я. Stazning tashqi belgilari ko’pincha venoz dimlanish yoki ishemiya belgilari bilan yashiringan bo’ladi.
To’qimalar mikroskop ostida qaralganda, kapillyalarning bir qancha kengayganligi (venoz dimlanish stazida) yoki torayganligi (ishemik stazda) ko’zga tashlanadi. Kapillyarlarda eritrotsitlarning va boshqa qon hujayralarining harakatsiz agregatlarini, mikro qon quyilishi va to’qima shishi (venoz dimlanish stazi) belgilarini ko’rish mumkin.
Staz asoratlari. Stazning asoratlari har xil. Agar qon da va tomir devorida chuqur o’zgarishlar bo’lmagan bo’lsa va stazni keltirib chiqargan sabablar yo’qotilsa shikastlangan joyda qon aylanishi tiklanadi. Agar tomirlarning shikastlanishi va eritrotsitlar agregatsiyasi kuchli bo’lsa, jarayon orqaga qaytmaydi va to’qima halok bo’ladi.
Staz mexanizmi. Mikrotomirlarda qon oqimini to’xtatuvchi asosiy omillar quyidagilar: Proagregantlar ta'sirida qon xujayralarining agregatsiya va agglyutinatsiyasi. Proagregantlarga adenozinfosfat,trom-boksan, prostaglandinlar, katexolaminlar, agglyutininlar kiradi. Proagregantlar ta'siri qon shaklli elementlarining adgeziyasi, agregatsiyasi va agglyutinatsiyasi bilan kechadi. Bu jarayonda hujayralar faolligi oshib, ulardan fiziologik faol moddalar bilan birga proagr egantlar ham ajralib chiqadi, ular esa agregatsiya hamda agglyutinatsiya jarayonini kuchaytirib, mayda qon tomirlarda qon oqishini sekinlashtiradi yoki to’xtatib qo’yadi.
Kaliy, kaltsiy, natriy, magniy va boshqa ionlar ta'sirida qon hujayralarining manfiy zaryadi o’zgarishi natijasida agregatsiya rivojlanishi. Ionlar miqdorining oshib ketishiga sabab ularning hujayralardan biron bir etiologik omil ta'sirida shikastlanish natijasida chiqishidir.
Venoz giperemiya
Venoz giperemiya a'zo yoki to’qimaning biror qismidan qon oqib ketishi qiyinlashishi oqibatida yuzaga keluvchi to’laqon lik.Venoz giperemiya sabablari quyidagilar:venaga tromb yoki embol tiqilib qolishi;vena tomirlarining (o’sma, chandiq, xomilador bachadon, boqlash) ezilishi, qisilib qolishi;yurak o’ng qorinchasi etishmovchiligida tananing pastki qismlarida qon oqimining sekinlashishi va to’planib qolishi; qiltomir devori o’tkazuvchanligining ortib ketishi natijasida filtratsiyaning kuchayishi (yallig’lanishda arteriya giperemiyasining vena giperemiyasigao’tishi, bakteriya toksinlari
kiritilganda); uzoq vaqt tik turib ishlaydiganlarda oyog’ venalarida qon to’planib qolishi; o’pka faoliyati, ayniqsa uning elastikligi zaiflashganda, ko’krak qafasining so’rib olish xususiyati susayishi natijasida katta qon aylanish doirasining vena tomirlarida qon dimlanishi.Vena giperemiyasi rivojlanish mexanizmida vena qon oqimiga mexanik to’siq paydo bo’lishi va qon oqimining laminarligi yo’qolishi rol o’ynaydi. Belgilari:
vena giperemiyasi yuz bergan to’qima yoki a'zoning venoz qon to’planishi va qonda karboksigemoglobin miqdori oshib ketishi tufayli ko’kimtir qizg’ish (tsianoz) tusga kirishi;
7.Qorin aortasi anevrizmasi Neyrogen mexanizm arteriola va prekapillyarlarga parasimpatikka nisbatan simpatoadrenal ta'sir ustun kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday holat simpatik neyroeffektor ta'sirotlarning kuchayishi, buyrak usti maqiz qismidan katexolaminlar ko’p chiqarilishi yoxud arteriolalar devori
2.4.rasm Qorin aortasi anevrizmasi adrenoreaktiv xususiyati oshib ketishi natijasi hisoblanadi.
Birinchisi - stress holatlarda kuzatilsa, ikkinchisi - arteriolalarni vazokonstriktor omillarga sensibilizatsiyasi oqibatida (tomir devorida natriy va kaltsiy ionlari ko’payganda) rivojlanadi. Tomir torayishining bunday mexanizmi «neyrotonik» mexanizm deyiladi.Qorin aortasi anevrizmasi mahalliy qon aylanishning buzilishlari natijasida kelib chiqadi
Yuqoridagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda vena giperemiyasida terapevtik muolajalarni uni keltirib chiqaruvchi sabablarni yo’qotishga va asosiy patogenetik omillari hisoblangan gipoksiya, shish, qon quyilishi va qon ketishining oldini olishga qaratish kera. Ishemiyadeb, to’qimagaarteriyadanqonoqibkelishipasayishiyokito’xtabqolishinatijasidayuzagakelganmaxalliykamqonlikkaaytiladi. Ishemiyada oqib kelayotgan qon mimustahtsori bilan unga bo’lgan talab o’rtasida mutanosiblik bo’lmaydi. Ishemiyaga uchragan to’qimaning qon bilan ta'minlanishiga bo’lgan emustahtiyoji haqiqatan oqib kelayotgan qon ga nisbatan yuqori bo’ladi.
Ishemiya sabablari. Ishemiyani keltirib chiqaruvchi sabablar har xil. Sabablarni kelib chiqishi va xarakteriga qarab, bir necha guruhga bo’lish mumkin:
1/Kelib chiqishiga ko’ra:
Ekzogen sabablar.
Endogen sabablar.
2/ Xarakteriga ko’ra:
Fizik omillar (past harorat, mexanik tatsirotlar);
Kimyoviy ta'sirotlar (nikotin, efedrin, mezaton);
Biologik omillar (biologik faol moddalar, masalan, katexolaminlar, angiotenzin II, prostaglandinlar, vazopressin va b.).
Do'stlaringiz bilan baham: |