Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi


-MAVZU: Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etish (2 soat



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

4-MAVZU: Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etish (2 soat 
amaliy mashg‘ulot)
 
Ishning maqsadi: 
1. Yosh tadbirkorlik klasterlar faoliyatini tashkil etish va boshqarish 
 
Yoshlarni ish bilan ta‘minlash masalasi biz uchun hamon eng dolzarb vazifa 
bo‗lib qolmoqda. Bugungi kunda yoshlar uchun yangi ish o‗rinlari ochish, ularning 
halol  mehnat  qilib,  daromad  topishi  maqsadida  ko‗p  ishlar  qilinmoqda.  Shunga 
qaramasdan,  bu  borada  muammolar  ham  oz  emas.  O‗zbekiston  Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev  30  iyun  kuni  bo‗lib  o‗tgan  "Kamolot"  qurultoyida  shu  mavzuga 
to‗xtalib,  «Yurtimizda  ishsizlarning  aksariyat  ko‗pchilik  qismini  kollej 
bitiruvchilari  tashkil  etmoqda.  Masalan,  2016  yili  477  ming  743nafar  yosh  yigit-
qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 foizi ish 
bilan  ta‘minlangani  to‗g‗risida  ma‘lumot  berilgan.  Yoshlarni  ish  bilan  ta‘minlash 
uchun  avvalo  ular  o‗rtasida  tadbirkorlikni  keng  rivojlantirish,  bu  borada  yangi 
imkoniyatlar  yaratish  maqsadida  biz  bir  qator  chora-tadbirlarni  ko‗zda 
tutmoqdamiz.  Bu  borada  Iqtisodiyot  vazirligi,  Bandlik  va  mehnat  munosabatlari 
vazirligi,  Davlat  raqobat  qo‗mitasi,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar 
Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimlariga  har  bir  tuman  (shahar) 
markazida Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini tashkil etish vazifasi topshiriladi. Ana 
shu klasterlar faoliyatini yo‗lga qo‗yish uchun elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va 
transport  kommunikatsiyasi,  aloqa  vositalari  va  Internetga  ulanish  imkoniyati 
mavjud  bo‗lgan  hududlarda  foydalanilmay  yotgan  davlat  ob‘ektlari  yosh 
tadbirkorlarga  «nol»  qiymati  bilan  ijaraga  beriladi.  Hamma  hududlarda  tashkil 
etilayotgan  iqtisodiy  zonalarda,  shaharlarda  esa  kichik  sanoat  zonalarida 
O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqining  a‘zosi  bo‗lgan  yosh  tadbirkorlardan  ijara  haqi 
olinmaydigan tartib joriy etiladi. Bundan tashqari, o‗z biznesini boshlayotgan yosh 
tadbirkorlarga imtiyozli narxlarda yuridik, texnik va boshqa maslahat yordamlarini 
ko‗rsatishni yo‗lga qo‗yish lozim», deb ta‘kidladi.  
Shu  bilan  birga,  Iqtisodiyot  vazirligi,  Davlat  soliq  qo‗mitasi,  Bandlik  va 
mehnat  munosabatlari  vazirligi  hamda  «Hunarmand»  uyushmasiga  hunarmandlik 
yo‗nalishidagi  tadbirkor  yoshlar,  ayniqsa,  qizlarning  kasanachilik  bilan  band 
bo‗lishi  uchun  qulay  sharoit  yaratib  berilishi  to‗g‗risida  topshiriq  berildi.  Bu 
borada  bo‗sh  turgan  ob‘ektlardan  imtiyozli  shartlar  asosida  joy  ajratish,  mini-
texnologiyalar, asbob-uskuna va zarur jihozlar o‗rnatib berish ko‗zda tutilmoqda.  
Jumladan,  yosh  hunarmandlarga  xom  ashyo  sotib  olish  uchun  kreditlar 
berish,  o‗z  biznesini  boshlagan  yosh  tadbirkorlar  tomonidan  Pensiya 
jamg‗armasiga  to‗lanadigan  sug‗urta  badalini  olingan  kreditlarni  qoplashga 
yo‗naltirish tizimi joriy etiladi.  


63 
 
11 yillik majburiy o‗rta ta‘lim tizimiga o‗tish munosabati bilan bo‗shaydigan 
kollej  ustaxonalari  negizida  yoshlarni,  ayniqsa,  uyushmagan  yoshlarni  6  oygacha 
bo‗lgan muddatda bepul o‗qitish va kasbga qayta o‗qitish markazlari tashkil etilishi 
vazifasi belgilandi.  
Ayni  paytda  qo‗liga  diplom  olib,  mustaqil  ish  boshlayotgan  yoshlarimiz 
uchun ham qo‗shimcha imkoniyat va imtiyozlar yaratib berilmoqda.  
2018 yilning 1 yanvaridan boshlab kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar 
va  oliy  ta‘lim  muassasalarining  birinchi  marta  ishga  joylashgan  bitiruvchilari  bu 
imkoniyatlardan  foydalanadi.  Ya‘ni,  ta‘lim  muassasasini  tamomlaganiga  uch  yil 
bo‗lmagan bo‗lsa, ularning ish haqidan olinadigan daromad solig‗i birinchi yili 50 
foiz, ikkinchi va uchinchi yillarda esa 25 foiz kamaytiriladi.  
Shuningdek, O‗zbekiston yoshlar ittifoqi qoshida barcha turdagi soliqlardan 
10  yilga  ozod  qilingan  sho‗‗ba  korxonalari  tuzish  vakolati  beriladi.  Ushbu 
korxonalar uchun aniq faoliyat yo‗nalishlarini, misol uchun, turli fanlar, jumladan, 
chet  tillarni  o‗rgatish,  kompyuter  dasturlarini  tuzish  va  tadbirkorlik  asoslarini 
o‗qitish  tizimlarini  belgilanadi.  Mazkur  korxonalar  tomonidan  to‗lanadigan  soliq 
tushumlarining  20  foizini  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqiga  o‗tkazib  berish  tartibini 
joriy etiladi.  
Yana  bir  masala  –  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi  viloyat  va  tumanlarda 
zamonaviy 
«Yoshlar 
kinoteatrlari»ni 
barpo 
etish, 
buning 
uchun 
«O‗zsanoatqurilishbank» tomonidan 5 yil muddatga beriladigan imtiyozli kreditlar 
asosida alohida dastur ishlab chiqish va amalga oshirish taklif etildi.  
Yoshlar  ittifoqining  faol  a‘zosi  bo‗lgan,  bakalavriat  va  magistratura 
talabalariga  o‗rtacha  o‗zlashtirish  ko‗rsatkichi  86  foiz  va  undan  yuqori  bo‗lgan 
taqdirda  ta‘lim  bo‗yicha  shartnoma  to‗lovi  miqdorining  35-40  foizini  tashkilot 
hisobidan to‗lash orqali moddiy yordam ko‗rsatish ham ko‗zda tutilmoqda.  
O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi  tizimida  3-5  yil  va  undan  ko‗proq  faol  ishlab 
kelayotgan,  ipoteka  krediti  asosida  uy-joy  sotib  olish  istagini  bildirgan 
xodimlarning  har  yili  140  nafariga  25-30  foiz  miqdoridagi  boshlang‗ich  to‗lov 
tashkilot mablag‗lari hisobidan to‗lanadi.  
Shuningdek,  Yoshlar  ittifoqining  viloyat,  shahar  va  tuman  kengashlari 
raislarini rag‗batlantirish, tashkilotning faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida 
tijorat  banklarining  10  yil  muddatgacha  mo‗ljallangan,  boshlang‗ich  to‗lovi  15 
foizlik imtiyozli kreditlari asosida ularga o‗zimizda ishlab chiqarilgan «Matiz» va 
«Damas» avtomobillarini shaxsiy mulk sifatida sotib olishda qulaylik yaratiladi.  
Yana  bir  muhim  masala  –viloyat  va  tuman  hokimlarining  yoshlar  siyosati, 
ijtimoiy  rivojlanish  va  ma‘naviy-ma‘rifiy  ishlar  bo‗yicha  o‗rinbosarlari,  tuman 


64 
 
ichki  ishlar  bo‗limi  boshliqlarining  yoshlar  bo‗yicha  o‗rinbosarlari  O‗zbekiston 
yoshlar ittifoqi tavsiyasi bilan lavozimga tayinlanadi.  
Bu  albatta  joylardagi  davlat  boshqaruv  idoralarining  O‗zbekiston  yoshlar 
ittifoqi tuzilmalari bilan hamkorligini sifat jihatidan oshirishga xizmat qiladi.  
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  «Yoshlarga  oid  davlat  siyosati 
samaradorligini  oshirish  va  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi  faoliyatini  qo‗llab-
quvvatlash to‗g‗risida» 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmoni ijrosi yuzasidan, 
shuningdek  biznesni  tashkil  etish  va  yoshlarni  tadbirkorlik  faoliyatiga  faol  jalb 
etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktyabrda «Yoshlar tadbirkorlik klasterlarini 
tashkil  etishga  doir  tashkiliy  chora-tadbirlar  to‗g‗risida»gi  834-sonli  qarori  qabul 
qilindi.  
Quyidagilar klasterlar faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilandi: 
 
-  yoshlarga  tadbirkorlik  faoliyatini  boshlash  va  yuritish  uchun  klaster 
hududida  ishlab  chiqarish  maydonlari  taqdim  etish  orqali  ularni  tadbirkorlik 
faoliyatiga jalb qilish;  
-  yosh  tadbirkorlarga  ruxsat  beruvchi  hujjatlarni,  kreditlar  olish,  biznes-
rejalar  tayyorlash,  marketing  tadqiqotlari  o‗tkazish,  savdo  bozorlarini  topish  va 
boshqalar uchun zarur hujjatlarni tayyorlashda amaliy ko‗maklashish;  
- yoshlarga biznesni yuritish asoslarini o‗rgatish, kadrlar malakasini oshirish 
va ularni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish, shuningdek yosh tadbirkorlarga 
malakali xodimlarni tanlashda yordam berish;  
-  startaplar  tashkil  etish  uchun  biznes-inkubatorlar  vazifalarini  amalga 
oshirish,  yosh  tadbirkorlarning  raqobatbardoshligini  oshirish,  ular  faoliyatini 
barqaror rivojlantirish.  
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktyabrdagi 
834-sonli  qarori  asosida  «Yoshlar  tadbirkorlik  klasterlari  to‗g‗risida»gi  Nizom 
qabul qilindi.  
Ushbu  Nizom  yoshlar  tadbirkorlik  klasterlari  faoliyatini  tashkil  etish, 
shuningdek  yoshlar  tadbirkorlik  sub‘ektlarini  tanlash  va  klasterlar  hududida 
joylashtirish tartibini belgilaydi.  
Ushbu  Nizom  maqsadlari  uchun  quyidagi  asosiy  tushunchalardan 
foydalaniladi:  


Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish