38. Tanlov g‘olibi (salohiyatli g‘olib) tomonidan tanlov obyekti bo‘yicha tuman (shahar)
hokimligi bilan yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi imzolagandan so‘ng, operator maxsus
depozit hisobvarag‘iga kiritilgan zakalat pulining yigirma foizi miqdorida
xizmat haqini chegirib
qolgan holda, qolgan 80 foiz pulni besh ish kunida quyidagi tartibda taqsimlaydi:
10 foizi — O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agrosanoatni
raqamlashtirish markazi” davlat muassasasiga;
bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida — yer uchastkasiga bo‘lgan
huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli
hududiy boshqarmasining hisobvarag‘iga;
10 foizi (yer uchastkasi maydoni 100 gektar va undan ko‘p bo‘lganda 15 foizi) — tegishli tuman
(shahar) mahalliy budjeti daromadiga;
qolgan mablag‘lar — ijrochining hisobvarag‘iga.
Tanlov g‘olibidan keyingi eng ko‘p ballni to‘plagan talabgorga (salohiyatli g‘olib) zakalat puli
tanlov yakunlangan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida to‘liq qaytariladi.
Boshqa talabgorlarga operatorning maxsus depozit hisobvarag‘iga kiritilgan pul tanlov
yakunlangan yoki o‘tkazilmagan deb e’tirof etilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida to‘liq
qaytariladi.
Ushbu nizomning
6-bandida
ko‘rsatilgan yer uchastkasi chegarasi o‘zgargan hollarda tanlov
g‘olibidan kadastr pasportini shakllantirish uchun ham qonunchilikda belgilangan miqdorda to‘lov
undiriladi.
39. Savdo platformasi orqali ochiq elektron tanlov natijalariga doir elektron bayonnoma “E-
IJARA” AT ga joylashtiriladi.
40. Tegishli qaror loyihasi va bayonnoma ijrochi tomonidan bir ish kuni ichida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga
yuboriladi. Qaror “E-qaror” yagona elektron tizimida qonunchilikda belgilangan tartibda uch ish
kuni ichida qabul qilinadi va “E-IJARA” ATga yuboriladi.
41. Belgilangan tartibda shakllantirilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yer uchastkasining
ijara shartnomasi ijrochi tomonidan bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligiga “E-IJARA” AT
orqali yuboriladi.
42. “E-IJARA” AT tomonidan yuborilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining
ijara shartnomasi tuman (shahar) hokimligi va ochiq elektron tanlov g‘olibi o‘rtasida ERI bilan
avtomatik tarzda tasdiqlanadi.
43. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish uchun yer tuzish hujjatlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ochiq elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi elektron
bayonnomani tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori nusxasi “E-IJARA” AT orqali bir ish kuni ichida Kadastr
agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga yuboriladi.
44. Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida
ikki ish kuni ichida ochiq
elektron tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va
tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
Bunda ushbu nizomning
6-bandida
ko‘rsatilgan yer uchastkasi chegarasi o‘zgargan hollarda
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tegishli hududiy boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yer uchastkasining ijara shartnomasi va yer tuzish hujjatlari asosida besh ish kuni
ichida kadastr pasportini rasmiylashtiradi hamda ochiq elektron tanlov g‘olibining yer uchastkasiga
bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va tegishli reyestrdan ko‘chirmani elektron
axborot almashinuvi orqali ijrochiga yuboradi.
45. Ijrochi ochiq elektron tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida reyestrdan ko‘chirmani olgan kunning o‘zida qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallangan yer uchastkasining
ijara shartnomasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ochiq elektron tanlov natijalari to‘g‘risidagi
elektron bayonnomani tasdiqlash haqidagi qarorini hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga
bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha reyestrdan ko‘chirmani tanlov g‘olibiga
“E-IJARA” AT orqali yuboradi.
46. Ijrochi uch ish kuni ichida ochiq elektron tanlov g‘olibiga yer uchastkasining chegarasini
joyida ko‘rsatib beradi.
47. Tanlovga qo‘yilgan obyekt buyurtmachi tomonidan yoki tegishli sud,
prokuror, tergovchi
va surishtiruvchining qarorlariga asosan tanlov boshlangunga qadar yoki tanlov o‘tkazilmagan deb
topilgandan so‘ng savdo platformasidan olinishi (buyurtmaga o‘zgartirish kiritilishi, bekor qilinishi)
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: