2-tajriba. Yodni sublimatlash yo`li bilan tozalash
(Ish mo‘rili shkafda bajarilsin).
Yod ko‘pincha namlik va quyidagi moddalarni-yod (I) xloridi ICl, yod (I) bromidi IBr, yod (III) xloridi ICl3, va boshqalarni . tutadi. Ushbu aralashmalardan yodni tozalash uchun kaliy yodid va kalsiy oksid ishtirokida sublimatlanish o‘tkaziladi.
Tarozida 1 g kristall holdagi yodni, kaliy yodid va 0,5 g kalsiy oksidlarni oling. Barcha moddalarni chinni kosachaga soling va shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Kosachani 13 qismi sovuq suv bilan to‘ldirilgan konussimon kolba bilan yoping. Kosachani asbest setkaga qo‘ying va ehtiyotlik bilan qizdiring. Sublimatlangan yod kristallarini kolbaning tashqi devorlaridan shisha tayoqcha bilan sidirib oling va torting. Yodning foizdagi unumini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |