Alohida elementlardan yig'iladigan temir-beton konstruksiyalarni tekis qilib betonlangan maydonchada yig'ish zarur. Odatda to'sinlar va fermalar alohida bloklardan vertikal (ishchi) holatda yig'iladi. Arkalar gorizontal holatda yig'ilishi mumkin. Yig'ishdan oldin har bir elementning sifati va taranglashtiriluvchi armaturani o'tkazish uchun zarur diametrdagi kanalning holati tekshiriladi. Buning uchun kanallar orqali maxsus moki o'tkazilib, keyinchalik uning yordamida taranglashtiriluvchi armaturani o'tkazishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |