Rangi.
Yoz faslida tezak rangi ko’kimtir, qishda qo’ng’ir rangda kasalliklar paytida tezak
ranglari quyidagicha o’zgaradi:
1. Axolik yoki oq rangli tezak - jigar, o’t xaltasi, o’t yo’li kasalliklari paytida uchraydi.
2. Qora yoki ko’kimtirsimon rangli tezak - shirdon, me’da yoki 12 barmoqli ichakda qon
oqishi bo’lsa.
3. To’q qizil rangli tezak - yo’g’on ichaklarda qon oqishi bo’lsa, qizil rangli tezak - to’g’ri
ichakda qon quyilish bo’lsa, bundan tashqari davolash maqsadida tekshirishda 1 daqiqa atrofida
rangi o’zgaradi.
Hidi.
Har bir hayvon tezagi spesifik hidga ega. Kasalliklar paytida tezakdan achigan, chirigan,
keton tanachalarining hidi, aseton hidi kelishi mumkin. Bu hidlar me’da-ichak tizimida kechayotgan
jarayonlar bilan bevosita bog’liq.
Xazm bo’lmagan ovqatlar miqdori. Me’yorda tezakda ma’lum miqdorda hazm bo’lmagan
narsalar bo’ladi. Agarda me’da ichak tizimida hazm bo’lish jarayoni buzilsa tezakda xazm
bo’lmagan moddalar miqdori ko’payadi.
Tezakdagi yot narsalar. Kasalliklar paytida tezak bilan quyidagi narsalar chiqishi mumkin.
1. Me’da ichaklarning kataral yallig’lanishi paytida tezak bilan ko’p miqdorda shilliq chiqadi.
2. Me’da ichaklarning yiringlanish davrida tezak bilan yiring chiqa boshlaydi.
3. Me’da ichaklarda qon oqqan bo’lsa tezak bilan qon chiqadi va rangi o’zgaradi.
4. Parazitar kasalliklarda tezak bilan ularning bo’laklari chiqa boshlaydi.
Kutirish kasalligi paytida tezak bilan yog’och, rezina parchalari chiqa boshlaydi. Moddalar
almashinuvi buzilgan payda material parchalari, jun, tosh bo’laklari, tuproq chiqa boshlaydi.
yuqumli va parazitar kasalliklar paytida mikronlar u yoki bu dorilarga sezuvchanligini aniqlashda
tezak laborator va boshqa usullar bilan ham tekshiriladi.
Jigarni tekshirish.
Jigar diafragma orqasida qorin bo’shlig’ining oldingi qismida o’ng
tomonda joylashib, jigarning yuqori qism oxirgi qovurg’alar ostida joylashgan bo’ladi. Jigar
organizmda juda ko’p murakkab funksiyalarni bajaradi:
1.Organizmdagi qonni tozalaydi (Filtr) – zaharlarni neytrallaydi, o’t suyuqligini hosil
qiladi.
2.Jigarda glyukoza glikogenga aylanadi.
3.Aminokislotalar va oqsillar siyetezlanadi.
4.Jigarda prvitaminlardan vitaminlar sintezlanadi. (vitamin A)
5.Xolestrin, lesitin – (hujayralarni energiya bilan ta’minlaydi).
6.Jigar suv almashinishini boshqarib turadi (ortiqcha suv limfaga o’tadi).
7.Gormonlar jigarda aktiv holatga yoki passiv holatga o’tkaziladi.
8.Eritrosit va gemoglobin hosil bo’lishi va almashinishini boshqaradi.
Jigar organizmda murakkab funsiyalarni bajaradi va modda almashishi jarayonlarini
boshqarib turadi.
Jigar ko’rish, palpasiya, perkussiya, rentgenografiya va biopsiya usullari bilan tekshiriladi.
Ko’rish usuli bilan tekshirilganda jigar kasalligiga xos bo’lgan belgilar bor-yo’qligi aniqlaniladi.
Jigar kasalliklarida quyidagilar kuzatiladi.
Birinchi bosqich - ishtahaning buzilishi, loxaslik yoki nafas olish tizimi kasalliklar belgilari
yoki ovqat hazm qilish tizimi kasalliklarining belgilari kuzatiladi. 1- bosqichda tipik belgisi yo’qligi
sababli klinik aniqlash usuli yo’q, qonni laboratoriyada tekshirilib aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich axolik tezak, siydik sarg’aygan, shilliq pardalar sarg’aygan, kattargan va
ishtaha umuman bo’lmaydi.
Uchinchi bosqichda organizmning zaharlanish belgilari kuzatiladi. Palpasiya paytida oxirgi
qovurg’a orqasidan me’yorda jigar palpasiya qilinmaydi. Kasalliklar paytida jigar kattarib, oxirgi
qovurg’a orqasidan palpasiya qilinadi. Bunda jigar yuza xarakteri, jigar o’zining holati, og’riq
sezishi aniqlaniladi. Perkussiyada jigar joylashgan joyi aniqlaniladi.
98
Do'stlaringiz bilan baham: |