Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘G‘risida


-bob. Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish



Download 286,69 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/31
Sana20.06.2022
Hajmi286,69 Kb.
#681770
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
709-сон 24.11.2021. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

2-bob. Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish
bo‘yicha materiallarni tayyorlash tartibi
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining (keyingi
o‘rinlarda — Kadastr agentligi) Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar)lar hokimliklari nomiga
davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlarni elektron
axborot almashinuv orqali ijrochiga yuboradi:
yer uchastkasi kadastr raqami, yer turi va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda);
yer uchastkasining elektron xaritasida ko‘rsatish uchun yer uchastkasini kadastr xaritasi
(koordinatali nuqtalari, chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat
bilan bog‘liq sxema);
mavjud davlat kadastrlari obyektlari (gaz, aloqa va energetika obyektlari, avtomobil va temir
yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan tegralar, transport quvurlari, gidrotexnik inshootlar,
muhofaza qilinadigan obyekt va hududlar hamda boshqalar) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
(izoh ko‘rinishida). Bunda, davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar davlat kadastrlari yagona
tizimidagi ma’lumotlarning to‘liqligi uchun javobgar hisoblanadi.
7. Jismoniy va yuridik shaxslar “E-IJARA” AT orqali bo‘sh turgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni ochiq elektron tanlovga qo‘yish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun
takliflar kiritish huquqiga ega.
Ijrochi jismoniy yoki yuridik shaxsning taklifi kelib tushgan kundan e’tiboran besh ish kuni
ichida uni ochiq elektron tanlovdagi ma’lumotlar bilan solishtirgan holda qabul qiladi yoki aniq
sabablarini ko‘rsatgan holda joylashtirishni rad etadi, bo‘sh yer uchastkasi aniqlangan taqdirda, yer
uchastkasiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun tuman (shahar) hokimliklariga taklif
yuboradi.
Tuman (shahar) hokimliklari taklif etilgan yer uchastkasini yerlardan oqilona va samarali
foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlari yuzasidan ko‘rib chiqadi. Kadastr hujjatlarini
rasmiylashtirish yuzasidan uch ish kuni ichida Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi
hududiy boshqarmalariga elektron axborot almashinuv orqali buyurtma beradi.
Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari besh ish kuni ichida
mazkur yer uchastkasining kadastr hujjatlarini tuman (shahar) hokimligi nomiga rasmiylashtiradi,
natijasi bo‘yicha taklif etilgan yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yoki rad etish sabablarini
elektron axborot almashinuvi orqali “E-IJARA” ATga joylashtiradi.
Bunda, kadastr yig‘majildini (pasportini) tayyorlash va yer uchastkasini davlat mulki sifatida
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xarajatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlarda mahalliy
budjet mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Jismoniy va yuridik shaxslar vakolatli organlar tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish asossiz
ravishda rad etilganligi ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki bevosita sudga
shikoyat qilishga haqli.
8. Ijrochi besh ish kuni ichida ko‘rsatilgan yer uchastkalarini joyiga chiqqan holda o‘rganadi va
yer uchastkasining haqiqiy holati (loyihalashtirilayotgan yer uchastkasining holati, hududning
ixtisosligi, suv bilan ta’minlanganlik darajasi va irrigatsiya tizimining holati, ball-boniteti, sho‘rlanish


darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar)dan kelib chiqib, yer uchastkasining yer tuzish loyihasini ishlab
chiqadi.
Ijrochi ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer uchastkasi bo‘yicha ushbu Reglamentning
 5-
bandida 
belgilangan qishloq xo‘jaligi maqsadlari va o‘lchamlaridan kelib chiqib, bir nechta yer
tuzish loyihasini ishlab chiqishi mumkin.
Har bir yer tuzish loyihasiga “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda o‘ziga xos raqam beriladi.
9. Ijrochi har bir yer tuzish loyihasini Kadastr agentligidan olingan dastlabki formatlarda
kelishish uchun vakolatli tashkilotlarga “E-IJARA” AT orqali yuboradi.
Ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer uchastkasida davlat kadastrlari obyektlari (gaz,
aloqa va energetika obyektlari, avtomobil’ va temir yo‘llar, tabiiy va texnogen xavfi yuqori bo‘lgan
tegralar, transport quvurlari, melioratsiya va irrigatsiya inshootlari, muhofaza qilinadigan obyekt va
hududlar hamda boshqalar) mavjud bo‘lgan holatlarda qo‘shimcha ravishda davlat kadastrlarini
yuritish sohasidagi vakolatli organlar bilan ham kelishiladi.
10. Vakolatli tashkilotlar “E-IJARA” ATga yer tuzish loyihalari joylashtirilgan kundan boshlab
besh ish kuni ichida ushbu loyihalarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi.
Bunda “E-IJARA” ATda qabul qilingan qaror haqida elektron raqamli imzo bilan
tasdiqlanadigan tegishli belgi qo‘yiladi.
Kelishuv hech qanday e’tiroz va shartlarsiz amalga oshiriladi.
Kelishish rad etilganda, sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga aniq havolalar qilingan
holda, taqdim etilgan yer tuzish loyihasini amalga oshirish (realizatsiya qilish) imkoni yo‘qligining
asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur loyiha aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga
muvofiq emasligi aks ettiriladi.
Belgilangan muddatda javob berilmagan hollarda yer tuzish loyihalari kelishilgan hisoblanadi.
11. Ijrochi yer tuzish loyihasini tasdiqlash uchun ikki ish kuni ichida quyidagi hujjatlarni ilova
qilgan holda “E-IJARA” AT orqali tuman (shahar) hokimligiga yuboradi:
a) yer uchastkasining maydoni (gektarda) va toifasi hamda yer turlari konturlar kesimida
jadval shaklidagi ma’lumot;
b) infratuzilma obyektlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot;
v) yer uchastkasining (1:10000 miqyosdagi, yaylovlar uchun 1:25000 dan 1:100000 gacha
miqyosdagi) qishloq xo‘jaligi elektron xaritasidan ko‘chirmasi, yer tuzish loyihasining chegaralari va
manzili;
g) chegaradosh yer uchastkalari foydalanuvchilari haqida ma’lumotlar.
12. Tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib
chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi va “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi.
Tuman (shahar) hokimligi uch ish kuni ichida ochiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan yer
uchastkasining ixtisoslashuvi va yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritish haqida yer tuzish loyihasini ijrochiga
qaytarishi mumkin. Boshqa sabablar bilan yer tuzish loyihasini qaytarishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. Ijrochi uch ish kuni ichida kamchiliklarni bartaraf etib, loyihani tasdiqlash uchun tuman
(shahar) hokimligiga qayta kiritadi.
Bunda vakolatli tashkilotlar bilan qaytadan kelishish talab etilmaydi.
14. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida taqdim etilgan yer tuzish loyihasini ko‘rib
chiqib, ERI bilan tasdiqlaydi hamda “E-IJARA” AT orqali ijrochiga yuboradi.
Yer tuzish loyihasi belgilangan muddatda tasdiqlanmagan hollarda loyiha tasdiqlangan
hisoblanadi va harakat “E-IJARA” ATda avtomatik tarzda keyingi bosqichga o‘tadi.
15. Ijrochi bir ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligi tomonidan tasdiqlangan yer tuzish
loyihasi asosida yer uchastkasini ochiq elektron tanlovga qo‘yish to‘g‘risida ushbu Reglamentga
 2-
ilovaga 
muvofiq shakldagi elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga yuboradi.
Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinadi.


16. Buyurtmaga yer tuzish loyihasi ilova qilinmagan yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan
taqdirda, operator tomonidan buyurtma kelib tushgan kundan boshlab bir ish kunidan
kechikmasdan ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun buyurtmani “E-IJARA” AT orqali
ijrochiga qaytaradi.
17. Ijrochi buyurtmani qaytarishga asos bo‘lgan kamchiliklarni bir ish kuni ichida to‘liq bartaraf
etib, takroran elektron buyurtmani “E-IJARA” AT orqali operatorga yuboradi.

Download 286,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish