Qishloq xo’jalik chorvalariga xizmat ko’rsatishda xavfsizlik choralari. Chorva
mollarining mahsuldorligini oshirish, ularning sog’lig’ini yaxshilash, yem-xashak tayyorlash va veterinariya xizmatini ko’rsatish chorvadorlarning asosiy vazifalaridan biridir. Bu masalalarning
muvaffaqiyatli hal etilishi keng tarqaladigan kasalliklarga qarshi o’z vaqtida profilaktika choratadbirlarni
o’tkazish, hayvonlarni yaxshi parvarishlashga va boqishga bog’liqdir. Shuning uchun chorva mollari boqilayotganda gigiyena va mehnat xavfsizligiga rioya qilish, shuningdek
diagnostika, davolash yoki profilaktika ishlarini olib borishda ularni harakatsizlantirib (fiksatsiya)
qo’yish alohida ahamiyatga ega. Chorva mollarini parvarishlaganda elementar xavfsizlik choralariga rioya qilinmasa xizmat ko’rsatuvchi chorvador va hayvonlar jarohatlanishiga sabab bo’ladi. Shuningdek zoogigiyena va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik yoki uni bilmaslik kishilarni va hayvonlarni kasallanishga olib keladi. Texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish
sanitariyasi ishlarini tashkil etish, boshqarish va javobgarlik xo’jalik rahbarlariga, shuniigdek tarmoq bo’yicha hamma amaliy ishlarni bajarish bosh zoomuhandis va bosh veterinariya shifokoriga yuklanadi. Qoidaga muvofiq 18 yoshga to’lmagan va homilador ayollarni ayg’ir otlarga, erkak cho’chqalar va buqalarga xizmat ko’rsatishi qatiy man etshtadi. Qolgan chorva mollariga xizmat ko’rsatishga, tibbiyot ko’rigidan o’tgan va kasaba uyushmasi qo’mitasining ruxsati bo’lgan, 16 yoshga to’lgan o’smirlar qo’yiladi. Ferma yoki molxonada chorvador va zoovetmutaxassislardan boshqa shaxslar bo’lishi mumkin emas. Asov mollar boqiladigan kataklar
yonidan o’tishda ulardan ehtiyot bo’lishlik to’g’risida ogohlantiruvchi (ehiyot bo’ling, buqa, sigir
suzadi, ot tepadi, tishlaydi va boshq.) yozuvlar ilib qo’yiladi. Hayvonlar bilan har doim sekin va erkalash muomalasida bo’lmoq kerak.
6.39-rasm. Hayvonlar bog’lab boqilganda bog’lagich turlari 106
Hayvonlar bog’lab boqilganda bog’lagich (zanjir, arqon va boshq) mustahkam bo’lishi, bog’laganda sigir bo’ynini siqmasligi kerak. Veterinar ko’rsatmalariga ko’ra suzadigan sigirlarning
shoxlari olib tashlanadi. Sigir sog’ilayotganda dumi oyog’iga bog’lab qo’yiladi. Sut sog’uvchilarning shaxsiy o’rindiqlari qulay va mustahkam bo’lishi lozim. Buzoqlar guro’hli usul bilan emizilganda yuvosh sog’in sigirlardan foydalanish kerak.
Buqalar boquvchi va atrofdagilarga xavf tug’dirmasligi zarur. Molboqar shu sohada o’qigan va xavfsizlik qoidalari bo’yicha attestatsiyadan o’tgan bo’lishi kerak. Attestatsiyani xo’jalik
raxbarining buyrug’i bilan tuzilgan komissiya o’tkazadi. Buqa boqiladigan qo’ralarning balandligi
1,5 m dan kam bo’lmagan metall qo’ra bilan o’ralgan bo’lishi lozim. Buqalar ikkita zanjir bilan bo’ynidan ikki tomonga bog’lanadi. Ularni burnidagi halqasidan bog’lashni man etish kerak.
Buqalar burun halqasiga ulangan no’xtada, uzunligi 2 m kaltak bilan o’tlatiladi. Bunday moslama
buqani to’satdan tashlanganda harakatini cheklashini ta’minlaydi.
Buqalarni sigirlar bilan birga o’tlatish mumkin emas. Buqalardan urug’ olish uchun maxsus stanoklardan foydalanishadi, bu esa atrofdagilar uchun xavfsizlik sharoitini yaratadi.
6.40-rasm. Yirik shoxli mollar bilan munosabatda bo’lganda xavfsizlik choralari Erkak cho’chqalarga xizmat ko’rsatishda juda ehtiyotkor bo’lish zarur. Ular maxsus
cho’chqaxonalarda yoki alohida kataklarda boqiladi. Kataklar orasidagi qo’ra temirdan yasalgan
bo’lib, balandligi 1,4 m dan iborat. Erkak cho’chqalar qochirish yoshiga etganda qoziq tishlarining
o’sishiga qarab arralab tashlanib, egovda silliqlab qo’yiladi. Erkak cho’chqalar saqlanadigan kataklardagi oxurlar va sug’orgichlar shunday joylashgan bo’lishi kerakki, cho’chqaboqar yemni va
suvni katakka kirmay, yo’lakdan solib ketadigan bo’lsin. 107
Kataklar hayvonlar bo’lmagan vaqtda tozalanadi. Urchish vaqtida bezovta bo’layotgan erkak cho’chqalarga ta’sir ko’rsatish maqsadida cho’chqaboqar yonida suvli chelak bo’lishi zarur. Hayvonlarga xizmat ko’rsatish uchun kerak bo’lgan vositalar, albatta, shaxsan ma’lum bir ishchiga
biriktirilgan bo’lishi lozim.
Fermalarning eshiklari yaxshi yopiladigan va ular turgan kataklar ozoda bo’lishi kerak. Hayvonlarga xizmat ko’rsatayotganda charm yoki qavilgan qo’lqoplardan foydalaniladi. Ferma ichkarisidagi hayvonlarni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish uchun maxsus yashiklar va qafaslar
bo’ladi, ulardan bo’shagandan so’ng molxona veterinarning topshirig’i bo’yicha dezinfektsiya qilinadi. Hayvonlar vagonlarda, samolyotlarda va kemalarda tashilganda qafaslar bir necha qavat
qilib devor tomonga joylashtiriladi.
Hayvonlar maxsus ajratilgan xonalarda, ma’lum shaxslar tomonidan so’yiladi. Kushxona ventilyatsiya, ilgichlar, stellajlar, stollar, yakka qo’yiladigan stanoklar bilan jihozlangan bo’lishi
kerak, Shu bilan bir qatorda etkazib beruvchi va silkituvchi barabanlar, dezvositalar, so’yilgan hayvonning nimtalangan go’shti uchun qutilar ham mavjud bo’ladi. Kushxonada terilarga ishlov berish qat’iyan man etiladi.
Yirik shoxli mollar bir joydan ikkinchi joyga haydab o’tilganda ko’pincha jarohatlanadi.
Shuning uchun oldindan profilaktika choralari ko’rish kerak. Bu choralar quyidagilardan iborat:
podalarni jinsiga, yoshiga, nimjon, baquvvatligiga, mahsuldorligiga va bo’g’ozligiga ko’ra maxsus
guro’hlarga ajratiladi. Podadagi mollar boshi 150 tadan ortmasligi, ular kuniga 15 km dan uzoq yurmasligi kerak. Kunduzi chorva mollariga bir necha marta dam beriladi.
6.41-rasm. Yirik shoxli mollarni harakatini cheklash usullari.
Chorva mollarini bir joydan ikkinchi joyga haydaganda yoki ularni vagonlarda, avtomobillarda, kemalarda va samolyotlarda tashiganda, xodimlar xizmat ko’rsatish, xavfsizlik 108
hamda yo’l qoidalariga qat’iyan rioya qilishlari kerak.
Homilador va emizikli ayollarni, shuningdek yoshi 18 ga to’lmagan o’smirlarni,
hayvonlarga podachi va kuzatib boruvchi qilib yuborish man etiladi. Hayvonlarni kuzatishdan 4- 5
kun oldin maxsus ratsionga o’tkaziladi.
Ayrim hollarda hayvonlarni ortish va tushirish tunga to’g’ri kelib qolsa, bu holda ortish, tushirish maydonlari kuchli yoritilgan bo’lishi kerak, shuningdek hayvonlar yuklanadigan maydonlarda yo’l ustiga qurilgan osma ko’priklar va panjaralari bo’lgan maxsus narvonlar bo’lishi
shart.
Vagonlar hayvonlarni chiqarishdan oldin tozalanadi, dezinfektsiyalanadi va tasodifan
mixlar, simlar, taxtachalar qolib ketmaganligiga qaraladi. Maxsus narvonlar eni vagon eshigining
kengligiga teng bo’lishi lozim. Vagonga bir guro’hdagi mollarni chiqarish kerak. Yosh mollar, sigirlar va buqalar alohida tashiladi, ularning bosh tomoni poyezd yo’nalishiga parallel holda bog’lab qo’yiladi. Har bir vagonda kuzatuvchi bo’lishi kerak. Mollar maxsus avtomashinalarda tashiladi. Bu avtomashinalariing yon devorlarida qo’shimcha panjaralar bo’lishi kerak, ularning
balandligi cho’chqa va qo’ylar uchun 0,8 m, yirik shoxli qoramollar uchun 1-1,1 m dan kam bo’lmasligi lozim.
Ot va yirik shoxli mollarni tashiydigan avtomashinalar ko’ndalangiga va bo’ylamasiga (hayvonlarni ko’krak balaidligida) ustunlarga qotirilgan to’siqlar bilan jihozlanadi.
Avtomashinada
mollarni haydovchi yoki kuzatuvchi kuzatib boradi. Yurganda mashina tezligini keskin o’zgartirish
yoki birdan to’xtatish mumkin emas, aks holda hayvonlar yiqilishi va jarohat olishi mumkin.
Mollar
tashilganda, odamlarni hayvonlar orasida bo’lishi qat’iyan man etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |