fitna uyg’otish kechirilmas gunoh ekanligini tushuntirdi.Diniy ekstremizmning vayronkor g’oyalari bugungi kun yoshlarining ongini zaharlash,egallab olishga qaratilgan. Istiqlol tufayli diniy qadriyatlarimiz qayta tiklanayotgan,,buyuk ajdodlarimiz hayoti va ijodi har tomonlama o’rganilayotgan bugungi davrda biz ogohlik haqida ham unutib qo’ymasligimiz lozimligi aytib o’tildi. Maktabda odob-axloq qoidalarini keng joriy qilish,o’quvchilar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish ishlarini kuchaytirish ishlarimizni to’liq va aniq bajaradigan bo’lsak,bitiruvchilarimizni DTS talablari asosida chuqur bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’lishini ta’minlay oladigan bulsak-jamiyatimiz oldidagi burchimizni bajargan bulamiz.Tadbir so’ngida maktab direktori M.Salimova va MMIBDO’ G.Jalilova tashrif buyurgan mehmonlarimizga minnatdorchilik bildirishdi.
Maktab direktori M.Salimova
MMIBDO’ M.Muxamedova
Do'stlaringiz bilan baham: |