1.OLDINDAN ZO’RIQTIRISH USULLARI. Oldindan zo'riqtirilgan temir-beton konstruksiyalari va buyumlarini zavod sharoitida ishlab chiqarishda armaturani taranglashtirishning asosan ikki usuldan foydalaniladi: 1- konstruksiyalarni betonlagunga qadar – tayanchlarga tortib; 2- betonga - beton qotgandan so'ng. Birinchi usulda armatura elementlari (sterjenlar, po'lat arqonlar, alohida simlar yoki paketlar) konstruksiyani betonlashga qadar stendlarning tayanchlariga yoki po'lat qoliplardagi tayanchlarga tortib texnologik ankerlar mustahkamlab qo'yiladi. Po'lat armaturalar tarang holatda o'rnatilib qo'yilgandan so'ng konstruksiyaning taranglashtirilmaydigan armaturasi va karkaslarining boshqa elementlari o'rnatilgandan so'ng qolip yig'iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |