Зараркунандаларга қарши кураш. Кейинги йилларда зараркунандалардан колорадо кўнғизи кўп зарар келтирмоқда. Уларга қарши курашда олдини олувчи, агротехник тадбирлар билан бир қаторда кимёвий усуллар ҳам кенг қўлланилмоқда. Кимёвий усуллардан шерпа 0,2 кг/га, цимбуш 0,2 л/га, залон 0,3 л/га меъёрида 400 л сувга аралаштирилиб биринчи марта қўнғизлар чиқиши билан, кейин иккинчи 2-2,5 ҳафтадан ўтгач яна дориланади. Дорилаш ҳосил етиштиришдан 20-30 кун олдин тўхтатилади.
Ҳосил йиғиш. Картошка палаклари сарғайиб, туганаклардаги пўст қаттиқлашиб, сидирилмайдиган бўлганда ҳосилни йиғиштиришга киришилади. Тупроқдаги намлик 14-16 % бўлиши керак.
Аhamiyati.
Kartoshka – oziq ovqat, yem-xashak va texnik ahamiyatga ega
universal ekindir. Uni ikkinchi non deb yuritiladi. Kartoshkadan 500 dan ziyod turli mazali taomlar tayyorlanadi. Kartoshka tuganagi-qayta ishlaydigan spirt, kraxmal, dekstrin, glyukoza, kauchuk va boshqa sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo hisoblanadi. Kartoshkadan olinadigan spirt tibbiyotda, kraxmal esa qogʼoz, toʼqimachilik va oziq-ovqat sanoatlarida almashinmaydigan, tengi yoʼq mahsulotdir.
Ekish uchun tavsiya etiladigan navlar.
Kartoshkaning Oʼzbekiston Respublikasi Davlat reestriga 63 ta navi kiritilgan. Ertapishar navlardan Latona, Fresko, Red Skarlet, oʼrtagi-ertagi Kondor, Marfona, Romano, Kuroda, Sante, Diyora, oʼrtapishar Toʼyimli, Umid, Koʼk saroy, Serhosil, Аladin, Аrinda, Аrnova, oʼrtagi–kechki Аqrob, Mondial, Diamant, Pikasso va boshqalarni ekish tavsiya etiladi.
Urugʼ tanlash.
Kartoshkadan yuqori hosil olish, xosil sifatini yaxshilash va erta yetilishini taʼminlash uchun uni undirilgan tuganaklaridan ekish kerak. Undirilgan tuganaklarni bahorgi muddatlarda ekish undirilmagan tuganaklarni ekishga qaraganda hosildorlikni 12–15% oshirib, 10–15 kun erta pishishiga imkon beradi. Mahalliy sharoitda tayyorlangan urugʼlar undirish xonalariga ekishdan 30–35 kun oldin, chetdan keltirilgan urugʼliklar 20–25 kun ilgari qoʼyiladi.
Undirish xonasida yorugʼlik va 18–22 o S daraja issiq harorat yaratilishi lozim. Urugʼliklar mayda yirikligiga qarab (40–60, 60–80, 80–100 g) saralab undirish xonasining pollariga, soʼkchaklarga (stellaj) 2–3 qatlamdan oshirmay yoki 12–20–25 kg li yashiklarga qoʼyish lozim. Ogʼirligi 100 g dan katta boʼlgan tuganaklarni ekish uchun ikki-uch boʼlakka boʼlinib ekiladi. Kartoshka hosildorligini oshirishda ekiladigan urugʼlik tuganaklarning yirikligi, shakli va boshqa belgilari eʼtibor berish muhim tadbir hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |