Ovqat hazm qilishi tizimi gistologiyasi.
Ichaklarda oziq moddalarning so’rilishi
quyidigaicha o’tadi: ichaklar shilliq qavatida joylashgan vorsinkalar ustida maxsus qoplama -
glikokalikslar
bor. Glikokalikslarda maxsus teshiklar (xuddi elakning teshiklariga o’xshash)
joylashgan. Bu teshiklarda oqsil monomeri o’tadiganlari, uglevod monomeri o’tadigan teshiklar bor
va faqatgina glikokaliksda ro’yxati bor moddalarni o’tkazadi (yog’ moddalari, biologik aktiv
morddalar, oqsil monomeri, uglevod monomeri). Zaharlar, mikroorganizmlar me’yorda
glikokaliksdan o’ta olmaydi. Kasalliklarda glikokaliks yemiriladi va zaharli moddalar xoxlagancha
o’tadi.
Ovqat hazm qilish tizimining vazifalari.
Asosiy vazifasi: xujayralarni kerakli nutrientlar bilan ta’minlash; himoya vazifasi - keraksiz
oziqalarni organizmdan chiqaradi, bundan tashqari mahsuldorligini va sog’ligini ta’minlaydi.
Ovqat hazm qilish tizimini tekshirish juda katta klinik ahamiyatga ega, chunki ishlab
chiqarishda hayvonlar o’rtasida uchraydigan ichki yuqumsiz kasalliklarning 60% ni ovqat hazm
qilish tizimi a’zolarining kasalliklari tashkil etadi (V.M.Danilevskiy, 1990). Bu kasalliklar yilning
hamma faslida uchraydi.
Ovqat hazm qilish a’zolarining kasalliklari hayvonlarni saqlash va oziqlantirish qoidalari
buzilganda, zaharlanishlarda, ko’pincha yuqumli va invazion kasalliklarida, isitma paytida, boshqa
a’zolar kasallanganda rivojlanishi mumkin.
Oziqlantirish to’yimliligi past bo’lganda, bir kunda 5-6 marta o’rniga 1-2 marta
oziqlantirilganda, rasionda oziqalar turi va miqdori noto’g’ri bo’lganda, har xil oziqalarning
noto’g’ri aralashtirib berilishida, oziqalarni o’rish, jamg’arish, saqlash va tayyorlash qoidalari
buzilganda, bir turdagi oziqadan ikkinchi turdagi oziqaga birdan o’tilganda, hayvonlar chirigan,
achigan, bijg’igan, muzlagan, mog’orlagan va zaharli oziqalarni qabul qilganda kasalliklar
rivojlanishi mumkin. Bu kamchiliklar hazm tizimi a’zolarida avval yengil funksional o’zgarishlarni
keltirib chiqarsa, keyinchalik og’ir kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo’lishi mumkin.
Ko’pgina hazm tizimi a’zolarining kasalliklari yuqumli va invazion kasalliklarda ham
rivojlanadi. Chunki bunda mikrob, virus yoki parazitlar oshqozon-ichak tiizmiga o’rnashib,
rivojlanib ko’payadi va shu a’zoning kasallanishiga sabab bo’ladi (paratif, salmonellyoz,
paratuberkulyoz, gelmintoz, konsidioz, so’na va boshqa kasalliklarda).
Hayvonlar saqlanadigan joyning zoogigiyenik talabalari: harorat, namlik, yorug’lik, aktiv
harakat, ammiak va karbonat angidrid gazlarining miqdori va boshqalar buzilsa ham hazm
tizimikasalliklari rivojlanadi. Bu tizim kasalliklari yurak –qon tomir, buyrak yoki jigar
kasalliklarida ham kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |