Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

klaster  ishtirokchisi  –
  klaster  ishlab  chiqarish  maydonlarida  tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshiradigan yoshlar tadbirkorlik sub‘ekti;  

ishlab  chiqarish  maydoni  –
  klaster  ishtirokchilariga  5  yildan  ko‗p 
bo‗lmagan muddatga ijara to‗lovining «nol» stavkasi bo‗yicha ijaraga beriladigan 
ishlab chiqarish va qo‗shimcha binolar, inshootlar.  
Klasterlar  tadbirkorlik  faoliyatini  boshlash  va  yuritish  uchun  yosh 
tadbirkorlarga ishlab chiqarish maydonlarini taqdim etish orqali ularni tadbirkorlik 
faoliyatiga  jalb  qilish  maqsadida  tashkil  etiladi.  Klasterni  tashkil  etish  haqidagi 
qaror  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar hokimliklari tomonidan O‗zbekiston yoshlar ittifoqi bilan kelishilgan holda 
qabul  qilinadi  hamda  unda  klasterni  tashkil  etish  uchun  beriladigan  binolar  va 
inshootlar belgilanadi, ularning umumiy ishlab chiqarish maydoni ko‗rsatiladi.  
Ishlab  chiqarish  maydonlari  klaster  ishtirokchilariga  O‗zbekiston  yoshlar 
ittifoqining  tuman  va  shahar  kengashlari  tomonidan  taqdim  etiladigan  asoslangan 
hisob-kitoblarga  muvofiq,  klasterning  kommunal  va  boshqa  foydalanish 
xarajatlarini qoplash sharti bilan ijara haqining «nol» stavkasi bo‗yicha beriladi.  
O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqining  tegishli  tuman  va  shahar  kengashlari 
klasterlar faoliyatini boshqarish vazifalarini amalga oshiradi.  
O‗zbekiston yoshlar ittifoqining tuman va shahar kengashlari klaster faoliyat 
ko‗rsatadigan  davrda  klasterlarni  tezkor  boshqarish  huquqi  asosida  joylashtirish 
uchun belgilangan tartibda taqdim etilgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish 
va ijaraga berish huquqiga ega.  
Quyidagilar  klasterlar  faoliyatini  tashkil  etishni  moliyalashtirish  manbalari 
hisoblanadi:  
-  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  byudjeti, 
viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy byudjetlari mablag‗lari;  
-  klaster  ishtirokchilariga  pulli  xizmatlar  ko‗rsatishdan  tushadigan 
daromadlar;  
- klaster ishtirokchilarining foydalanish to‗lovlaridan tushadigan daromadlar.  
Klasterlar  faoliyati  qonun  hujjatlariga  zid  bo‗lmagan  boshqa  manbalar 
hisobidan ham moliyalashtirilishi mumkin.  
Klasterlar  faoliyatini  boshqarishda  quyidagilar  O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqi 
tuman va shahar bo‗limlarining asosiy vazifalari va funksiyalari hisoblanadi:  
- klaster ishtirokchilari bilan loyihalarni amalga oshirish to‗g‗risida bitimlar 
(keyingi  o‗rinlarda  bitim  deb  ataladi)  va  ishlab  chiqarish  maydonlarining  ijara 


66 
 
shartnomalari,  shuningdek  klaster  hududida  xizmatlar  ko‗rsatish  haqida 
shartnomalar tuzish;  
-  klaster  ishtirokchilarining  bitimlar  va  ijara  shartnomalariga  muvofiq  o‗z 
zimmasiga olgan vazifalarni bajarishining monitoringini olib borish;  
- klasterning tashkiliy-boshqaruv faoliyatini amalga oshirish;  
-  klaster  ishtirokchilarini  ularning  ishlab  chiqarish  ehtiyojlariga  muvofiq 
muhandislik-kommunikatsiya  tarmoqlari  bilan  ta‘minlanishi  monitoringini  olib 
borish;  
- klaster ishtirokchilariga ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‗liq masalalarni 
hal etishda ko‗maklashish;  
-  klaster  ishtirokchilari  o‗rtasida,  shuningdek  boshqa  ishlab  chiqarish 
korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishga yordam berish;  
-  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi,  viloyatlar  va  Toshkent 
shahar  hokimliklariga  klasterlardan  tashqarida  tadbirkorlik  faoliyatini  davom 
ettirish hamda yanada rivojlantirish uchun er uchastkalari ro‗yxatini shakllantirish 
bo‗yicha buyurtmanomalar taqdim etish.  
O‗zbekiston  yoshlar  ittifoqining  tuman  va  shahar  kengashlari  klaster 
ishtirokchilarining  faoliyatini  tashkil  etish  va  yoshlar  tadbirkorlik  sub‘ektining 
faoliyat  ko‗rsatishi  bilan  bog‗liq  pulli  xizmatlar  (uskunalar,  mebel,  texnika  va 
boshqa  jihozlarni  ijaraga  berish,  marketing  va  boshqa  tadqiqotlar  o‗tkazish, 
hujjatlar tayyorlash, texnik xizmatlar ko‗rsatish va boshqalar) ko‗rsatish huquqiga 
ega.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish