Qayta tayyorlash fakulteti farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun



Download 3,32 Mb.
bet15/92
Sana01.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#723365
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92
Bog'liq
Патология УМК TOGRI (8) 2

2.5-rasm. Aortaning disseksiyasi
Ishemiyaning rivojlanish mexanizmi. Ishemiyaning patogenezi ancha murakkab. Bunda bir yoki bir necha mexanizmlar ta'sirida a'zo yoki to’qimaning qon bilan ta'minlanishga bo’lgan talabi qon dirilmaydi. Bunday sabablardan bir xillari asosan qon oqib kelishini kamaytirsa, boshqa lari qon orqali kelgan kislorod va modda almashinuvi mahsulotlarining ishlatilishini kuchaytiradi. Ishemiyaga uchragan soxada gipoksiya rivojlanadi. Natijada, ATF kam hosilbo’ladi, hujayrada esa uning zahirasi ko’p emas. Bu holatni kompensatsiyalash uchun ATF anaerob glikoliz yo’li bilan hosilbo’la boshlaydi. Natijada, oxirigacha oksidlanmagan moddalar (sut kislotasi, pirouzum kislota) ko’payib ketadi va rN kislotali tomonga siljiydi.Membranalarning transport funktsiyasi buziladi va bir vaqtning o’zida lizosomalar o’tkazuvchanligi ortib, gidrolitik fermentlar chiqadi. Bu o’zgarishlar hujayra membranasining Natriy va suvga nisbatan o’tkazuvchanligini oshiradi, fiziologik faol moddalar hosil bo’lishini oshiradi. Oqibatda, qiltomirlar o’tkazuvchanligi ortadi, qonning suyuq qismi tomirdan chiqadi, hujayralr shishadi, distrofiya va nekroz rivojlanadiNeyrogen mexanizm arteriola va prekapillyarlarga parasimpatikka nisbatan simpatoadrenal ta'sir ustun kelishi bilan xarakterlanadi. Bunday holat simpatik neyroeffektor ta'sirotlarning kuchayishi, buyrak usti maqiz qismidan katexolaminlar ko’p chiqarilishi yoxud arteriolalar devori adrenoreaktiv xususiyati oshib ketishi natijasi hisoblanadi. Birinchisi - stress holatlarda kuzatilsa, ikkinchisi - arteriolalarni vazokonstriktor omillarga sensibilizatsiyasi oqibatida (tomir devorida natriy va kaltsiy ionlari ko’payganda) rivojlanadi. Tomir torayishining bunday mexanizmi «neyrotonik» mexanizm deyiladi.Arteriolalarga parasimpatik effekt ta'sirot kamayganda yoki ularning xolinreaktivligi susayganda ham ishemiya rivojlanishi mumkin. Bunday ishemiyalar ichki a'zolar parasimpatik gangliyalari yallig’lanishida, mexanik shikastlanishda, o’sma rivojlanganda yoki nerv tugunlari olib tashlanganda rivojlanadi..Gumoral ishemiya rivojlanishida to’qimada arteriolalarni toraytiruvchi moddalar ko’payishi (angiotenzin II, vazopressin, prostaglandinlarning Еgruppasi, tromboksan A2, katexolaminlar) yoki tomir devorining ularga bo’lgan sezgirligi oshib ketishi (tomir devorida
№Q, SaQQ oshganda asosiy rol o’ynaydi.A'zo yoki to’qimaga qon oqib kelishining kamayishi qon oqimiga quyidagi to’sikdar bo’lganda rivojlanishi mumkin:tomirning qisilishi - kompressiya


2.6-rasm. Vena giperemiyasida qon aylanishning buzilishi
Ishemiyaning asoratlari har xil bo’lishi mumkin. Asoratlar quyidagi omillarga bog’liq:

, chandiq, shishgan to’qima, jgut);arteriolaning ichdan yopilishi - obturatsiya (tromb, embol, qon hujayralariningagregatibilan).Yuqoridagi mexanizmlardan tashqari, a'zo va to’qimalarda kislorodga va modda almashinuvi mahsulotlariga bo’lgan talabi me'yoridan oshib ketganda ham ishemiya rivojlanadi. Bunda aytilgan mahsulrtlarning ishlatilishi ularning qon orqali oqib k elishidan yuqori bo’ladi. Bunday holat ko’pincha a'zo yoki to’qimaning faoliyati kuchayganda yoki modda almashinuvi tezlashganda bo’ladi. Bunday ishemiyaga kuchli jismoniy ish bajarganda yoki emotsional o’riqishlarda rivojlanadigan miokard ishemiyasini misol qilib ko’rsatish mumkin. Emotsionad zo’riqishda ortiqcha ishlab chiqarilgan katexolaminlar ta'sirida yurak ishi kuchayib ketadi. Bunday sharoitda koronar arteriyalar orqali miokardga qon oqib kelishi ortadi. Lekin yurakning ishlashi bunga qaraganda ko’proq oshadi. Natijada,miokard ishemiyasi stenokardiya xurujlari ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ayrim hollarda ishemiyaga uchragan sohaning nekrozi, ya'ni miokard infarkti rivojlanadi.Qon aylanishning mahalliy buzilishlaridan aorta dissektsiyasi rivojlanishi mumkin.18-


Ishemiyaning belgilari. Ishemiyaning asosiy belgilari quyidagilar: arterial qon tomirlarning torayishi va qoning kam oqib kelishi tufayli ko’zga ko’ringan arteriya tomirlarining diametri va mikdori kamayishi; qon oqib kelishining kamayishi va modda almashinuvi- ning susayishi tufayli o’sha joy haroratining pasayishi va unda asta-sekin distrofiya, keyinchalik nekrotik o’zgarishlarning rivojlanishi; to’qimaning o’ziga xos rangini yo’qotib, dastlab oqarib, so’ngra boshqa tusga kirishi; ishemiyaga uchragan to’qima, a'zo, qism hajmining kichrayishi; o’qima, a'zo, keyinchalik esa sistemalar va deyarli butun organizm faoliyatining buzilishi (ayniqsa, MNS ishemiyasida bunday o’zgarishlar g’oyat tez va kuchli bo’lib, jiddiy tus oladi,parez va falajlar rivojlanadi); modda almashinuvining buzilishi natijasida chala oksidlangan oraliq moddalarning to’planishi ekstra va intraretsep torlarni betartib va kuchli qo’zg’alishga olib keladi va bu o’z navbatida «uvishib qolishi», «et jimirlashi», sanchiqli og’riqkabi turli noxush hissiyotlarga olib keladi. Ishemiyaning asoratlari. Ishemiyaning asosiy patogen omili bo’lib, gipoksiyaga va ishemiyaga uchragan sohada to’planib holgan modda almashinuvining keraksiz mahsulotlari, ionlar va biologik faol moddalar hisoblanadi.
1) yopilan yoki toraygan arteriyaning o’lchamiga bog’liq: arteriya qancha katta bo’lsa, asorati shuncha og’irroq bo’ladi; arteriyaning torayish tezligiga bog’liq. qon tomir sekin yopilsa a'zoning qon bilan ta'minlanishi anastomoz orqali tiklanishi mumkin; ishemiyaning davomiyligiga bog’liq; a'zo yoki to’qimaning kislorod tanqisligiga sezgirligiga bolimustah. hayot uchun muhim a'zolar (miya, yurak, buyraklar) qon bilan ta'minlanishning o’zgarishiga juda sezgirdir. Bunday a'zolar ishemiyasi organizmning o’limiga sabab bo’lishi mumkin; kollateral tomirlarning qay darajada rivojlanganligiga
bog’liq. Kollaterallar qancha ko’p va yaxshi hamda tez rivojlanish imkoniyatiga ega bo’lsa, to’qima, a'zoning strukturasi va faoliyatining buzilish xavfi shunchalik kam bo’ladi. Masalan, bosh miya,yurak, buyrak arteriya tomirlarining ishemiyasi, ularda kollaterallar etarli bo’lmaganligi sababli og’ir asoratlarga olib keladi.

  1. Staz - bu qon aylanishining mahalliy buzilishi bo’lib, qiltomir (kapillyar)larda, mayda arteriyalarda, venalarda qon oqimining to’xtashi bilan xarakterlanadi.

Stazning kelib chiqish sabablari:
Ishemiya.
Vena giperemiyasi.
Qon hujayralari agregatsiyasi va agglyutinatsiyasini chaqiruvchi omillar - proagregantlar.

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish