Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi” yo’nalishi 30-guruh tinglovchisi


Oila bilan dastlabki aloqa poydevorini yaratish



Download 2,66 Mb.
bet8/10
Sana08.01.2022
Hajmi2,66 Mb.
#330186
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4.ОИЛА ХАМКОРЛИК Ibragimova

2.2. Oila bilan dastlabki aloqa poydevorini yaratish.

Birinchi taassurotlar uzoq vaqt davomida xotirada qoladi. Bizning dastlabki muloqotimiz (og‘zaki, xatlar, eslatmalar va devoriy materiallar) oilalarga ilk mehmondo‘stlikni his qilish uchun asos yaratadi, farzandining boshlang‘ich va aso-siy tarbiyachisi sifatida qadrlanishimiz, ularning vaqt chegaralari, kompetentligi va ehtiyojlari nuqtai nazaridan hurmat qilinishimizga poydevor bo‘ladi. Masalan, ba’zi oilalarga anketalarni to‘ldirishda yoki o‘quv dasturi bilan tanishishda yordam kerak bo‘lishi mumkin. Boshqalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini yaxshi bilishla-ri mumkin, chunki ularning maktabgacha ta’lim tashkilotiga borgan boshqa bolalari ham bor. Odatda, oila bilan birinchi muloqotimiz, ular bolasi qaysi maktabgacha tashkilotga borishini xohlashlari to‘g‘risida qaror qabul qilishganda yoki bolasini bizning maktabgacha tashkilotimizga olib kelishganida bo‘ladi. Bu vaqtda bizda ular uchun ko‘plab savollar mavjud va ularda ham biz uchun juda ko‘p savollar bor.

Oila bolasi qaysi guruhga kiritilishi, maktabgacha ta’lim dasturi, shu jumladan, yillik taqvim, maktabgacha ta’lim tashkilotida qabul qilingan tartib-qoidalar, kun tartibi, tartib-intizom usullari va boshqalar haqida imkon qadar ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishlari kerak. Agar potensial ota-onalar farzandini ro‘yxatga olish-dan oldin ba’zi guruhlarga tashrif buyursalar, yanada yaxshi bo‘ladi.

Bolani qabul qilish paytida oilalar bilan o‘quv dasturining xususiyatlarini muhokama qilish, ularni davlat talablari bilan tanishish va muntazam ravishda yil davomida aloqani davom ettirish muhimdir. SHuningdek, oilalardan o‘z farzan-didan nimani kutayotgani va unga maktabgacha tarbiya tashkilotidan qanday natijani kutayotganlarini so‘rash muhimdir. Ular bolasi uchun nimani orzu qilganliklari va bu borada ularning fikriga ko‘ra, biz ularga qanday yordam berishimiz mumkinligi haqida gaplashishimiz mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkilotida yilning boshidayoq ushbu masalalarning oydinlash-tirilishi kelgusidagi ijobiy munosabatlarning shakllanishiga yordam beradi.

Odatda, biz oilalar haqidagi dastlabki ma’lumotlarni ota-onalar to‘ldirishlari kerak bo‘lgan turli shakllardagi anketalar yoki intervyu, suhbatlar paytida ola-miz. Ushbu ma’lumotlar bolaning kuchli tomonlari, qiziqishlari va ehtiyojlari, shuningdek, aloqa ma’lumotlarini qamrab olishi mumkin. SHuningdek, biz oila a’zolarining qay tarzda ishtirok etishni xohlashlari, ularning kuchli tomonlari va qiziqishlari hamda ularning ishtirok etishlari uchun bizning ko‘magimiz qanday bo‘lishi mumkinligi haqida ma’lumot yig‘amiz.

Ota-onalar bilan munozaralar uchun har doim etarli vaqt qoldirib, imkoniyatlar yaratish va oilalar tomonidan beriladigan savollariga vaqt ajratish tavsiya etila-di. Bu o‘zaro manfaatli suhbatning hissiy jihatdan ijobiy muhitini yaratish, muam-molarni birgalikda hal qilishda qulay muhitni yaratish uchun kerak.

Oila o‘z farzandini MTTga berganda, biz ular bilan qanday qilib va qachon umumiy ravishda individual tarzda ma’lumot almashish yaxshiroq ekanligini aniqlashimiz kerak. Ehtimol, ota-onalar bolani olib borib, olib ketishgan paytda? Yoki bola-ning sumkasidagi xatlar orqali? Yoki elektron pochta, telefon yoki ijtimoiy tarmoq orqali, maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki boshqa veb-sahifa orqali? Garchi biz bir necha rasmiy va norasmiy aloqa usullaridan foydalanishimiz mumkin va foydala-nishimiz kerak bo‘lsa ham, ma’lum bir oila uchun eng qulay va maqbul echimni tanlash har doim foydalidir. Turli oilalarning ehtiyojlarini qondirish uchun bizga turli xil aloqa strategiyalari zarur bo‘ladi. Oila vakillari bilan dastlabki aloqa oilani o‘rganish uchun qulay imkoniyatlar yara-tadi. Pedagoglarning ota-onalarga berilishi mumkin bo‘lgan savollariga misollar:

 Bizning maktabgacha ta’lim tashkiloti sizni nimasi bilan o‘ziga ko‘proq

jalb qiladi?

 Tarbiyachi sizning farzandingiz to‘g‘risida nimani bilishi muhim?

 Oila tarbiyasida qanday tajriba bilan o‘rtoqlashmoqchisiz?

 Ota-ona sifatida pedagoglardan nimani o‘rganishni xohlaysiz?

 Farzand tarbiyasi va rivojlanishi bo‘yicha qanday maslahat olishni xohlar edingiz?

 MTTning qaysi tadbirlarida ishtirok etishni juda xohlaysiz?

 MTT tadbirlarini o‘tkazishda qanday yordam bera olasiz?

Oila bilan samarali hamkorlik qilish uchun bitta istakning o‘zi etarli emas. Guruh tarbiyachilari va ota-onalarning o‘zaro munosabatlaridagi asosiy nuqta oilanio‘rganishdir. Oilada bolani tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish juda qiyin. Odatda, buning uchun kuzatuvlar, anketalar va suhbatlar qo‘llaniladi. Ammo bu usullar ota-onalar bolalar bilan bo‘lgan munosabatlarini har doim ham to‘liq ochib bermasliklari mumkin. Ushbu usullardan foydalanishda ularning mavjud chek-lovlarini e’tiborga olib, ba’zan ota-onalar o‘z farzandlari bilan o‘zaro munosa-batlarini oxirigacha ochib bermasliklari, ba’zan esa yashirishlari ham mumkinligi-ni hisobga olish zarur. Buning sababi, ba’zida ota-onalar o‘zlarining muammolari va tajribalari haqida gapirishni xohlamasliklari yoki ifodalashga qiynalishlari mumkin.Ota-onalar orasida “Tarbiyachilar farzandingiz to‘g‘risida nimani bilishlari ke-rak?”, “Mening oiladagi tarbiyalash uslubim”, “Bu yil MTTdan nimani kutmoqdasiz?”, “MTT ota-onalar nigohida” mavzularida so‘rovnomalar o‘tkazish natijasida ular kundalik hayotida duch keladigan muammolar haqida ma’lumot beradi va bolaning ke-lajagiga oid orzu-umidlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Oilani o‘rganish, ota-onalarning ta’lim ehtiyojlarini aniqlash, uning a’zolari bilan aloqa o‘rnatish, bolaga ta’lim ta’sirini muvofiqlashtirish uchun tarbiyachilar tomonidan “MTT va oila hamkorligi” so‘rovnomasini o‘tkazish tavsiya etiladi (4-ilova). To‘plangan ma’-lumotlarga asoslanib, maktabgacha yoshdagi bolaning oilaviy tarbiyasidagi o‘ziga xos-lik – har bir bolaning qarindoshlik aloqalari tuzilishi asoslari tahlil qilinadi, har bir ota-ona bilan o‘zaro munosabat o‘rnatish taktikasi ishlab chiqiladi. Ushbu turdagi faoliyat har bir oilaning pedagogik ehtiyojlarini yaxshiroq o‘rganishga, uning individual xususiyatlarini hisobga olishga yordam beradi.

Bolaning maktabgacha ta’limni boshlash jarayonini osonlashtiradigan bir qancha usullar mavjud. O‘z yaqinlaridan ayrilish qo‘rquvi barcha bolalarga ta’sir qiladi, shuning uchun ba’zi maktabgacha ta’lim tashkilotlari oila a’zolaridan bolani yangi vaziyat bilan tanishish va o‘zini xavfsiz his qilishlariga yordam berish uchun birin-chi kunida yoki hatto birinchi haftada bir necha soat davomida bola bilan guruhda bo‘lishlarini so‘raydilar. Bolalar guruhdagi kattalarga ishonishlari kerak.

Ular maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lganlarida ularga g‘amxo‘rlik qilishlarini va ota-onalari oila a’zolari albatta uyga olib ketishga qaytib kelishlarini bi-lishlari kerak.

Maslahatlar

Bola o‘z oilasidan ajralishi qiyin bo‘lsa, biz bolani ishontirish uchun oila bilan hamkorlikda ishlashimiz mumkin, masalan:

● ota-ona yoki oila a’zosi bola bilan xayrlashayotganiga uni qachon olib ketishidan xabardor qilishiga ishonch hosil qiling, oiladan bolani qiziqtiradigan o‘yinchoqlar va harakatlar haqida bilib oling va u kelgandan keyin taqdim eting;

● boladan uyidan sevimli o‘yinchoq yoki narsalarini olib kelishini

so‘rang;


● bolaning atrof-muhitga moslashish jarayonida unga o‘z his-tuyg‘ularini rasm chizish yoki kattalardan o‘zi ishongan odam bilan gaplashish orqali ifodalash uchun vaqt bering va unga ko‘proq e’ti-bor va g‘amxo‘rlik ko‘rsating;

● bolani kun tartibi bilan tanishtiring (u tushunadigan chizmalar yoki belgilar orqali), shu kuni oilasi qaytib kelguniga qadar qancha ishlarni bajarishi kerakligini bilib olsin;

● bola ko‘rishi va boshqalarga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan oilaviy

rasmlar (yoki oilaviy albom) bo‘lishi;

● bolaning oilasiga ma’lum bir vaqtda qo‘ng‘iroq qilishini tashkil-lashtiring.

Maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlang‘ich maktabdagi nisbatan murakkabroq tar-tibga ega tizimga o‘tish bolalar uchun ham, oilalar uchun ham, maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilari uchun ham qiyin bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim-da vaqtni boshqarish nisbatan moslashuvchan bo‘lib, bolalar mustaqil bo‘lishga da’-vat etiladi, ularga o‘yinlar o‘ynash imkoniyati beriladi va oilalar sherik sifatida qabul qilinadi.

Garchi bugungi kunda ba’zi boshlang‘ich maktablarda ochiqlik va moslashuvchanlik kuzatilsa-da, ularda ota-onalar va oilalar muloqot qilish usullari nisbatan kamroq qo‘llaniladi. Oldindan puxta rejalashtirish va tayyorgarlik ushbu o‘tish jarayonini osonlashtirishga yordam beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari va boshlang‘ich maktablar xodimlarining o‘zaro ta’limga bo‘lgan yondashuvlari mos ke-lishi, ular o‘zaro bir-birlarining taxminlarini tushunishlariga, o‘quv dasturlari-ning uzviyligiga ishonch hosil qilishingiz kerak. Har bir maktabgacha ta’lim tash-kilotida yozma o‘tish rejasi bo‘lishi kerak, uni oilalar, maktabgacha tarbiyachilar va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilaridan iborat qo‘mita ishlab chiqishi mumkin.

Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, bola va oilaning moslashishini osonlashtirish uchun o‘tishning individual rejalarini ishlab chiqish mumkin. O‘tish davri tadbir-lari o‘z ichiga boshlang‘ich maktab o‘qituvchisini har bir bolaning kuchli tomonlari va ehtiyojlari to‘g‘risida xabardor qilish, bolaning portfoliosi bilan tanishish uchun taqdim etish, oilani jalb qilishni rag‘batlantirish va boshlang‘ich maktab o‘qituvchilariga “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat o‘quv dastu-rini amalga oshirish to‘g‘risida ma’lumot berishni olishi mumkin.

Maktabgacha ta’limdan boshlang‘ich maktabga o‘tishga doir ba’zi ko‘rib chiqilishi kerak bo‘lgan faoliyat tur-lari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

● Bolalar to‘g‘risida qanday ma’lumotlarni bo‘lishish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun oilalar, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va maktabgacha pedagoglar o‘rtasida uchrashuv tashkil etish. Ushbu ma’lumot almashinuvi qachon va qanday amalga oshirilishini aniqlang. Masalan, maktabgachata’lim tashkilotlari pedagoglari va ota-ona-lar, birinchi sinf o‘qituvchilari bilan har bir bolaning rivojlanish kartalari bo‘yicha so‘nggi hisobotni muhokama qilishlari mumkin. Bu bo-lani maktabgacha ta’lim tashkilotdagi tarbiyasi to‘g‘risidagi, shu-ningdek, bolaning rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish im-koniyatini yaratadi. Bolaning portfoliosi ham boshlang‘ich maktab o‘qituvchisiga o‘tkazilishi kerak, shunda u bolaning qobiliyatlari haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin, ammo keyinchalik uni oilaga qaytarishi kerak.

● Maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘z bo‘lajak sinflariga bir ikki marta bir necha soatga borishlarini tashkil eting. Bu yangi muhit (masalan, ular qaerda ovqatlanishlari, hojatxonalar qaerda joylash-ganligi va h.k) haqida bilish va ularda mavjud bo‘lgan qo‘rquvni kamay-tirishga yordam beradigan imkoniyatdir. Tashrifdan keyin guruhda “yangi maktab” o‘yinini o‘ynang. Biz o‘yin orqali ijodkorlik markazimizni odatdagi boshlang‘ich maktab sinfiga aylantirishimiz mumkin, bu erda bolalar birinchi sinfda ulardan nimani kutishlari haqida bilib olish-lari mumkin.

● Boshlang‘ich maktab o‘qituvchilarini, oilalar va bolalarni MTTga ularning boshlang‘ich maktabdan kutayotgan orzu-umidlarini muhokama qilish uchun taklif qilish.

● Bolalardan rasm chizishni va yangi o‘qituvchiga o‘zlari, ularning oila a’zolari va ular yoqtirgan faoliyatlari to‘g‘risida xat yozib berishlarini so‘rash.

● Bolalarini tayyorlashda oilani qo‘llab-quvvatlang, ularni yanada mustaqil bo‘lishga undang va maktabni qo‘rqmaslik kerak bo‘lgan qiziqarli joy sifatida ta’riflang.

● SHaroitlari farq qiluvchi oilalarga yordam berish (masalan, ular maktabda ishlaydigan yoki alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarda),

boshlang‘ich maktab vakillari bilan norasmiy uchrashuvlar tashkil etish orqali.




Download 2,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish