Uzun o'lchamli konstruksiyalarni tayyorlash uchun zarur uzunlikdagi armaturani bir necha armatura sterjenlaridan kontaktli elektropayvandlash usulida uchma-uch ulanishi mumkin. Armatura sterjenlarini bu usulda ulanganda ulanish joyining sifati oliy darajada bo'lishi kerak. Katta shaharlar sharoitida uzun armatura sterjenlarini armatura sexidan qurilish maydoniga keltirib qiyinlik tug'diradi. Shuning uchun Amerika amaliyotida armatura sterjenlarining uchini kesish va siquvchi muftalar yordamida ulashning oddiy va ishonchli usulidan foydalanish keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |