Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishda texnika xavfsizligi asoslari


Bosim ostida ishlaydigan uskunalardan foydalanishda xavfsizlik talablari



Download 100,28 Kb.
bet34/36
Sana30.12.2021
Hajmi100,28 Kb.
#193984
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
QISHLOQ XO’JALIK ISHLAB CHIQARISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIGI ASOSLARI

6.10. Bosim ostida ishlaydigan uskunalardan foydalanishda xavfsizlik talablari


Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida binolarni isitish, mahsulotlarni qayta ishlashda,

idishlarni va veterenariya uskunalarini sterilizatsiya qilishda hamda agregatlarni yuvishda issiq suv

va yuqori haroratli suv bug’laridan keng foydalanadilar. Issiq suv va yuqori haroratli suv bug’larini

hosil qilish uchun D-721A, VET-200, VEP-600 va boshqa turli quvvatga ega bo’lgan bug’ qozonlari hamda AV-2, SPGK-75, ASh-1 va boshqa turdagi avtoklavlardan foydalanadilar. Bug’ qozonlaridan foydalanish ГОСТ 12.2.003.-74 umummiy talablaridan kelib chiqqan holda amalga

oshiriladi. Hajmi 1 m3 va 0,98- 106Pa bosim ostida bo’lgan idish portlaganda 13164 kVt quvvat paydo qiladi. Shuning uchun bosim ostida ishlaydigan idishlarni loyihalash, tayyorlash va ishlatish

«Sanoatkontexnazorat» agentligi talablariga rioya qilgan holda olib boriladi.

Yangi yoki ta’mirdan chiqqan bug’ qozonlarini tekshirilgandan va gidravlik sinovdan o’tkazilgandan keyin ishlatishga ruxsat etiladi. Ish bosimi 69 kPa (0,7 kgk/sm2)dan ortiq bo’lgan bug’ qozonlarini «Sanoatkontexnazorat» agentligi tomonidan tekshiriladi va foydalanish uchun ruxsat beriladi. Buning uchun idish yoki apparatning pasporti, qoidaga asoslangan holda montaj

qilinganligi haqidagi dalolatnoma, uning soz holatda yoqqanligi to’g’risida ma’lumotnoma, bosim

manbai va ishlab chiqarish muhiti omillari ko’rsatilgan ulanish sxemasi, uni boshqaruvchi ishchining attestatsiyadan o’tganligi to’g’risda ma’lumotnoma kabi hujjatlar talab qilinadi. Har qaysi qozonga ip o’tkazib tikilgan qozonxona kitobi yuritilib, unda qozonni tekshirish natijalari va undan foydalanishning belgilangan muddatlari ko’rsatiladi.

Foydalanish vaqtida qozonlar davriy ravishda foydalanuvchi tayinlagan komissiya (yiliga bir marta) va «Sanoatkontexnazorat» agentligi (4 yilda bir marta) tekshiradi.

Ish bosimida gidravlik sinashni foydalanuvchi har gal qozonning ichki sirti tozalangandan yoki ta’mirlangandan keyin o’tkazadi. Bundan tashqari, qozon kamida 8 yilda bir marta sinov

bosimi bilan 5 daqiqa davomida gidravlik sinaladi. Bu bosim 490 kPa (5 kgk/sm2) va undan past ish bosimiga mo’ljallangan bug’ qozonlari hamda bug’ni o’ta qizdirgichlar uchun ish bosimining

150% ini tashkil qiladi, lekin 196 kPa (2 kgk/sm2) dan kam bo’lmaydi, 490 kPa (5 kgk/sm2) dan ortiq ish bosimiga mo’ljallangan bug’ qozonlari uchun, shuningdek, har qanday bosimli suv isitish

qozonlari uchun sinov bosimi ish bosimining 125% ini tashkil qiladi, ammo undan kamida 294 kPa

(3 kgk/sm2)ga ortiq bo’ladi.

Chorvachilik fermalarida oziqa bug’lagich qozonidagi bosim 24,5 kPa (0,25 kgk/sm2) dan oshmasligi kerak. Suv o’lchagich shishasi, manometri, suvli saqlagich bakchasi, chiqarib tashlash

nayi yoki richagli saqlagich nosoz bo’lganda oziq bug’lagichni ishlatish man qilinadi. Mexanik mustahkamlikka hisoblanmasdan tayyorlangan yoki zarur nazorat-o’lchov armaturasi va chiqarib

tashlash moslamalari bo’lmagan oziq buglag’ichlarni va har qanday boshqa bug’ hosil qilgichlarni

ishlatish mumkin emas. Bug’lash tugagach, qo’lqop kiymasdan va bug’ beruvchi kranni berkitmasdan oziq bug’lagichning qopqog’ini ochish ruxsat etilmaydi. Oziq bug’lagichdagi suv sathi o’z balandligining 2-3 qismidan ko’p bo’lmasligi kerak.

Qizigan sirtlardan, bug’, suv yoki o’txona gazlaridan kuyib qolish xavfi bo’lgan xodim korjomada, maxsus oyoq kiyimida va himoya vositalari (qo’lqoplar, himoya ko’zoynaklari)dan

foydalanib ishlaydi.

Issiqlik ishlab chiqaruchi asbob-uskunalariga xizmat ko’rsatishda «Ehtiyot bo’ling - ishlayapti», «Ehtiyot bo’ling - gaz, olov ishlatilsin!», «Ochilmasin - odamlar ishlayapti», 114

«Berkitilmasin - odamlar ishlayapti», «Ko’tarilish taqiqlanadi», «Xavfli hudud», «Ko’tarilish joyi

shu yerda», «O’tish yo’li shu yerda» kabi ogohlantiruvchi, taqiqlovchi va ko’rsatuvchi ko’rgazma

vositalardan keng foydalaniladi.


Download 100,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish