134
6. QUYOSH NURIDAN ENERGIYA OLISH
6.1. Quyosh nurining afzalliklari
Quyosh nuri millard yillar davomida yer yuziga tushib barcha tirik
organizmlar, o‘simliklarning bahra olib yashashi, gurkirab o‘sishi, rivojlanishini
ta’minlab bera olganligi sababli ekologik toza energiya manbai etib qabul qilingan.
Sodda qilib aytganda, insoniyat quyosh nuridan foydalanishda aql bilan ish
yuritishi, undan unumli foydalanishi, quyosh nurini jamlash, yo‘naltirib maqsadli
foydalanish bilan birga yer yuzida ekologik musaffolikka salbiy ta’sir etmaydigan
texnologiyalarni kashf etishi va qo‘llashi kerak. Chunki quyosh yer yuzida iqlim
o‘zgarishlarini yuzaga
keltirish, ekologik muvozanatni buzish imkoniyatiga ega.
Masalan, yil davomida Yerga 1018 kVt.s quyosh energiyasi yetib keladi va
shuning 2 % tabiiy qazilma boyliklardan 2 × 10
12
tonnasini yoqish natijasida
olinadigan energiya miqdoriga teng. Ushbu ko‘rsatkich butun dunyoda yoqiladigan
yoqilg‘i resurslarining 6 × 10
12
tonna yoqilg‘ini yoqish natijasida olinadigan
energiyaga mos keladi. B. Luchkovning fikricha quyosh energiyasi kelajakda boshqa
tur energiya resurslarining o‘rnini to‘liq egallay oladi.
Ayrim hududlarda quyoshning nurlari juda zaifligi sababli quyosh
energetikasini rivojlantirish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamaydi. Masalan 40
0
kenglikda joylashgan hududdagi quyoshning quvvati 0,3 kVt/m
2
ni tashkil etadi.
Mazkur hududning yuqori qismidagi atmosferada 1,4 kVt/m
2
ga teng. Ushbu
hududlarda quyosh energetikasining jadal rivojlantirishga quyosh nurlarining
yetishmasligi salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun maxsus moslamalar yordamida
katta maydonlardan quyosh nurini yig‘ish, jamlash va yo‘naltirish kerak bo‘ladi.
Katta quvvatli quyosh elektrostansiyalariga katta maydonlar kerak bo‘ladi. Hozirgi
kunda faqatgina kichik quvvatli quyosh manbalaridan ta’minlanuvchi xususiy
iste’molchilar (aholi turar joylari, idoralar va boshqa iste’molchilar) uchun quyosh
manbalaridan foydalanilmoqda.
135
Quyosh elektrostansiyalari orasida katta zavodlar va yirik iste’molchilarni
ta’minlashda minora tipidagi quyosh elektrostansiyalari keng tarqalgan. Ushbu
elektrostansiyalar maxsus balandlik ustiga o‘rnatilgan katta hajmdagi suv qozondan
va pastdan yuqoriga tomon atrofida ko‘p sonli oynalar (geliostatlar) o‘rnatilgan
minora atrofida unga quyosh nurini yo‘naltiruvchi parabola shaklidagi botiq
oynalardan iborat bo‘ladi. Oynalar quyosh nurini maksimal darajada qabul qilish
imkoniyatiga ega bo‘lishi uchun maxsus burilish mexanizmi bilan jihozlangan.
Qozondagi suvning quyosh energiyasi ta’sirida qizishi natijasida hosil bo‘lgan bug‘
issiqlik elektrostansiyasining turbogeneratorini aylantirishga sarflanadi.
Quvvati 0,1 – 10 MVt li quyosh elektrostansiyalari unchalik katta bo‘lmagan
zavod, korxona, nasos stansiyasi yoki aholi turar joylarini elektr energiyasi bilan
ta’minlash imkoniyatiga ega. Bunday elektrostansiyalar AQSH, Fransiya, Yaponiya,
Germaniya kabi bir qator malakatlarda qurilgan. Hozirda quvvati 100 MVt li
elektrostansiyalardan foydalanish ustida jiddiy izlanish ishlari olib borilmoqda.
Ayni paytda ushbu tipdagi elektrostansiyalarni keng masshtabda qurish va
foydalanishga iqtisodiy ko‘rsatkichlarning qimmatligi to‘siq bo‘lmoqda. Chunki
mazkur elektrostansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiya tannarxi issiqlik
elektrostansiyalari (IES) ga nisbatan 6 – 8 martaga qimmat.
Kelgusida narxi arzon, ishlab chiqarish qobiliyati yuqori, chiqaradigan elektr
energiyasining tannarxi arzon bo‘lgan quyosh elektrostansiyalarini kashf etila borgan
sari bunday tipdagi quyosh elektrostansiyalarga ehtiyoj ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: