Qayta tayyorlash fakulteti farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun



Download 3,32 Mb.
bet8/92
Sana01.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#723365
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Bog'liq
Патология УМК TOGRI (8) 2

Kasallikning kechishi va oqibatlari
Har bir kasallik asosan o’ziga xos klinik kechishga ega va bu har bir odamning, patogen omilning tabiati, ta'sir etish xususiyatlari bilan bog’liq. Umuman, ekzogenomillar - patogen qo’zg’atuvchining xususiyatlari, kuchi, ta'sir etish davomli lishga va h.k., endogen omillar esa irsiy moyillik, yosh, jins, kasallikdan oldingi holat va boshqalarga bog’liq bo’ladi. Ammo, shunga qaramay, kasallik rivojlanishida shartli ravishda quyidagi umumiy davrlarni farq qilish mumkin:
Kasallik davrlari

  1. Latent yoki yashirin davr - patogen qo’zg’atuvchi organizmga tushib, o’z ta'sirini ko’rsatishi, ya'ni kasallikning dastlabki alomatlari paydo bo’lgunicha o’tgan vaqt oraliqi. Yashirin davr bir necha sekund va daqiqadan (masalan, mexanikjarohatlanish, o’tkirzaharlanishvah.k.) tortib, birnechakun, hafta, oylar, yilvahattoo’nyillab (ba'ziirsiy, yuqumli, moddalar almashinuvi buzilishidan bo’ladigan kasalliklar v aboshqalar) davom etishi mumkin.

Yashirin davrning muddati patogen qo’zg’atuvchining kuchiga va organizmning qarshilik ko’rsatish xususiyatlariga bog’liq. Patogen qo’zg’atuvchining kuchi organizmning qarshilik qilish xususiyatlaridan ustunlik qilsa, yashirin davr qisqa bo’lishi, aks holda u uzoq davometishi mumkin. Ba'zi mualliflar yashiriindavrni ikkiga ajratadilar. Yashirin davr faqat kasallikning namoyon bo’lishidan oldin boshlanibgina qolmay, balki mavjud kasallikning avj olishida oraliq davr sifatida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, bezgak kasalligining har galgi huruji orasida yashirin davr kuzatiladi, bu qonda parazitlar - tekinxo’r kasal qo’zg’atuvchilarning rivojlanishi, ko’payishi va o’z patogen ta'sirlarini namoyon qilishi uchun zarur vaqtdir.
10«Latent»so’zi amaliy tibbiyotda boshqa ma'noda ham ishlatiladi, bunda bu alohida kasalliklarning klinik kyechishini, xususiyatlarini belgilash uchun ishlatiladi. Bunday holda kasallik klinik alomatlarsiz kechadi va faqat kasal organizmida anchagina jiddiy patologik o’zgarishlar sodir bo’lgandagina namoyon bo’ladi. Masalan, sil kasalligining, oshqozon va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligining latent davri.
Latent davrning asosiy mohiyati shundaki, bu vaqtda endi rivojlanayotgan kasallikning tashqi ko’rinishlari, sub'ektiv va obektiv alomatlari hali yuzaga chiqmaydi va oddiy tekshirishlar orqali aniqlanmaydi. Ammo qator hollarda zamoiaviy nozik tadqiqot usullarini qo’llab kasallikni ushbu davrda ham aniqlashga muvaffaq bo’lish mumkin, bu esa kasallikni samarali davolash va ayniqsa davolanmasdan oldini olish (profilaktika) uchun muhim ahamiyatga ega.
Prodromal davr (grekcha - prodroma - kasallik nishonasi, darakchisi) kasallikning birinchi alomatlari yuzaga kelganidan boshlab, to uning hamma asosiy klinik simptomlari to’la namoyon bo’lgunicha - rivojlangunicha o’tadigan muddat. Bu davrda har bir kasalikka xos yoki spetsifik klinik simptomlar, xususiyatlar emas, balki istalgan kasalliklarga, ya'ni organizmning kasalga duchor bo’lganligidan darak beruvchi alomatlar paydo bo’ladi. Masalan, umumiy ahvolning sustlashishi («maza qochishi»), isitmalash, jismoniy faollikning pasayishi. turli noxushliklar va h.k. shunga kiradi. Ularni o’z vaqtida payqab, kasallikni boshlang’ich simptomlarini aniqlash nihoyatda muhim ahamiyatga ega.
Kasallikning klinik simptomlari yaqqol ko’ringan - avj olgan davri - kasallikning dastlabki alomatlari yuzaga kelgandan boshlab, uning hamma klinik, shu jumladan, har bir kasallikning o’ziga xos simptomlarining ham to’la rivojlangunicha o’tgan davr. Kasallikning bu davrida uning aniq diagnozini - tashxisini qo’yishga muvaffaq bo’linadi. Ammo har xil, ayniqsa qo’shimcha omillarning ta'siri tufayli, masalan (kasallikning uncha bilinmaydigan shakllari, kasalning yoshi, jinsi, r eaktivligi xususiyatlari) uyda o’z-o’zini davolash va h.k. sababli hamma vaqt ham buning imkoni bo’lavermaydi.
Kasallik rivojlanishining ikkinchi qismi
Organizm hujayralari, to’qimalari, organlari va sistemalarining shikastlanishi kasalda har xil reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Reaktivlik har qanday tirik organizm uchun xosdir. Reaktivlik - yaxlit orgaiizmning va shuningdek, uning organlari va hujayralarini muhit ta'sirida hayot faoliyatini o’zgartirib javob berish qobiliyatidir. Reaktivlik tirik organizmning moddalar almashinuvi, o’sishi, ko’payishi kabi muhim xususiyatidir. Inson va hayvonlarda kuzatiladigan reaktivlikning har xil o’zgarishlari asosan himoya-moslashuv xarakteriga ega, boshqa cha qilib aytganda, reaktivlik - muhitning zararli ta'sirlariga organizmning chidamlilik-bardoshliligining (rezistentlikning) umumiy mexanizmidir.Filogenezda yuzaga kelgan reaktivlik har xil turlarining rivojlanish qonuniyatlari, qisqartirilgan shaklda ontogenezda o’z ifodasini topadi: tolerantlik - barqarorlik - reaktivlikning passiv shakli sifatida, fagotsitar reaktsiya, gumoral immunitet, allergiya shular jumlasidandir.
Kasallikning oqibatlari patogen qo’zg’atuvchining kuchi bilan organizm qarshilik qilish qobiliyatining o’zaro nisbatiga bog’liq. Kasallikni quyidagi oqibatlari kuzatiladi:
Sog’ayish (u ham har xil, to’la, chala, asoratli va h.k. bo’lishi mumkin). Retsidiv (lotincha gesidivo

  • qaytalanish, yangidan boshlanish) O’tkir turdan surunkali holat - shaklga o’tish.

Organizmning sog’ayishi va mexanizmi Sog’ayish - bu ham nihoyatda murakkab himoya, moslashuv, kompensator, tiklanish jarasnlarining majmui bo’lib, ular organizmda kasallik bilan bir vaqtda tashqi muhit bilan organizm o’rtasidagi buzilgan aloqalarni bartaraf qilish, sog’liqni tiklash va muvozanatni sifat jihatidan yangi darajada xiklashga qaratiluandir. To’la va chala sog’ayishlar farq qilinadi.
To’la sog’ayishda kasallik natijasida organizm a'zo va sistemalarida yuzaga kelgan struktur- funktsiyalar buzilishlarining qaytadan tiklanishiga erishiladi. Ammo, to’la tuzalish organizmni kasallik boshlanguncha bo’lgan dastlabki holatiga qaytish degan ma'noni anglatmaydi.
Sog’aygan organizm, unda kasallanishgacha bo’lmagan, sifat jihatidan farqlanuvchi ba'zi yangi xususiyatlariga ega bo’ladi. Masalan, qanday dir yuqumli kasallikdan tuzalgach kasallikning organizmda patogen omili (antigeni)-ga qarshi maxsus immune antitelolar paydo bo’ladi, neytrofillarning fagotsitar faolligi, ajratish jarayonlari kuchayadi. Shu tufayli xuddi avvalgi holatidagidek beshikast, kasallik boshlanishigacha bo’lgan dastlabki holat tiklanadi degan tushuncha noto’gridir. To’la sog’ayganda ham organizmda funktsiyalar va ularning idora etilishi qisman o’zgarishlarni saqlab qoladi. Shunday qilib, sog’ayish faol jarayon bo’lib, shikastlovchi omilning ta'siri boshlanishi bilan o’ziga xos o’zgarish - reaktsiyalar bilan namoyon bo’la boshlaydi. Ushbu yaxlit jarayonda organizm va uning turli tarkibiy qismlari bir butun holda ishtirok etadi. Sog’ayish birinchi navbatda patologik o’zgarishlarning ko’lamiga va organizmning qarshilik ko’rsatish qobiliyatiga bog’liq. Organizmning qarshilik ko’rsatish qobiliyati esa o’z navbatida organizmning fardiy yakka holligiga, yoshiga va boshqa ko’p omillarga bog’liqdir.
Organizmga patogen qo’zg’atuvchi ta'sir qilgandan so’ng himoya-moslashuv, kompensator, tiklanish jarayonlarining yuzaga kelish tezligi va barqarorligiga qarab, sog’ayishning quyidagi mexanizmlari farq qilinadi: 1) Shoshilinch (sekundlar, daqiqalarda sodir bo’luvchi), «avariyali» - falokat yuz berganda beqaror ishga tushuvchilar. 2) Nisbatan barqaror (kunlar, haftalar ichida) davom etishi mumkin bo’lganlar. 3) Uzoq muddatli (oylar, yillar), ancha mustahkam, ishonchli, nisbatan turg’un va barqaror mexanizmlar.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish