Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi


AQShning Smit-Mund qonuniga muvofiq ―Ozodlik‖ radiosiga



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/169
Sana20.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#393067
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169
Bog'liq
UMUMIY O‗RTA TA‘LIM MUASSASALARI YOSHLAR YETAKCHILARI MALAKA OSHIRISH KURSINING YETAKCHI FAOLIYATINI

AQShning Smit-Mund qonuniga muvofiq ―Ozodlik‖ radiosiga 
amerika  fuqarolari  uchun  eshittirishlar  olib  borish  taqiqlangan.
  Mutaxassislar  buni  AQSh 
hukumatining  mamlakat  fuqarolarini  o`zining  tashviqotlaridan  asrash  uchun  qilingan,  deb 
baholashadi. 
Faoliyatining  salbiy  jihatlarini  hisobga  olib  bir  qator  davlatlarda,  jumladan  Belorussiya, 
Eron,  Tojikiston,  Turkmaniston  davlatlarida  bu  radiostansiyaning  eshittirishlari  taqiqlangan. 
Bunga   qaramasdan radio o`z dasturlari, eshittirishilarini turli yo`llar, xususan internet orqali bu 
mintqalarga etkazishga harakat qilmoqda. 
Sovuq  urush  tugagan  bo`lsada,  ushbu  OAVlar  faoliyati  tugatilmadi,  balki  ularning 
tashkilotchilari,  ularni  moliyalashtirib  turgan  davlatlar,  xizmatlarning  boshqa  geosiyosiy 


135 
 
maqsadlariga  yo`naltirildi.  Ular  bugungi  kunda  ma`lum  bir  davlatlarga  ta`sir  qilish  uchun  bir 
taraflama, noxolis axborot tarqatishda, o`z usullarini takomillashtirishda davom etmoqda. 
Hozirda  Rossiya  federasiyasi  va  ayrim  g`arb  davlatlari  o`rtasida  ―sovuq  urush‖ 
davridagidan  qolishmaydigan  darajada  gibrid  urushning  tarkibiy  qismi  sifatida  axborot  urushi 
ketmoqda. 
Tahlillar  shuni  ko`rsatadiki,  yaqin  va  uzoq  davlatlarda  sodir  etilgan  davlat  to`ntarishlari 
(―rangli  inqiloblar‖,  ―arab  bahori‖)  bu  eng  avvalo  manfaatdor  kuchlar  tomonidan  g`arazli 
maqsadga yo`naltirilgan tarzda aholiga nisbatan amalga oshirilgan axborot ta`sirining oqibatidir. 
Respublikamizning  geosiyosiy,  geojug`rofiy  mavqei  yaqin  va  uzoq  kelajakda 
mamlakatimizga  nisbatan  axborot  urushi  susaytirilmaydi,  aksincha  faollashadi,  degan  xulosa 
chiqarishga olib kelmoqda. 
Mamlakatimizmuhimsiyosiytadbir-  Prezidentlikka  saylov  arafasidaturibdi.  Bu  jarayonda 
ayrim  kuchlar  tomonidan  axborot  xuruji  kuchaytiriladi,  chunki  saylov  jarayoni  vaziyatni 
beqarorlashtirish  uchun,  aholini  turli  guruhlarga  bo`lib  tashlab,  o`ziga  xos  ―boshqariladigan 
tartibsizlik‖ tashkil qilish uchun qulay fursat hisoblanadi. Bashoratchilikka da`vo qilish emas bu, 
biroq  shuni  aytish  mumkinki,  saylov  natijalari  bo`yicha  turli  shubha,  mish-mishlarni  tarqatish, 
saylov  jarayonining  qonuniy,  demokratik  tarzda  o`tganligini  shubha   ostiga  olish  ko`payadi. 
Basharti  shunday  bo`lsa  bu  haqiqiy  xalq  tanlovi  amalga  oshganidan,  axborot  xuruji 
tashkilotchilari xohlagan narsa ro`y bermaganidan dalolat beradi. Yaqin tarixda buni ko`p guvohi 
bo`lganmiz. 
Axborot  xurujlari  ta`siriga  eng  ko`p  beriladigan  aholi  qatlami  bu  yoshlardir.  Afsuski, 
axborot-kommunikasiya  texnologiyalarining  jadal  sur`atlar  bilan  rivojlanishi  axborot 
tahdidlarining  ham  kuchayishiga  olib  kelmoqda.  Internet  vositasida  ishlaydigan  dasturlar, 
ijtimoiy tarmoqlar orqali juda katta oqimda ma`lumotlar almashishi ro`y bermoqda. Ular asosan 
qiziqarli  voqealar,  gap-so`zlar,  shou-biznes,  sport  xabarlari,  yangiliklardan  iborat.  Biroq  hech 
kim  tashqi  kuchlar  tomonidan  ijtimoiy  tarmoqlar,  messenjerlardan  o`z  maqsadi  yo`lida 
foydalanmaydi,  deb  kafolat  bera  olmaydi.  Misol  uchun,  Telegram  messendjerida  ba`zi  bir 
guruhlarning ishtirokchilari soni 50 000 dan oshadi. Shunday guruhlar borki, unda asosan fahsh 
fotorasmlar,  video  lavhalar  joylashtirilmoqda.  Bu  ma`naviyati,  madaniyatida  qusr  bo`lgan 
shaxslarni  o`ziga  jalb  qilish  uchundir.  Aynan  shunday  toifa  kishilar  o`zlariga  javob  berisha 
olmaydi.  Keyinchalik  bunday  kanallarda  siyosiy  mavzuga  taalluqli  ma`lumotlar  tarqatilishi  va 
guruh  a`zolarining  fikrini  o`zgartirishga,  ma`lum  bir  yo`nalishga  solishga  harakat  qilinishi 
mumkin. 
Respublikamizning  birinchi  prezidenti  muhtaram  Islom  Karimov  ―...bugungi  zamonda 
mafkura poligonlari  yadro poligonlaridan ham  ko`proq kuchga ega‖ ekanligini ta`kidlagan edi. 
Mafkura poligonlarida kuchlar nisbati esa axborot, axborot xuruji vositasida hal etilmoqda. 
Mamlakatimizga  nisbatan  qilinayotgan  axborot  xurujlariga  qarshi  kurashda  ba`zan  ―It 
huradi,  karvon  o`tadi‖  qabilida  ishlash  o`rinlidek  ko`rinadi.  Biroq,  fikrimcha  axborot  xurujlari 
kimlar, qaysi  tuzilmalar  tomonidan, nima maqsadda tashkil qilinayotganligi  ma`lum bo`lganda, 
ularga qarshi kurashda eng yaxshi himoya hujum ekanligidan kelib chiqishimiz kerak. 
Axborot  xurujlariga  qarshi  kurashda  kurashning  tizimli  bo`lishligi,  uning  zarur  huquqiy 
bazasi  shakllantirilganligi  o`ta  muhim.  Shu  bois  axborot  xavfsizligini  ta`minlashga  qaratilgan 
alohida qonun hujjati qabul qilish masalasi ko`rib chiqilishi kerak. 
Shu bilan birga, bunday xurujlarga qarshi kurashda quyidagilar muhim: 
1.  Axborot  makonini  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  islohotlar,  o`zgarishlar, 
aholining  qiziqishi  yuqori  bo`lgan  masalalar  haqidagi  ob`ektiv  va  pozitiv  axborot  bilan  doimiy 
ravishda to`ldirib borish. 
2.  Fuqarolarimizda  internetdan  foydalanish  madaniyatini  shakllantirishga  qaratilgan 
kompleks  choralar  ko`rilishi  kerak.  Xususan  yoshlarimizni  tafakkur  qilishga,  har  qanday 
axborotni tahlil qilib so`ng xulosa chiqarishga o`rgatishimiz zarur. 


136 
 
3.  Mamlakatimiz,  davlat  apparati,  rahbarlar  haqida  noto`g`ri  ma`lumotlar,  tuhmat, 
uydirmalar,  buzilgan  axborot  tarqatuvchi  har  qanday  axborot  vositalari  faoliyatiga  qonun 
doirasida chek qo`yish. 
4.  Aholiga  chet  ellarda  turib  mamlakatimiz  to`g`risida  noto`g`ri,  bir  taraflama  axborot 
tarqatuvchi axborot vositalari, shaxslarning asl qiyofasini ochib beruvchi axborotni etkazish. 
5.  Milliy  g`oya,  mafkura,  ma`naviyat  tushunchalari,  shu  jumladan  fuqarolarimizning 
vatanparvarligi  axborot  xurujlariga  qarshi  muhim  omillardir.  Bu  yo`nalishda  amalga 
oshirayotgan ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish 
6.  ―Beshinchi  kolonna‖ni  aniqlash  va  ularga  nisbatan  tegishli  choralarni  ko`rish  tizimli 
tarzda davom ettirilishi kerak. Chunki aynan ―beshinchi kolonna‖ tashqi kuchlarning buzg`unchi 
g`oya, axborotlarini tarqatishda vositachi vazifasini bajaradi. 
Bir so`z bilan aytganda, biz axborot xurujlariga qarshi yangicha fikrlashimiz, ishlashimiz 
darkor.  Bunda  tinchlik  va  barqarorlikni  ta`minlash,o`z  xalqining  xotirjam  va  farovon  hayoti 
uchun  yonib  yashagan  muhtaram  I.Karimovning  quyidagi  so`zlarini  yodda  tutishimiz  kerak: 
―Hammamizga ayon bo`lishi kerakki, ―axborot asri‖ deb nom olgan XXI asrda hech qaysi davlat 
yoki  jamiyat  o`zini temir devor bilan o`rab  yashay  olmaydi.  Ayni  paytda, ahvol  shunday  ekan, 
deb qo`l qovushtirib o`tirish ham to`g`ri kelmaydi, bunday tahdidlarga javoban, biz ham, sodda 
bo`lmasdan, zarur chora-tadbirlarni ko`rishimiz kerak‖ 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish