Mavzuni mustahkamlash uchun savol – topshiriqlar.
1.“Metod” so`zining qanday lug`aviy ma’nolari bor?
2. O`qitish usuli deganda nimani tushunasiz?
3. Yu.K. Babanskiyning ta’lim usullari tasnifini tushuntiring..
4. M.N.Skatkin, I.Ya. Lernerlar ta’lim usullarini necha guruhga ajratadi?
5. Metodist H.Rustamov ona tili ta’limi o`qitish usullarini qanday
guruhlarga ajratadi. Ular haqida ma’lumot bering.
6. Bilimlarni tayyor holda bayon etishning salbiy va ijobiy tomonlari
haqida ma’lumot bering.
7. Ona tili darslarida bilimlarni muammoli yo`l bilan hal qilish usulining
afzalligi nimada? Misollar bilan tushuntiring.
8. Qayta xotirlashga asoslangan usul qanday usul?
9. Qisman izlanuvchanlik usuli asosida tashkil qilinadigan ona tili
mashg`ulotlarida bajariladigan mustaqil ish turlarini sanab bering.
10. Ona tili mashg`ulotlarida ta’lim usullari qanday tanlanadi?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Азимов Э. Она тилидан муаммоли дарс // “Тил ва адабий таълими”
журнали, 1993 йил, 3-4 қўшма сони.
2. Бабанский Ю.К. Ҳозирги замон умумтаълим мактабида ўқитиш
методлари. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990.
3. Маҳмудов М. Мактабда муаммоли таълимни ташкил қилиш. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1981.
4. Саидов М. Муаммоли кўргазмалардан фойдаланиш // “Тил ва адабиёт
таълими” журнали, 1993 йил, 5-6 қўшма сони.
5. Ғуломов А.Қ. Она тили дарсларида ўқувчиларнинг ўқув–билув
фаолиятини активлаштириш. – Тошкент: Ўқитувчи, 1987.
6. Ғуломов А.Қ. Она тили ўқитиш принциплари ва методлари. –Тошкент:
Ўқитувчи, 1992.
59
7.
Ахунова Г.Н., Голиш Л.В., Файзуллаева Д.М. Педагогик
технологияларни лойиҳалаштириш ва режалаштириш. – Тошкент:
Иқтисодиёт, 2009.
ONA TILI TA’LIMIDA DARS TURLARI
O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta’lim muvaffaqiyati va
samarasi garovidir.
Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida
o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli
tashkil etilishidir.
Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta
tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish
xaqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan
o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta’lim-
tarbiya berish tashkil etadi.
Ko`pincha dars turi haqida gap ketganda, o`qituvchilar an’anaviy,
noan’anaviy, faol, interfaol, anjuman dars, sayohat darsi, trening darsi va boshqa
turlarini ko`rsatadilar. Metodik adabiyotlarda darsning turlarini turli nuqtai
nazardan tasniflashgan. Masalan, matematik-pedagog V.Shatalov quyidagicha
tasniflaydi:
1. Yangi mavzu bilan tanishtirish darsi - yangi bilim hosil qiladi. Bu
ma’ruza, sayohat, tadqiqot, mehnat va o`quv praktikumi.
2. Mustahkamlash, umumlashtirish darsi – ko`nikma va malakani
shakllantiradi. Bu laboratoriya ishi, anjuman, seminar, davra suhbati va
boshqalar.
3. Nazorat darsi – BKMlarning shakllantirganlik darajasi nazorat qilinadi.
Nazorat ishi, kollokvium, sinov, bilimlar ko`rigi va boshqalar.
4. Aralash dars.
Dars turlarini pedagog S.I.Perovskiy quyidagicha tasniflaydi:
1.
Yangi materiallar bilan tanishtiruvchi dars;
2.
Mustahkamlash darsi;
3.
Bilim va ko`nikmalarni shakllantirish darsi;
4.
Bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish darsi;
60
5.
Aralash dars.
Do'stlaringiz bilan baham: |