Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

“Tarbiya  biz 
uchun  yo  hayot  –  yo  mamot,  yo  najot  –  yo  halokat,  yo  saodat  –  yo  falokat 
masalasidir”. 
Darxaqiqat, inson qalbiga yo‗l avvalo ta‘lim-tarbiyadan boshlanadi. 
Binobarin,  o‗quvchilar  tarbiya  jarayonlarini  milliy  urf-odat  va  an‘analar  asosida 
amalga oshirish o‗z samarasini ko‗rsatdi.  
«Navro‗z»  ayyomi,  Ramazon  hayiti,  Qurbon  hayiti,  O‗zbekiston 
Respublikasining Mustaqillik kuni, O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 
8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami, O‗qituvchilar va murabbiylar kuni, Faxriylar 
kuni, shuningdek, xalqning kundalik turmush hayotiga, mehnatiga oid: er haydash, 
ekin ekish, hosilni yig‗ishtirib olish, bog‗ yaratish; bayramlar: qovun  sayli, gullar 
va  qushlar  bayrami;  qabristonlarni  ziyorat  qilish  va  tartibga  keltirish;  suv 
inshootlarini  qurish;  ariqlarni  tozalash;  bir-birlariga  o‗zaro  yordam-hashardan 
foydalanish; inson hayotiga oid voqealarga bog‗liq: farzand tug‗ilishi, aqiqa to‗yi, 
nikoh  to‗yi,  tug‗ilgan  kunlarni  nishonlash,  yubiley  to‗ylari,  sunnat  to‗yi,  kumush 
to‗y, oltin to‗y, hovli to‗yi; odob-axloq bilan bog‗liq: kattalarga hurmat-yo‗l berish, 
salom  berish,  sizlash,  joy  berish,  ko‗maklashish;  yo‗lovchiga  xayrixohlik; 
gumanizm-insonparvarlik  bilan  bog‗liq:  o‗quvchijonlik,  insonga  hurmat  va  mehr-
saxovat; ma‘naviy va moddiy yordam ko‗rsatish: farzand asrash, mehmondo‗stlik, 
do‗stiga sodiqlik kabi urf-odat va an‘analar o‗quvchilarda mehribonlik tuyg‗ularini 
shakllantirishda muhim omillar bo‗lib hisoblanadi.  
Shu  jihatdan  ham  o‗quvchilarning  oila  mehnatida  ishtirok  etishini  odatga 
aylantirish  ularda  o‗zi  tug‗ilib  o‗sgan  oilaning  foydali  a‘zosi  ekanligini  anglash, 
o‗z  mehnati  natijasini  ko‗rib  mamnun  bo‗lish hissini tarbiyalaydi.  Bunday  oilada 
o‗sgan o‗quvchi xushmuomala, rostgo‗y, kamtarin, mehnatsevar va omilkor bo‗lib 
etishadi.  
Ayniqsa, o‗zbek oilasidagi farzandlar ota-onalariga va kattalarga ergashib, 3-
4  yoshidan  mehnat  qilishga  odatlanib  boradi. 6-7  yoshli  qishloq  o‗quvchilari  ota-
onasiga yaqindan yordam berish malakasiga ega bo‗ladi. Bu hol ularning jismonan 
sog‗lom  o‗sishlarida,  kelajakda  barkamol  shaxs  bo‗lib  shakllanishlarida  muhim 
omil  bosqichini  o‗taydi.  Shuningdek,  mehnat  jarayonida  o‗quvchilarda  hayotiy 
ko‗nikmalar  bilan  bog‗liq  bo‗lgan  bilimlar  hosil  bo‗ladi.  O‗quvchilarnini  mehnat 
jarayonida  iroda,  chidamlilik,  qa‘tiyan  intizom,  mehribonlik,  do‗stlik  kabi 
xususiyatlarini rivojlantirish muhim o‗rin tutadi.  


125 
 
O‗quvlarni ma‘naviy-axloqiy shakllantirishda xalqimizning katta tarbiyaviy 
ahamiyatga  ega  bo‗lgan  an‘analaridan  biri  «xashar»dir.  Xashar  jarayonida 
o‗quvchilarda  ona  yurtga,  jamiyatga,  xalqqa,  millatga,  urf-odatlarga,  tarixga, 
kelajakka,  tabiatga  bo‗lgan  munosabatlar  kamol  topadi.  O‗quvchilar  jamoa  bilan 
ishlash  jarayonida  umuminsoniy  axloq  normalarini  anglaydilar;  ularda  kattalarga 
hurmat,  kichiklarga  g‗amxo‗rlik,  tengqurlariga  do‗stlik,  o‗rtoqlik  tuyg‗ulari 
tarbiyalanadi.  Shuningdek,  6  –  7  yoshdagi  o‗quvchilarning  kattalar  bilan  yonma-
yon  turib  mehnat  qilishlari  natijasida  mehr-oqibat,  mehribonlik  tuyg‗ularining 
asosi bo‗lgan ijtimoiy burchga sadoqat, jamoa hayotida ishtiyoqi kuchayadi, ularda 
oddiylik, kamtarlik xislatlari rivojlanadi.  
Umuman,  har  qanday  mehnat  jarayonida  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi 
o‗quvchilarda  xushmuomalalik,  rostgo‗ylik,  kamtarlik  va  mehnatsevarlik, 
mehribonlik  kabi  fazilatlar  namoyon  bo‗ladi.  Bu  hol  esa  maktabgacha  katta 
yoshdagi  o‗quvchini  kelajakda  etuk  shaxs  bo‗lib  etishishiga  sharoit  yaratadi. 
O‗quvchilar  mana  shu  an‘analar  orqali  tarbiyalanib,  O‗zbekiston  davlatini 
mustahkamlab,  uning  shuhratini  dunyoga  keng  yoyishda  katta  ishlarni  bajara 
oladilar.  
Shuni  unutmaslik  kerakki,  xushmuomalalik,  mehribonlik,  halollik, 
rostgo‗ylik kabi yaxshi fazilatlar ham milliy urf-odatlardan hisoblanadi. SHunday 
ekan,  o‗quvchilarda  kichiklik  davridan  boshlab  ota-ona,  oilaning  katta  a‘zolari, 
umuman,  jamiyatdagi  kishilarning  xulqi,  xatti-harakatida  namoyon  bo‗ladigan 
ijobiy  axloq  ko‗rinishlariga  taqlid  qilish  ko‗nikmalarini  shakllantirish  g‗oyatda 
muhimdir.  
Go‗zal  narsalarni  ma‘naviy  jihatdan  tushunish  o‗quvchilarning  fazilatli 
bo‗lishiga ta‘sir qiladi, atrofdagi hamma kishilarga mehribon bo‗lishga undaydi.  
O‗zbek  xalqining  ijobiy  an‘analariga  alohida  e‘tibor  berish,  kichiklarning 
kattalarga bo‗lgan izzat-hurmatini hamda o‗quvchilarning bundan kelib chiqadigan 
odobli  xulqlarini  qo‗llab-quvvatlash  va  o‗stirish  ota-onalarning  muhim 
vazifalaridan biridir.  
O‗quvchilarni 
ma‘naviy-axloqiy, 
xususan, 
mehribonlik 
tuyg‗usini 
shakllantirishda  oila  muhitida  qo‗llanilishi  mumkin  bo‗lgan  progressiv 
an‘analardan samarali foydalanish benihoya katta ahamiyatga ega ekanligini tajriba 
tasdiqladi.  

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish