Qayta tayyorlash fakulteti farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun



Download 3,32 Mb.
bet16/92
Sana01.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#723365
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92
Bog'liq
Патология УМК TOGRI (8) 2

Staz mexanizmi. Mikrotomirlarda qon oqimini to’xtatuvchi asosiy omillar quyidagilar: Proagregantlar ta'sirida qon xujayralarining agregatsiya va agglyutinatsiyasi. Proagregantlarga adenozinfosfat,trom- boksan, prostaglandinlar, katexolaminlar, agglyutininlar kiradi. Proagregantlar ta'siri qon shaklli elementlarining adgeziyasi, agregatsiyasi va agglyutinatsiyasi bilan kechadi. Bu jarayonda hujayralar faolligi oshib, ulardan fiziologik faol moddalar bilan birga proagr egantlar ham ajralib chiqadi, ular esa agregatsiya hamda agglyutinatsiya jarayonini kuchaytirib, mayda qon tomirlarda qon oqishini sekinlashtiradi yoki to’xtatib qo’yadi.

  1. Yuzasida oqsil mitsellalari adsorbtsiyasi natijasida qon hujayralarining agregatsiyasi.

Stazning turlari. Kelib chiqish sabablari va rivojlanish me-xanizmlariga qarab, stazning barcha turlarini 3 guruhga ajratadilar.
«Chin» staz. qon olib ketadigan tomirlarda qon oqimi qiyinlashishi va to’xtashi oqibatida kelib chiqadi. Birlamchi stazning shakllanishi qon hujayralarining faollashuvi va agregatsiyasi, tomir devoriga adgeziyasidan boshlanadi. Ishemik staz. qon oqib kelishi kamayishi, sekinlashishi vato’xtashi oqibatida kelib chiqadi.Venoz dimlanish stazi. Bunday staz biron-bir sabab ta'sirida vena qoni oqib ketishi qiyinlashnshidan kelib chiqadi.
Venoz stazni quyidagi sabablar keltirib chiqarishi mumkin; qonning quyuqlashishi, uning fizik- kimyoviy xususiyatlari o’zgarishi, qon hujayralarining shikastlanishi (masalan, gipoksiyada) oqibatida faollashuvi va proagregantlar ishlabchiqarilishina-tijasida agregatsiya va adgeziya rivojlanishi. Stazning birinchi turini birlamchi, holgan ikki turini ikkilamchi staz deyiladi.
Staz belgilari. Stazning tashqi belgilari ko’pincha venoz dimlanish yoki ishemiya belgilari bilan yashiringan bo’ladi.
To’qimalar mikroskop ostida qaralganda, kapillyalarning bir qancha kengayganligi (venoz dimlanish stazida) yoki torayganligi (ishemik stazda) ko’zga tashlanadi. Kapillyarlarda eritrotsitlarning va boshqa qon hujayralarining harakatsiz agregatlarini, mikro qon quyilishi va to’qima shishi (venoz dimlanish stazi) belgilarini ko’rish mumkin.
Tromboz - bu tomir ichida qon tarkibiy qismlari (elementlari) dan tashkil topgan qon laxtasi hosilbo’lishidir (ivib qolishi). Qon laxtasi tomir ichki devoriga va tomir kavagiga o’rnashib qoladi. Trombozning birinchi turi ko’pincha yurakda va magistral tomirlar o’zanida hosilbo’ladi, ikkinchi turi esa mayda arteriya va venalarda hosilbo’ladi. Tromb tarkibida qaysi elementlar ko’proq uchrashiga qarab, uni 3 xil turga ajratiladi: oq, qizil va aralash turlari.
Tromblarning ko’proq vena tomirlarida uchrashi tromb hosilbo’lishida qon oqimining sekinlashuvini, tromboz rivojlanishidagi rolini ko’rsatuvchi dalil hisoblanadi.
Qon ning ivishi va unga qarshilik ko’rsatuvchi omillar faolligining buzilishi qon tarkibining o’zgarishi va qon tomir devoridagi o’zgarishlarga bog’liq. Chunonchi, qon ivishini kuchaytiruvchi prokoagulyantlar (masalan,faol tromboplastin) hosilbo’lishining kuchayishi va ayni vaqtda unga to’sqinlik qiluvchi sistemalar faoliyatining susayishi (masalan, qon da antikoagulyantlar miqdori kamayib, ularni ingibitsiya qiluvchilar faoliyati ortishi) odatda tromb hosilbo’lishiga olib keladi. Boshlang’ich davrda to’qimalar va qon dagi passiv tromboplastin faol tromboplastinga aylanadi. Ikkinchi davrda faol trombin hosilbo’ladi. Uchinchi davrda esa trombin ta'sirida fibrinogen fibringa aylanib, qon quyqasi hosilbo’lishi kuzatiladi. Fibrin trombning asosiy massasini tashkil etadi.
Oq tromb trombotsitlar, leykotsitlar va kam miqdordagi oqsildan tashkil topgan. qizil tromb asosan fibrin iplari bilan birikkan eritrotsitlardan tashkil topadi. Aralash tromblarda esa, oq va qizil qavatlar almashib joylashadi.
Chunonchi, qon ivishini kuchaytiruvchi prokoagulyantlar (masalan,faol tromboplastin) hosilbo’lishining kuchayishi va ayni vaqtda unga to’sqinlik qiluvchi sistemalar faoliyatining susayishi (masalan, qon da antikoagulyantlar miqdori kamayib, ularni ingibitsiya qiluvchilar faoliyati ortishi) odatda tromb hosilbo’lishiga olib keladi. Normada tomir ichki devorida Z-potentsial bo’lishi tromb hosilbo’lishining oldini oladi. Z-potentsial tomir devorida manfiy zaryad hosilqiladi, shuning uchun ham manfiy zaryadga ega bo’lgan qon ning shaklli elementlari (eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar) endoteliyga yopishmaydi. Bundan tashqari, endoteliy hujayralari trombotsitlar agregatsiyasiga to’sqinlik qiluvchi prostatsiklinlar ishlab chiqaradilar.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish