Qishnining sovg’asi
Sanobar og’zini ochib qoldi.Rosti bilan qish bo’lmasa, bugunguday to’kinchilik, boylik bo’lmas ekanda? Hali u bunday gaplarning mag’zini chaqib ulgurmasdan, onasi yelkasiga qoqib, ,,Bo’laqol ona qizim, o’qishingga kech qolma’’, dedida, uni maktabiga kuzatdi.
Sanobar yo’l-yo’lakay onasini aytganlarini o’ylab borardi.Chunki oyijonisiga bergan savoliga olgan javobini o’rtoqlariga ham aytgisi kelardi. Bu barcha noz-u ne’matlar qishning bizga bergan sovg’asi ekan,-deb hayolidan o’tkazdi Sanobar.
Lug’at so’zlar bilan ishlash
Ayoz- sovuq
H ordiq- dam olmoq
Yaxmalak-qor bilanqoplanib muzlangan yer
Qurg’oqchilik- yerning namligi pasayib ketishi,suvsizlik
Gaplarning mag’zini chaqib- gaplarning mazmunini tushunib
Bamaylixotir-bemalol, xotirjam
Toliqish- charchash
Putur- zarar yetkazmoq
To’kinlik- hosilning mo’l bo’lishi
“Qish” fasliga xos topishmoq, she’r va maqollar o’quvchilarga ayttiriladi. (10 daqiqa)
Mustahkamlash.O’quvchilarga matn yuzasidan suhbat o’tkaziladi.
Muhokama:
1) Muruvvat opa nima sababdan qish haqidagi o’tmish voqeani esladi?
2) Hikoya nima bilan tugadi?Shu o’rnini o’qib bering?
3) Qishning vazifasini bilib oldingizmi?
4 )Qish fasli sizga yoqadimi? Nima uchun?
5) Qish bo’lmasa nima bo’lar ekan?
6) Bizni dunyoga tanitgan boyligimiz nomini ayting.
7) Ona zaminimizga bo’lgan mehrimizni qanday ko’rsatmog’imiz zarur deb bilasiz?
8) Qishda qanday bolalar o’yinlarini bilasiz?
9) Siz qish faslida bo’sh vaqtingizni qanday o’tkazasiz?
10) Qish faslida qanday kasb egalarining ishi ko’payadi?
Hunarni sev
Hunarni sev, hunarni! O’rgan sen ham yigitsan,
Hunar senga asqotar.Yetmish turi oz senga.
Hunar otin soni yo’q, ,,Hunarli er kam bo’lmas’’
Sanasang qator-qator.Maqolin ol esingga.
Demak, bugungi darsimizda har fasl o’z vaqtida bo’lishi va o’z vazifalarini bajarishi lozimligini bilib oldik. Bu barcha nozu-ne’matlar barcha fasllar mehnati ekan. Shu bilan birgalikda mirishkor bobodehqonlarimizning ham hissasi borligini unutmasligimizlozimligini bilib oldik..
O na tabiat
Yoz der: Kuz der:
Suvim beg’ubr, -Mevam, bolim bor,
Suv baliq misol!Bari senga ol!
Qish der: Bahor der:
-Kumush qorim bor! -Gulim ko’rkam,
Qorbobo yasang! Guldasta yasang!
Demak, ona tabiat
- Bizni der har vaqt.
Qo’llaridagi bargha fasllar in’omlarini barcha ustozlar oldiga olib boradilar.( gullar, nonlar,mevalar, sabzavot va poliz ekinlari)
Yaqinda bining eng sevimli bayramimiz,,Yangi yil bayrami’’ bo’lib o’tadi.unda bayram qahramonlari Qorbobo va Qorqiz tashrif buyuradi.Archamizni hammamiz bezatamiz.
Yangi yil archasi
Bo’ylari shiftga yetgan,
Igna bargli,ko’k archa.
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Mustahkamlash: O’quvchilarga test tarqatmali materiallar beriladi.
Testlar
1 Qishda tabiat o’zgarishlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan ?
Qattiq sovuq, qor, yaxmalak,muz
Sovuq shamol, yomg’r, tuman
Iliq shamol,shudiring,quyosh
Daraxt, mayin shamol,do’l
2 Muruvvat opa nimalarni esladi?
Bahor faslini
O’tmish voqeasini
Ota –onasini
Maktabdagi davrini
3 Qish fasli tabiat ne’matlariga qanday yordam berar ekan?
a) hosilini mo’l bo’lishiga
b) daraxtlarni o’sishiga
s) bahorni erta kelishiga
d) barcha tabiat in’omlarini mo’l bo’lishiga
4) O’zbekiston milliy boyligimiz nima?
a)daraxt b) adras s) paxta d) mevalar
5) Sanobar onasiga nimalarhi aytgisi keld
i a) mevalarni pishishini
b) har faslning o’z vaqtida bo’lishini
s) dehqonlarning mehnatini
d) barcha javob to’g’ri
Kasb egalari haqida suhbat o’tkaziladi.Qish faslida qaysi kasb egalari ishlari ko’payadi?
Yong’in xavfsizligi xodimlari
Yo’l harakati xodimlari
Shifokorlar
Bu kasb egalari haqida she’rlar aytiladi.
A ziz o’quvchilar! Chunki bu kasb egalari insonlar tinchligi, ularning xotirjamligi va sog’ligi uchun jon kuydiradilar. Qishda sovuq bo’ladi.Ba’zi bir o’quvchilarimiz “qor” yeyishi yoki suv ichishi mumkin.Biz bunga yo’l qo’ymasligimiz kerak. Chunki sog’ligimizga zararlidir. Maktabga kelayotganda sirpanchiq yo’llardan ehtiyotkorona bo’lib kelish, mashinalar orqasiga osilmasligimiz kerak. Bu inson hayoti uchun xavflidir.Doimo yo’l qoidalariga rioya qilish kerak
Biz bilamizki, “20-noyabrdan 20-dekabrgacha yong’in xavfsizligi oyligidir”.
Biz kunlar sovishi bilan uylarni isitish uchun turli isitish vositalaridan foydalanamiz.Bu isitish vositalaridan juda ehtiyotkor bo’lib foydalanishimiz bo’lish zarur.
Kattalarning, ota-onalarning gaplariga quloq solishimiz, o’zimizcha elektrvositalaridan foydalanishimiz mumkin emas. Agarda biron-bir hodisa ro’y bersa 101 raqamiga qo’ng’iroq qilish zarur
6 . UYGA VAZIFA:
“Qish bo’lmasa-chi?’’ matnini ifodali o’qib kelish. ,,Qishda bolalar o’yinlari’’ mavzusida insho yozib kelish topshirig’i beriladi. Insho rejasi tuziladi .
Qishki o’yinlar
Reja:
1 Qish fasli
2 Qishda tabiat o’zgarishlari.
3 Qishda bolalar o’yinlari (2 daqiqa)
O’quvchilar daftarlariga yozdirib qo’yiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
3-sinflar uchun O`qish darsligi
Oqituvchilar uchun o`quv metodik qo`llanmasi
Ziyonet.uz sayti,
Boshlang`ich ta’lim jurnali
Do'stlaringiz bilan baham: |