Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar



Download 279,45 Kb.
bet7/9
Sana03.07.2022
Hajmi279,45 Kb.
#738381
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Qishloq taraqqiyotini oshirishda erkin iqtisodiy zonalar

3. O`zbekistonda so`nggi yillarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy hududlar, ularning ahamiyati va xususiyatlari

Tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan, yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta`minlaydigan mineral-xomashyo va qishloq xo`jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo`yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratish, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-yanvardagi “Urgut”, “G`ijduvon”, “Qo`qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to`g`risida”gi PF-4931-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon asosida Samarqand viloyati Urgut tumanida – “Urgut”, Buxoro viloyati G`ijduvon tumanida – “G`ijduvon”, Farg`ona viloyati Qo`qon shahrida – “Qo`qon”, Xorazm viloyati Hazorasp tumanida – “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etildi.


Farmonga ko`ra, quyidagilar “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning asosiy vazifalari va faoliyati yo`nalishlari etib belgilandi:

    • tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan va importning o`rnini bosuvchi, yuqori qo`shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to`g`ridan- to`g`ri investitsiyalarini jalb etish;

    • Samarqand, Buxoro, Farg`ona va Xorazm viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta`minlash;

    • meva-sabzavot va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, saqlash va qadoqlash, to`qimachilik, gilam to`qish, poyabzal va charm-galantereya, ekologik jihatdan xavfsiz kimyo, farmatsevtika, oziq-ovqat, elektrotexnika sanoati, mashinasozlik va avtomobilsozlik, qurilish materiallari ishlab chiqarish va boshqa yo`nalishlarda yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish;

    • mahalliy xomashyo va materiallar negizida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish hamda erkin iqtisodiy zonalar korxonalari o`rtasida va umuman respublikada sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va markirovka qilish bo`yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish markazlari tashkil etish va ularning qarorlari xalqaro darajada e`tirof etilishini ta‟minlash chora-tadbirlarini ko„rish.

Mazkur “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZning faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uni uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko`rsatish muddati mobaynida “Urgut” EIZ, “G`ijduvon” EIZ, “Qo`qon” EIZ va “Hazorasp” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimi amal qiladi.
Shuningdek, respublikamizning farmasevtika tarmog`ini rivojlantirishga yo`naltirilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, dorivor o`simliklar xomashyosini yetishtirishning noyob sharoitlarini inobatga olgan holda mahalliy dorivor vositalar bozorini o`zimizda ishlab chiqarilgan yuqori sifatli dori vositalari bilan to`ldirish, ularni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo`shilgan qiymatli farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanish asosida yangi ish o`rinlarini yaratish va respublikamiz aholisi daromadlarini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-maydagi “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to`g`risida”gi PF-5032-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmon asosida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bostonliq-farm” va “Parkent-farm” erkin iqtisodiy zonalari tashkil etildi hamda ushbu EIZlarning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari etib belgilab berildi:

    • dorivor o`simliklar xomashyosini o`ziga xos tabiiy sharoitlarda etishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Toshkent viloyatlarining ishlab chiqarish va resurs salohiyatlaridan kompleks hamda samarali foydalanishni ta`minlash;

    • yuqori qo`shilgan qiymatli zamonaviy farmatsevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqarishni, birinchi navbatda, belgilangan tartibda tashkil etilgan plantatsiyalarda etishtirilgan dorivor moddalar (substantsiyalar) hamda dorivor o`simliklar xomashyosi negizida tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarini jalb etish;

    • dorivor o`simliklar xomashyosini qayta ishlash va dori vositalari, tibbiyot buyumlari, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo`yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;

    • mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish va erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o`rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish asosida mahalliy dorivor o`simliklar xomashyosi va materiallari negizida farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

    • dorivor o`simliklar xomashyosi introduktsiya va kultivatsiyasini o`rganish bo„yicha tajriba-eksperimental laboratoriyalari bo`lgan ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etish.

Mazkur EIHlarning faoliyat ko`rsatish muddati, keyinchalik uzaytirish imkoniyati bilan 30 yilni tashkil qiladi hamda faoliyat ko`rsatish muddati mobaynida “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo`stonliq-farm” va “Parkent-farm” EIZ hududlarida alohida soliq, bojxona va valyuta rejimlari amal qiladi.
Shuningdek:

    • Toshkent viloyatining turistik salohiyatini yanada rivojlantirish hamda undan foydalanish samaradorligini oshirish, hududga xorijiy va mahalliy turistlarni keng jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, zamonaviy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta`minlash, ko`rsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-dekabrdagi “Chorvoq” erkin turistik zonasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni;

    • poytaxt viloyatida dunyoning ilg`or ishlab chiqaruvchilari jalb etilgan holda sport kiyimlari, inventar va uskunalarni ishlab chiqarish bo`yicha zamonaviy korxonalar faoliyatini yo`lga qo`yish uchun “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etishni nazarda tutgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5368-sonli Farmoni va ushbu Farmon ijrosini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi “O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi PQ-3583-sonli Qarori;

    • baliqchilik tarmog`ini yanada rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar va ishlanmalar sifatini oshirish, ularning natijalarini amaliyotga keng joriy etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmog`ini jadal rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-3657-sonli Qarori asosida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani hokimligiga sud qarori bilan berilgan mol-mulk va yer uchastkalari, shu jumladan, suv havzalari negizida “Baliq ishlab chiqaruvchi” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi;

    • Sirdaryo viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda oqilona foydalanishini ta`minlash, shu asnoda yangi ish o`rinlari tashkil etish va mahalliy aholining daromadlarini oshirish maqsadida “Jizzax” EIZ Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanidagi filiali va Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi kichik sanoat zonasi negizida “Sirdaryo” EIZni tashkil etish bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PF-5412-sonli Farmoni;

    • Tashqi bozorlarda talab katta bo`lgan, yuqori qo`shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar etishtirishni ta`minlaydigan zamonaviy issiqxona xo`jaliklarini tashkil etishga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish, shuningdek, Buxoro viloyatining ishlab chiqarish hamda resurs salohiyatidan kompleks va samarali foydalanish, shu asosda yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda aholi daromadlarini oshirish maqsadida: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi “Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3843-sonli Qarori;

    • Namangan viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatini kompleks rivojlantirish, mineral-xomashyo va qishloq xo`jaligi resurslarini chuqur qayta ishlash bo`yicha yuqori texnologik va eksportbop mahsulot ishlab chiqarishlarni tashkil etishga to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda shu asosda viloyatning, birinchi navbatda, Markaziy Osiyo mamlakatlarining chegaradosh hududlari bilan eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o`rinlari tashkil etish hamda hudud aholisi farovonligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-avgustdagi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to`g`risida”gi PF-5517-sonli Farmoni qabul qilindi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni asosida Andijon viloyatining Andijon tumanida “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Ushbu EIH faoliyati 30 yilga tuzilgan bo`lib, unga alohida soliq va bojxona tartiblari amal qiladi. Ushbu EIHning asosiy vazifalari va faoliyat yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

    • yuqori qo`shilgan qiymatli, shu jumladan, “in-bulk” shaklida farmasevtika mahsulotlari va dori vositalarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalarni tashkil etish uchun, eng avvalo, Hindiston Respublikasi yetakchi kompaniyalarining to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalari va ilg`or texnologiyalarini jalb etish;

    • dorivor o`simliklar xomashyosini qayta ishlash va tayyor dori vositalari, tibbiyot buyumlari, tibbiy texnikalar, yordamchi va qadoqlash materiallari ishlab chiqarish bo`yicha yangi zamonaviy ishlab chiqarish va quvvatlarni tashkil etish;

    • dorivor o`simliklar xomashyosini o`ziga xos tabiiy sharoitlarda yetishtirish va keyinchalik qayta ishlash borasida Andijon viloyatining ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan kompleks hamda samarali foydalanishni ta`minlash;

    • erkin iqtisodiy zonalar tashkilotlari hamda respublikamizning boshqa korxonalari o`rtasida mustahkam kooperatsiya aloqalarini o`rnatish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali mahalliy dorivor o`simliklar xomashyosi va materiallari negizida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish;

    • “Andijon-farm” EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya, yo`l-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, uning hududida sifatli logistika xizmatlari ko`rsatish bo`yicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;

    • “Andijon-farm” EIZning soha kadrlariga bo`lgan joriy va istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqib, yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan, ularning “Andijon-farm” EIZ hududida joylashgan korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o`tashini tashkil etish orqali tayyorlashda qatnashish.

Natijada bugungi kunga kelib mamlakatimizda tashkil etilgan EIHlar sekin-asta o`z samarasini bera boshladi. Ularda amalga oshirilayotgan starategik ahamiyatga molik investitsiya loyihalari esa yaqin vaqtlar ichida EIHlarning to`liq samarasini ko`rsatishda o`z ahamiyatini ko`rsatadilar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadidagi hududlarga tashriflarida birinchi navbatda hududlar iqtisodiyotidagi o‘sish nuqtalarini belgilash va shu orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2021-yil 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashriflari davomida Boysun, Sariosiyo, Sherobod tumanlarini qurilish materiallari, Qiziriqni yengil sanoat, Oltinsoyni oziq-ovqat, Angorni charm, Bandixon va Muzrabot tumanlarini mahalliy sanoatga ixtisoslashtirib, klasterlar tashkil etish zarurligi ta’kidlandi. Xususan, Sariosiyoda qurilish materiallari ishlab chiqarish innovatsion industrial zonasi tashkil etilishi, Oltinsoy, Uzun, Bandixon, Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabot, Termiz va Sariosiyo tumanlarida zaytun plantatsiyalari, Sherobod, Muzrabot va Qiziriqda anorzorlar barpo etilishi alohida belgilab berilganligini alohida qayd etishimiz mumkin.
Bizga ma’lumki, zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasiz hududlar taraqqiyoti imkonsiz. Shundan kelib chiqqan holda 2018-yilda boshlangan “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani yaxshilash orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etmoqda. Birgina 2021-yilda barcha tuman va shahardagi jami 7 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishni nazarda tutuvchi «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlarini moliyalashtirishning belgilanganligi shubhasiz yaqin istiqboldagi taraqqiyotga ham xizmat qiladi. Bunda 2021-yil davomida moliyalashtirish manbalari va yo‘nalishlari quyidagicha (1-rasm).
Hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanishni rag‘batlantirish va daxldorlikni kuchaytirish maqsadida mahalliy byudjetlar daromad bazasini mustahkamlashga qaratilgan mahalliy davlat organlari vakolatlari kengaytirib kelinmoqda.

1-rasm. 2021-yilda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini amalga oshirish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish hamda aholini uy-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari uchun qamrab olingan qishloq (mahalla) soni va moliyalashtirish.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish hisobiga qo‘shimcha soliq tushumlariga erishish, hududlarni subvensiyadan chiqarish va umumdavlat soliqlarini mahalliy byudjetlarda qoldirish va hokazolar bevosita mahalliy byudjetlar daromadlarining oshishiga, bu esa o‘z navbatida hududlarda turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada 2018 yildayoq barcha mahalliy byudjetlar subvensiyadan to‘liq chiqarildi va bugungi kunda tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar qo‘llanilmoqda (2-jadval).
Jahon iqtisodiyotidagi ilg‘or tajribalarga ko‘ra hududlar iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish orqali ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirishda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.






Download 279,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish