Qayta tayyorlash fakulteti farmakognoziya va dori vositalarini standartlash kafedrasi qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun



Download 3,32 Mb.
bet9/92
Sana01.07.2022
Hajmi3,32 Mb.
#723365
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Bog'liq
Патология УМК TOGRI (8) 2

Sog’ayishning shoshilinch himoya-moslashuv va kompensator mexanizmlariga:

  1. himoya reflekslari( ko’zni qisish, aksirish, yo’talish, qusish, ko’zdan yosh ajratish va h.k.);

  2. stress reaktsiyalari (buyrak usti bezidan adrenalin va glyukokortikoidlarning, gipofizdan ularni rag’batlantiruvchi gormonlarining ajratishi va h.k.);

v) eng muhim doimiy ko’rsatkichlar o’lchamini (konstantalarni) saqlashga qaratilgan reaktsiyalar (arterial qon bosim darajasi, qon , to’qimalar va biologik suyuqliklarda osmotik bosim, qon dagi qand miqdori va h.k.) kiradi.
Sog’ayishning iisbatan barqaror himoya-moslashuv va kompensator mexaiizmlari:

  1. shikastlangan va sog’lom organlarning zahira (rezerv) kuchlarining buzilgan funktsiyalarini tuzatish va tiklash uchun safarbar qilinishi. Masalan, sog’lom organizm hayot fa oliyatini me'yorida saqlash o’pkaning nafas sathini 20-25%, yurak mushaklarining qisqarish quvvatini 20%, buyrak koptokchalari faoliyatini 20-25%,jigarning parenximatoz elementlarini esa hech bo’lmasa 12-15% atrofida saqlab, ulardan maksimal darajada foydalanish, organlarning zahira imkoniyatlarining faol qatnashuvi sog’ayishga katta yordam beradi;

  2. ko’p sonli murakkab boshqa ruv (regulyator) yoki idora etuvchi sistema tuzilmalarining jalb qilinishi shular qatoriga kiradi (masalan, termoregulyatsiyaning yuqori darajaga o’zgarishi, leykotsitlar miqdorining ko’payishi - reaktiv leykotsitoz va h.k. misol bo’la oladi);

v) zaharli moddalarni neytrallash - zararsizlantirish jarayonlari (zaharli moddalarning to’qima hamda qon oqsillari bilan bog’lanishi, oksidlanishi, qaytarilishi, metillanishi va alkillanishi kabi turli yo’llar orqali neytrallanishi) sog’ayishning asosiy mexanizmlari bo’lib hisoblanadi;
g) biriktiruvchi to’qima, limfatik tugunlar, buyrakusti bezi, suyak ko’migi hamda makrofaglar tomonidan shikastlanish vaqtida yuzaga keluvchi reaktsiyalar ham muhim o’rin tutadi. Ayniqsa ularning jarohatlar, yallig’lanish va allergik reaktsiyalarning kyechishi va oqibatidagi ahamiyati katta.
Uzoq muddatli barqaror himoya-moslashuv va kompensator reaktsiyalar:

  1. kompensator gipertrofiya; b) reparativ regeneratsiya; v) immun reaktsiyalari (antitanalarning hosilbo’lishi va sensibillangan limfotsitlarning paydo bo’lishi); g) markaziy nerv sistemasining plastik reaktsiyalari (himoyaviy plastik funktsiyalar, muho faza qiluvchi tormozlanish, shartsiz va shartli reflekslar tarzida amalga oshuvchi reaktsiyalar va h.k.) shular qatoriga kiradi.

Retsidiv. Kasallikning klinik alomatlari bir muddat ichida yuzaga kelib, so’ngra yo’qolib yana qaytadan paydo bo’lishi mumkin, bunday holatga kasallik retsidivi, qaytalanishi deb ataladi.
Kasallikning qaytalanishi bemor organizmidan etiologik omilning to’la chetlatilmaganligi - bartaraf etilmaganligi yoki kasallikning patogenetik mexanizmlari to’la-tukis yuqotilmaganligidan guvohlik beradi. Kasallikning qaytalanishiga bemorning kasalxonaga kech yotqizilishi, noto’gri davolanishi, bemor tomonidan ovqatlanish (shu jumladan, gilovitaminozlar). davolash va boshqa tavsiyanomalar tartibining buzilishi sabab bo’lishi mumkin. Kasallik retsidivlari o’rtasidagi bemor ahvolining biroz bo’lsada, vaqtincha yaxshilanish davriga remissiya (lotincha - gemissio - kuchsizlanish, pasayish - kasallikka nisbatan) deyiladi.

  1. Etiologik omillarning organizmga ta'siri

Biologik etiologik omillarning ta'siri. Odamni o’rab turgan hayvonot va o’simlik olami ko’p sonli kasallik qo’zg’atuvchibiologik omillarni o’zida saqlab turadi. Ko’pgina o’simliklar va ularning mevalari odam uchun zaharli bo’lib chiqdi (zamburug’lar, bangidevona, qorakuya va b.). Ayrim o’simlik moddalari allergik tabiatga ega bo’lib, og’ir zaharlanishlar keltirib chiqaradi (bronxial astma, dermatit va b.). Shuningdek, hayvonot dunyosi vakillari (zaharli ilonlar, hasharotlar va b.), mahsulotlari odam uchun zaharli hisoblanadi.Patogen biologik omillarning eng katta guruhini mikroorganizmlar — bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, oddiy jonivorlar tashkil etadi. Ular organizmga tushib ko’payadi hamda unda turli xil patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi.Infektsion kasalliklar vujudga kelishida qo’zg’atuvchidan tashqari, ko’pincha boshqa biologik obektlar- tashuvchilar (pashshalar, iskabtoparlar, bitlar, kanalar va b.) ahamiyatga molik bo’ladi. Gijjalar odam organizmida ko’payib, uni o’zining parchalanish va hayot-faoliyati mahsulotlari bilan zaharlaydi. Bundan tashqari, gijjalar organizmning allergiyalanishiga olib keladi. Parazitlar (tekinxo’rlar) o’zlari og’ir patologik siljishlarga olib kelmasada, organizmga boshqa, birmuncha patogen qo’zg’atuvchilarning tushishiga imkon berishlari mumkin.
Odam terisida va shilliq pardalarida parazit holida yashaydigan mikroorganizmlar odatdagi sharoitlarda zarar etkazmaydi va saprofitlar deb ataladi. Biroq, to’qimalarning to’siq xossalari, organizmning umumiy va immunologik reaktivligi pasayganda saprofitlar patologik o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. O’simliklar va hayvonot mahsulotlari zaharli moddalarning. manbai bo’lgani holda davolash ta'sirini ko’rsatishi

Download 3,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish