So‘roq belgisi
So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha question – so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma’nosida mazkur so‘zning birinchi harfi “Q” ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi “?” holatga kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan.
So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. So‘roq gaplarning oxirida: Shuncha qurilishni qachon qilishdi? Qanday ulgurishdi? (I.R)
2. Kim, nima, qanday, qachon, qanday qilib, nima qildi kabi so‘z va iboralar so‘roq ma’nosida ishlatilsa, ulardan so‘ng so‘roq belgisi qo‘yiladi.
Ega kim?, nima?, qaer? so‘roqlaridan biriga javob bo‘ladi.
3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga “toping” manosida qo‘yiladi.
Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |