Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi” yo’nalishi 30-guruh tinglovchisi


II-BOB. Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik



Download 2,66 Mb.
bet7/10
Sana08.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#330186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4.ОИЛА ХАМКОРЛИК Ibragimova

II-BOB. Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik.

2.1. O‘zaro hurmatga asoslangan muloqotning kalit faktorlari.

Bolaning har tomonlama rivojlanishi va ta’lim olishi uchun MTT, oila va mahalliy jamoatchilikning o‘zaro hamkorligi juda muhim bo‘lib, u MTT uchun quyidagi maqsad va vazifalarni belgilab beradi.

Maqsadlar:

 Ota-onalar hamda mahalliy jamoatchilik orasida maktabgacha ta’lim

yoshidagi bolalarga samarali ta’lim berish va ularni rivojlantirishiga

yo‘naltirilgan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

 Ota-onalar va mahalliy jamoatchilik o‘rtasida o‘zaro do‘stona muhitni yaratish orqali MTT tarbiyalanuvchilarining pedagogik-psixologik kompe-tensiyalarini qo‘llab-quvvatlash.

 Ota-onalarning MTTda o‘tkaziladigan qo‘shimcha tadbirlar orqali ta’lim-tarbiya jarayoniga faol ishtirokini ta’minlash.

Bolaning har tomonlama rivojlanishi va ta’lim olishi uchun ikki tarbiyaviy muhit

– oila va MTTning o‘zaro hamkorligi juda muhimdir. MTT va ota-onalar orasida-gi o‘zaro do‘stona hamkorlik MTT pedagoglari oldiga quyidagi muhim vazifalarni qo‘yadi:

● ota-onalar bilan o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarni shakllanti-rish;

● oilaning yagona ta’lim muhitida ishtirokini ta’minlash;

● ota-onalarning tarbiyaviy ko‘nikmalarini faollashtirish va boyitish

hamda ularning o‘zlaridagi pedagogik imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchlarini

qo‘llab-quvvatlash;

● tarbiyalanuvchilarning oilalari bilan muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;

● ota-onalarni rag‘batlantirish.

Tarbiyachilar va ota-onalarning bola ongiga ta’siri qarama-qarshi bo‘lmasligi, ak-sincha, uyg‘unlashgan, bir-birini to‘ldirgan holda, bola tomonidan ijobiy va faol tarzda qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunga erishish uchun pedagoglar va ota-onalar o‘zaro hamfikr, maslakdosh bo‘lishlari, turli muammo va masalalar-ni hamkorlikda hal etishlari darkor. Pedagoglar oilalar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda quyidagi oilaga yo‘naltirilgan, pedagogik yondashuvlarning asosi hisoblangan prinsiplarga amal qilishlari zarur.

O‘z tarbiyalanuvchilarining oilalaridan xabardor bo‘lish zarurati biz, avvalo, o‘zimiz bilan birga hamkorlikda faoliyat olib borayotgan oilalar-ni nechog‘lik yaxshi bilishimizni idrok etishimiz zarur. Bolalar MTTlarga turli xil oilalardan kelishadi. Ba’zi oilalarda bola bilan yozuv, husnixat, alifbo va o‘qishga e’tibor qaratilgan, ammo maktabgacha yoshdagi bola uchun zarur bo‘lgan syujet-li o‘yinlar, jismoniy faollik, tasviriy faollikka yo‘naltirilgan faoliyat turla-ri amalga oshirilmagan. Boshqa oilalarda esa bola o‘yinchoqlar va televizor bilan yakkama-yakka qoldirilgan, bu holat unga yoqqanligi hamda aqliy rivojlanishi va bi lim olishi uchun etarli deb topilgan. Natijada MTTga oilaviy shart-sharoitlari har xil bo‘lgan hamda rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha bir-biridan ke-skin farqlanuvchi bolalar keladi. Pedagoglar turlicha tipdagi oilalar bilan ish faoliyatini olib borishlariga to‘g‘ri kelgani sababli, ular va oilalar o‘rtasida sa-marali munosabatlar qurishda “universal” yondashuv mavjud emas. Pedagoglar bar-cha oilalar vakillarini hurmat qilishlari, ularning bandlik grafiklari, muloqot uslublari, ehtiyojlari, kelib chiqishlari va o‘ziga xos qirralarini e’tiborga olgan holda hamkorlik faoliyatini amalga oshirishlari maqsadga muvofiq. Guruhlarda oi-lalarning ko‘p qirraliligini, alohida fazilatlarini kelgusi ta’lim bosqichi uchun o‘zaro hurmat tuyg‘ularini shakllantiruvchi resurs sifatida aks ettirish muhimdir.

Barcha bolalar guruh xonasi devorlarida yoki kitoblarda aks etgan oilaviy fotosu-ratlarni ko‘rishlari, o‘z uylaridagi kabi oilaga oid xikoyalarni tinglashlari zarur.

Bola va oilaning ijobiy qirralari hamda kuchli tomonlarini e’tirof etish va qo‘llash zarurati

● Bolaning kuchli tomonlari, erishgan yutuqlari va ijobiy qirralari haqida ota-onalariga o‘zaro suhbatlar, telefon orqali so‘zlashuvlar va boshqa vo-sitalar orqali etkazib turing.

● Ota-onalardan o‘z farzandlari va oilalarining kelajagiga oid maqsad-lari, orzu-umidlari haqida ma’lumot olib boring.

● Ota-onalarning farzandlari rivojlanishiga qo‘shgan hissalarini e’tirof etgan holda ularga minnatdorchilik bildiring.

O‘zaro hamkorlik va birgalikdagi faoliyat nimani bildiradi?

● bolaning rivojlanishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lish va oi-lalarga maslahatlar berish maqsadida oilalar bilan teskari aloqa

o‘rnating;

● qulay va sokin sharoitda ota-onalar bilan uchrashish imkoniyatini to-ping;

● muammoni aniqlashtiring: o‘z nuqtai nazaringizni shakllantiring;

● birinchidan, ota-onalarning fikri, nuqtai nazarini tinglang, ularning

maqsadlarini, xavotirlarini tushunishga harakat qiling;

● agar muammo bo‘lsa, ota-onalarga murojaat qilishdan avval uning

mohiyatini aniqlashtirib oling;

● o‘zingiz va ota-onalaringizga bu vaziyatda nima qilish mumkinligini

so‘rang;

● imkon qadar masalaning ko‘proq hal etish yo‘llarini muhokama qiling va

ikkala tomon uchun maqbul variantni tanlang;

● qaror doirasida har bir tomonning xatti-harakatini muhokama qiling;

● bir-birlari bilan aloqa qilish muddati va usullari to‘g‘risida keli-shib oling.

● Ota-onalarga farzandlarini o‘z iqtidorini namoyon qilgan jabhalarga

yo‘naltiruvchi maqsadlarni shakllantirishni taklif eting, ularning ta-kliflarini kiriting.

● Ota-onalarga o‘z farzandlariga ijobiy ta’sir etishlarini his etishga yordam bering.Barcha xizmatlarning oila manfaatlariga yo‘naltirilganligi Oila manfaatlariga yo‘naltirilgan amaliyotning muhimligi shundan iboratki, unda bolaning oila tizimiga ta’siri va aksincha, oilaning bola rivojlanishiga ta’siri namoyon bo‘ladi. CHunki bolaning ta’lim-tarbiyasiga yo‘naltirilgan xizmat-lar uning tarbiyasi va parvarishi bilan mashg‘ul bo‘lgan barcha oila a’zolarining ehtiyojlaridan kelib chiqib belgilanadi..

Oila tomonidan qabul qilingan qarorlarni qo‘llab-quvvatlash va hurmat qilishBu prinsip oilaning dolzarbligini e’tirof etadi hamda mutaxassislarga oila a’zolarini ta’lim jarayonining muhim a’zolari va bola ta’lim-tarbiyasi, uni parvarish qilish amaliyotiga doir qarorlarni qabul qiluvchi asosiy mas’ul shax-slar sifatida namoyon qiladi. Bola ta’lim va tarbiyasi, taalluqli qarorlar qabul qilishda oila a’zolariga ko‘mak berish ular tomonidan bolaga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatini mustahkamlashga yordam berishi kerak. Farzandlariga ta’lim-tar-biya beruvchi, ular haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi mutaxassislar bilan o‘zaro hamkorlik qilish barcha oilalar uchun nihoyatda foydalidir. Bunday hamkorlik ko‘lami juda keng bo‘lishi mumkin. Bunda o‘zaro hamkorlik bolaga yordam berish bo‘yicha aniq muam-molarning echimini topishga yo‘naltirilgan individual shaklda bo‘lishi mumkin. SHu-ningdek, bolaning ta’lim olishini tashkil etuvchi o‘quv dasturiga oid qarorlar qabul qilishga ko‘maklashuvchi, tarbiyachilar bilan birgalikda faoliyat olib boruvchi ota-onalar kengashlarida ishtirok etishgacha qamrab olinadi. Ota-onalarga o‘z farzand-lari hayotining dastlabki yillaridanoq ular ta’lim olishi va rivojlanishiga oid qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratish kelajakda zurriyotlarining manfaatla-rini himoya eta olish ko‘nikmasini shakllantirgan holda, keyinchalik farzandlari-ning ta’lim olishida faol ishtirok etishlari ehtimolini salmoqli ravishda oshi-radi.

Oila a’zolariga qaror qabul qilishda tanlash imkoniyatini berish:

● Oilalar a’zolarining o‘zlari va o‘z farzandlariga oid xohish-istaklarini umumlashtirishda yordam bering, ota-onalar bilan birgalikda ularning o‘z so‘zlari bilan ifodalangan maqsadlar ro‘yxatini tuzing.

● Xizmat ko‘rsatish va rejalashtirishda ota-onalarga ularning farzandla-ri bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha haqiqiy ekspertlar misoli munosabatda

bo‘ling.


● Ota-onalar bilan hamkorlikda aralashish strategiyalarini aniqlang va

ularning qaysilari ota-onalar ehtiyoj va resurslariga mos ekanligini

o‘zlari tanlash imkoniyatini yarating.

● Ota-onalarning MTT yoki guruhda ishlash amaliyotiga oid o‘zgarishlarga taalluqli fikrlarini aniqlang.

● Ota-onalarga ular qachon va qaerda o‘z farzandlarining ta’lim-tarbi-yasi va rivojlanishida ishtirok etishlari masalasini hal etish huquqini havola eting.

● Oila a’zolarini MTT dasturlariga oid qarorlar qabul qiladigan konsul-tativ kengashlar yoki qo‘mitalar tarkibiga kiriting.

● Muntazam ravishda dasturlarning ishlash samaradorligi va ularga ki-ritish lozim bo‘lgan o‘zgarishlar xususida ota-onalarning fikrlarini o‘rganib boring.Bola va oila munosabatlarini yaxshilashga va rivojlantirishga yo‘naltirilgan moslashuvchan, tezkor, keng qamrovli xizmatlarni taqdim etish bu prinsip oilalar madaniyati va o‘ziga xosligini hurmat qilish zaruratini aks et-tiradi, ularga o‘zlarining norasmiy resurslari (do‘stlar, mahalla ahli, qo‘shnilar) ni barcha oila a’zolarining o‘zgarib boruvchi ehtiyojlarini qondirish uchun safarbar etishga yordamlashadi, rasmiy jamoat xizmatlari (tibbiy, ijtimoiy, kutubxonalar-dan foydalanish, dam olish joylari)dan bemalol foydalanishlarini ta’minlaydi va muvofiqlashtiradi.


Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish