Hayvon tanasining tashqi muhitdagi holati - Poza.
Hayvonning tashqi muhitda to’tgan holati 2 xil bo’lishi mumkin:
1.
Tabiiy yoki fiziologik holat
- bunda hayvon o’z xoxishi bilan holatini o’zgartira oladi. Bu
yotgan, tikka turgan, o’tirgan yoki harakatdagi holatda bo’lishi mumkin. Qoramollar odatda
oziqlangandan keyin yotadi, sekin turadi. Otlar ko’pincha tikka turadi, yotganda yon tomoni bilan
yotadi, odam yaqinlashsa sakrab turadi. Cho’chqalar oziqalangandan keyin ko’pincha yotadi, odam
yaqinlashsa ham e’tibor bermaydi. Itlar tikka turgan, yotgan, o’tirgan va harakatdagi holatlarda
bo’lishi mumkin.
2.
Majburiy yoki patologik holat
- bu kasalliklarda kuzatilib, hayvon o’z xoxishi bilan
egallab turgan holatini umuman o’zgartira olmaydi, o’zgartirsa ham og’riq paydo bo’ladi. Buning
o’zi 4 xil bo’ladi:
A)
majburiy tik turgan holati -
otlarda oriqlashda, qoqshol, plevrit, pnevmoniya, alveolyar
emfizemada, miyada suv to’plansa; qoramollarda travmatik perikardit, kasalligida kuzatiladi.
B)
majburiy yotgan holati -
qoramollarda tug’ishdan keyingi parezda, og’ir kechadigan
ketozda;
otlarda
mioglobinuriya,
ensefalomiyelit
kasalliklarida,
miyaning
travmatik
jarohatlanishida, organizmning umumiy paralichida kuzatiladi. Cho’chqalar, itlar, mushuklar va
yirtqich hayvonlar juda og’ir kechadigan kasalliklarda majburiy yotgan holatni oladi. Bunday
hayvonlar to’shamalar ustida, qorong’i burchaklarda yotib oladi.
V)
majburiy o’tirgan holati
- otlarda sanchiq paytida, boshqa hayvonlarda ikki orqa oyoqlar
paralichida, cho’chqalarda gastrit kasalligida kuzatiladi.
G)
tabiiy bo’lmagan holatlar
- ko’pincha kasalliklar uchun juda muhim belgi hisoblanadi.
Qoramollar travmatik perikardit kasalligi bilan kasallansa boshini oldinga cho’zib, oldingi
oyoqlarini kerib, yelkasini chiqarib, orqa oyoqlarini oldinga tortib turadi. Ketoz va tug’ishdan
keyingi parez kasalliklarida majburan yotgan bo’ladi, bo’yin egilgan, boshi ko’krak ustiga
qo’yilgan bo’ladi. Vaginit va metrit bilan kasallangan sigirlarning yelkasi ko’tarilgan, dumi
yuqoriga ko’tarilgan, orqa oyoqlari keng qo’yilgan bo’lib, tez-tez siydik chiqarish holatini
egallaydi.
Bosh miya kasalliklarida hayvonlar boshini devorga yoki oxirga tirab turadi. Og’ir
kasalliklarda boshini va quloqlarini pastga osiltirib turadi. Otlarda sanchiq, bo’lsa boshini va
bo’yinini egib, og’riq bor joyga qarab turadi, to’rttala oyog’ini keng qo’yib, tebranib turadi.
Otlarning ensefalitida, sigirlarning meningitida, yosh hayvonlarning B
1
-gipovitaminozida
hayvonlar bo’ynini yuqoriga qaytarib, boshini orqaga tashlab turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |