tuproqning agrokimyoviy tahlili davriyligi — navbatdagi tuproqning agrokimyoviy tahlilini o‘tkazish oralig‘igacha bo‘lgan davr;
aralash namuna — oddiy maydonchaning bir necha nuqtalaridan olingan alohida tuproq namunalarining aralashmasi;
oddiy maydoncha — bitta aralash namuna bilan tavsiflanadigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydoni;
yer uchastkasi — davlat yer kadastri hujjatlarida aniq chegaraga ega bo‘lgan maydon, joylashgan o‘rni, huquqiy maqomi va boshqa tavsiflari ko‘rsatilgan yer fondining qismi;
gumus — tuproqning o‘simlik va hayvonot qoldiqlari asosida kechadigan biokimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan murakkab tarkibli o‘ziga xos organik qismi;
Do'stlaringiz bilan baham: |