Qishloq xo‘jaligida tuproqning agrokimyoviy tahlil tizimini takomillashtirish, ekin yerlarida tuproqning unumdorligini oshirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 243,49 Kb.
bet1/13
Sana11.01.2022
Hajmi243,49 Kb.
#346137
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING


‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

QISHLOQ XO‘JALIGIDA TUPROQNING AGROKIMYOVIY TAHLIL TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH, EKIN YERLARIDA TUPROQNING UNUMDORLIGINI OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 ― 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoni hamda “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qarori ijrosini ta’minlash hamda tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasini doimiy kuzatib borish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan ilmiy talabini aniqlash uchun agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish, mineral o‘g‘itlardan tuproqning holati va ekin turiga muvofiq konturlar kesimida tabaqalashtirib foydalanish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan:

Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;

Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish va agrokimyoviy kartogrammalarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsidlar, nitratlar va og‘ir metall tuzlarining qoldiq miqdorini aniqlash tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-martdagi PQ-4239-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 2019-yildan boshlab sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari tuprog‘ini, har yili umumiy maydonning kamida 20 foizi hisobidan kelib chiqib, tahlil qilish va agrokimyoviy kartogrammalarni ishlab chiqish;

qishloq xo‘jaligi yerlarining ball bonitetini, har bir dala konturi bo‘yicha tuproq tarkibi, ozuqa elementlari, fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha agrokimyoviy kartogrammalar tuzish va ular asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarida qo‘llanadigan organik va mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorlariga tegishli tuzatishlar kiritish, shuningdek, organik va mineral o‘g‘itlardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha elektron kartogrammalarni tuzish, agrokimyoviy ma’lumotlar bazasini zamonaviy geografik axborot tizimi texnologiyalaridan keng foydalangan holda yaratish, ularning davriy o‘zgarishlarini tahlil qilib borish;

dala sharoitida tuproq va qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan namunalar olib, ularning tarkibidagi pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdorini tahlil qilish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarida pestitsid va nitrat qoldiqlari miqdori ko‘rsatilgan guvohnomalar bilan ta’minlash;

suv va o‘simlik tarkibidagi mineral va organik o‘g‘itlarning kimyoviy tahlilini o‘tkazish uchun maxsus zamonaviy statsionar va ko‘chma laboratoriyalarni tashkil etish;

har yili o‘rganilgan viloyatlarning (tumanlar) sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida tuproqning ozuqa elementlari bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha tegishli xulosa va tavsiyalarni tayyorlash hamda mahalliy hokimliklarga mineral va organik o‘g‘itlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining takliflari asosida sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining har yili kamida 20 foizida tuproqning agrokimyoviy tahlillarini olib borish hamda agrokimyoviy kartogrammalar ishlab chiqish xarajatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida mablag‘lar nazarda tutilishini ta’minlasin.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili budjetdan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan suv va o‘simlik tarkibidagi mineral va organik o‘g‘itlarning kimyoviy tahlilini o‘tkazish imkonini beruvchi maxsus zamonaviy statsionar va ko‘chma laboratoriyalar tashkil etilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining “Tuproq bonitirovkasi” sho‘ba korxonasi negizida “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish bo‘yicha taklifi ma’qullansin.

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi belgilangan tartibda Markazning ustavi va tuzilmasini tasdiqlasin hamda uning faoliyati yo‘lga qo‘yilishini ta’minlasin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zagrokimyohimoya” va “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatlari bilan birgalikda:

har yili mineral o‘g‘itlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish balansini shakllantirishda tuproqning ozuqa moddalari bilan ta’minlanganlik holati va ilmiy asoslangan ehtiyoji inobatga olinishi;

ilmiy asoslangan ehtiyojga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun ajratilgan mineral o‘g‘itlar tabaqalashtirilgan holda joylarga yetkazilishini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish, turli qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun zamonaviy smart (aqlli) o‘g‘itlash tizimini yaratish, agrokimyoviy uslubiy ko‘rsatmalarni takomillashtirish, xorijiy davlatlarning mineral o‘g‘itlarni samarali qo‘llash texnologiyalari va tajribalarini o‘rganish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha ilmiy-texnik davlat granti loyihalarini moliyalashtirib borish vazifasi yuklansin.

7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarida o‘tkazilgan tuproqning agrokimyoviy tahlillari natijalari, shuningdek, tuproq unumdorligi pasayishiga yo‘l qo‘ygan yerdan foydalanuvchilar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga doimiy ravishda tahliliy ma’lumotlar kiritib borsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi A.D. Vaxabov zimmasiga yuklansin.




Download 243,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish