O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyun,
510-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyundagi 510-son qaroriga
1-ILOVA
Tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom qishloq xo‘jaligi ekin yerlarida tuproqning agrokimyoviy tahlilini olib borish tartibini belgilaydi.
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
agrokimyoviy tahlil — tuproq tarkibidagi o‘simlik uchun zarur ozuqa elementlarining harakatchan shakllari (harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy) va gumus miqdorini aniqlash;
agrokimyoviy kartogramma — tuproqdagi o‘simlik o‘zlashtira oladigan ozuqa elementlari — harakatchan fosfor, almashuvchan kaliy va gumus bilan ta’minlanganlik darajasini ko‘rsatib beradigan, ranglar bilan ajratiladigan kartogramma;
Do'stlaringiz bilan baham: |