Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi


Qonning biokimyoviy ko’rsatgichlarini aniqlash



Download 1,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/181
Sana21.11.2022
Hajmi1,04 Mb.
#869556
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   181
Bog'liq
daf5f35c9cc6a6fafab9efbbabd6e9ee “Hayvonlar yuqumsiz kasalliklari, akusherlik va ginekologiya

Qonning biokimyoviy ko’rsatgichlarini aniqlash. 
Qondagi umumiy oqsil va oqsil fraksiyalarini aniqlash. 
Qon zardobida kuruq moddalarning eng katta qismini oqsil tashkil etadi. Qon zardobida 
oqsillardan asosan al’bumin va globulinlar uchraydi. Al’buminlar asosan jigar hijayralarida hosil 
bo’ladi. Alfa-, beta- globunlarning hammasi, gamma-globulinlarning bir qismi ham jigarda 
sintezlanadi. Gamma-globulinlarning asosiy qismi plazmatik va limfositlar xujayralarda hosil 
bo’ladi.
Qon zardobidagi oqsillar qon yopishqoqligini ta’minlashda, kolloid-osmotik bosimning bir 
me’yorda saqlanishini ta’minlaydi; ko’pgina moddalar oqsil bilan birikib, to’qimalarga yetkaziladi 
(vitamin S, K, R, antibiotiklar, oraliq modda almashinishi mahsulotlari al’bulinlarga birikib, moy 
kislotalari, o’t kislotasi tuzlari, o’t pigmentlari, gematin, karotin, vitaminlardan A, D, Ye, V
12

temir, mis, gemoglobin globulinlarga birikib to’qimalarga yetkaziladi), qonning rN 
ko’rsatgichining, qon uyushishining, immun tizimining me’yorda saqlanishini ta’minlaydi. Shuning 
uchun qonda umumiy oqsilni va oqsil fraksiyalarini aniqlash, hayvonlarning sog’lom yoki 
kasalligini aniqlashda katta ahamiyatga ega.
Qon zardobidagi umumiy oqsil refraktometr yoki biuret usullarida aniqlansa, oqsil fraksiyalari 
elektroforez usulida aniqlanadi.
Sog’lom hayvonlar qon zardobidagi umumiy oqsil va oqsil fraksiyalari miqdori quyidagi 
jadvalda keltirilgan: 
Hayvon 
turlari 
Umumiy oqsil 
Oqsil fraksiyalari (%) 
g/100 ml 
g/l 
albuminlar 
globulinlar 
al’fa 
batta 
gamma 
Qoramol 
7,2-8,6 
72-86 
30-50 
12-20 
10-16 
25-40 
Qo’y 
6,0-7,5 
60-75 
35-50 
13-20 
7-11 
20-46 
Cho’chqa 
6,5-8,5 
65-85 
40-55 
14-20 
16-21 
17-25 
Ot 
6,5-7,8 
65-78 
35-45 
14-18 
20-26 
18-24 
It 
5,9-7,6 
59-76 
48-57 
10-16 
20-25 
10-14 
Quyon 
6,0-8,2 
60-82 
55-65 
8-12 
7-13 
17-23 
Parranda 
4,3-5,9 
43-59 
31-35 
17-19 
11-13 
35-37 


129
Hayvonlar uzoq muddatda yetarli oziqlantirilmasa, rasionda oqsil miqdori kam bo’lsa, oziqlar 
tarkibida aminokislotalar miqdori muvofiqlashtirilmagan bo’lsa, oshqozon-ichak kasalliklarida oqsil 
hazimlanishi va surilishi buzilsa; rasionda uglevodlar, makro-, mikroelementlar va vitaminlar 
yetishmasa, buyrak va jigar kasalliklarida, qon oqishlarda, abssess va havfli o’smalarda, 
paratuberkulyoz va tuberkulyoz kasalliklarida, sepsisda teylerioz, isitma va zaharlanishlarda qon 
zardobida umumiy oqsil miqdori kamayadi (gipoproteinemiya).
Rasionda oqsil miqdori ko’payganda, uglevodli oziqalar, karotin yetishmaganda, kalsiy-fosfor 
nisbati buzilganda, D vitamini yetishmaganda, kuchli ich ketishida, gepatit, diabet, flegmona va 
sepsisda, og’ir kechadigan yuqumli kasalliklarda, o’tkir yallig’lanish rivojlanganda qon zardobida 
umumiy oqsil miqdori ko’payadi (giperproteinemiya). 

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish