Agarda stendning uzunligi bir vaqtning o'zida bir necha konstruksiyani tayyorlash imkoniga ega bo'lsa bu stend uzun stend deb ataladi. Qisqa va uzun stendlarda armaturani asosan gidrodomkratlar yordamida tortib taranglanadi. Ba‘zi xollarda elektrotermik yoki elektrotermomexanik usullardan tortib tayyorlash mumkin. Uzun va qisqa stendlarda asosan temirbeton to'sinlar, fermalar, qoziqlar tayyorlanishi mumkin. Armaturani qoliplardagi tayanchlarga tortib taranglab konstruksiyalarni tayyorlash usulida orayopma va yopma plitalar, to’sinlar, fermalar, qoziqlar tayyorlash keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |