XULOSALAR
Agrosanoat majmuasining samarali faoliyati ko’p jihatdan moliya va kredit tizimining rivojlanganlik darajasiga bog’liq. Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan biri ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun yil davomida xarajatlarning sarflanishi va faqat yilning ma’lum bir paytida daromadlarning olinishidir. Bu, o’z navbatida, qishloq xo’jaligi korxonalarining yil davomida moliyaviy resurslarga muhtojligini oshiradi. Bu masalaning hal etilishi qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyati natijalarining qanday bo’lishini belgilaydi. Qishloq xo’jaligi boshqa tarmoqlarga nisbatan moliya va kredit tizimining holatiga ko’proq bog’langan. Hozirda qishloq xo’jaligida murakkab, turli shaklga ega bo’lgan moliya va kredit tizimi ishlab turibdi. Ularni takomillashtirish ustida katta ishlar qilinmoqda.
TAYANCH IBORALAR
Dotatsiya, lizing, sug’urta, soliq imtiyozi, avans, yer solig’i, mulk solig’i, faktoring, overdraft, moliya, kredit, veksel, kliring operatsiyalari, qimmatli qog’ozlar, bank, mikrobank, mikrokredit, intensiv va ekstensiv rivojlanish, fan-texnika taraqqiyoti, cheklanganlik, narx, iqtisodiy dastaklar, bahoning funktsiyalari, ishlab chiqarish xarajatlari, tannarx, xarajatlar kalkulyatsiyasi, baholar pariteti, agrasanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlarni mutanosib rivojlantirish, mahsulot sifati, agrosanoat integratsiyasi, agrar siyosat, iqtisodiy qonunlar, iqtisodiy muhit, hudud iqtisodiyoti, tarmoqlarning mutanosib rivojlanishi, ijtimoiy masalalar, aholi turmush darajasi, iqtisodiy samara, ijtimoiy samara, ishlab chiqarishni intensivlashtirish, barqaror iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish jarayonlarini fond bilan ta’minlanish darajasi, fond qaytimi, iqtisodiy ko’rsatkichlar, yalpi ichki mahsulot, xususiy tadbirkorlik, import, eksport.
ADABIYOTLAR RO’YXATI
O’zbekiston qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga oid qonun, hukumat qarorlari va me’yoriy hujjatlar to’plami.-T.: O’qituvchi, 1998.
Karimov I. A. O’zbekiston buyuk kelajak sari.-T.: O’zbekiston, 1999.
Karimov I. A. Qishloq xo’jaligi taraqiyoti – to’kin hayot manbai. – T.: O’zbekiston, 1998.
Qayumov F. Q. Effektivnost ApK v usloviyax perexoda k rinku: Obhie i regionalnie problemi. – M.: IpO «poligran», 1992.
Xakimov R., Otaqulov M., YUsupov E., YUsupov M.S. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti. – (O’quv qo’llanma) T., TDIU, 2004.-160 b.
Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Berkinov B.B., Xakimov R., YUsupov M.S., Oripov M.A., O’roqov N.I. - Dehqon va fermer xo’jaliklari iqtisodi – (O’quv qo’llanma) –T.: TDIU, 2004. – 176 b.
Salimov B.T., Hamdamov Q.S., Tursunxo’jaev T.L., To’raxo’jaev T.I., Hakimov R.X., O’roqov N.I, Aripov I.M. -Jahon qishloq xo’jaligi. – (O’quv qo’llanma) – T.: TDIU, 2004. – 128 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |