“qaysi faslni sevasiz


Unutmang, quyidagi javoblardan o‘zingizga ma’qulini tanlashingiz bilan hisobingizga bir balldan qo‘shib borishingiz zarur bo‘ladi



Download 0,57 Mb.
bet6/69
Sana15.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#366425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
2 5422577497474597212

Unutmang, quyidagi javoblardan o‘zingizga ma’qulini tanlashingiz bilan hisobingizga bir balldan qo‘shib borishingiz zarur bo‘ladi. 

1. Siz boyligi ko‘p bo‘la turib yanada ko‘proq davlat orttirishga intilayotgan kimsalarni sira tushuna olmaysiz. 

2. Do‘stlaringiz bilan restoran yoxud qahvaxonaga kirganingizda kimdir siz uchun ham pul to‘lashini istaysiz. 

3. Ishga borgandan ko‘ra televizor qarshisida o‘tirib kun o‘tkazishni ma’qul ko‘rasiz. 

4. Siz hozir o‘zligingizni izlash bilan bandsiz. 

5. Siz kompyuter o‘yinlarini juda yaxshi o‘zlashtirgansiz. 

6. Odatda ertalab soat to‘qqiz-o‘nlarda uyqudan uyg‘onasiz. 

7. Sizning kiyimlaringizni yaqinlaringizdan kimdir yuvib, dazmollab beradi. 

8. Dam olish kunlari umuman uydan chiqishni istamaysiz. 

9. Sevimli taomlaringiz pivo, non, yarim fabrikatlardan iborat, xolos. 

10. Siz o‘zingizni juda band qilib ko‘rsatishga juda ustasiz. 

11. Qachonlardir sizning ham telefon yoki chirog‘ingizni xizmat haqi vaqtida to‘lanmagani uchun uzib ketishgan. 

12. Garchi arzirli bahonangiz bo‘lmasa-da, uchrashuvlarga doim kechikib borasiz. 

13. Siz bu testni yechishga qiynalayapsiz va tezroq tamom bo‘lishini kutayapsiz. 

14. O‘z vaqtida ishdan yoki o‘qishdan haydalib ketgan paytlaringiz bo‘lgan. 

15. Siz bu testni aslida boshqa ish bilan band bo‘lishingiz zarur bo‘lgan mahalda yechmoqdasiz. 

NATIJALAR: 

3 va undan kam ball. 

Siz dunyo iqtisodi yelkasiga ortilgan odamlar xilidansiz. Chunki, oila va bola-chaqani unutmagan holda, halol mehnat qilasiz. Osmondan ko‘proq yulduz uzib olishga intilmasdan, tinchgina o‘z ishingizni bajarasiz va maqsad sari jimgina intilaverasiz. To‘g‘ri, ba’zan boshqalar ko‘ziga zamondan orqada qolgandek ko‘rinasiz. Lekin bilingki, umrni sarhisob qilish payti yetganda, siz yashab o‘tgan hayotingiz uchun sira afsus chekmaysiz. 

4-7 ball. 

Sizga dangasa degan tamg‘ani bosib bo‘lmaydi. Ammo ishchanligingizda ham aniq natijalar ko‘zga tashlanmaydi. Faqat ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan g‘oyalar o‘ylab topishga ustasiz. Xayolan doimo yettinchi osmonda parvoz qilasiz, osmonu falakda hashamatli qasrlar bunyod etasiz. Xudo ko‘rsatmasin, hozirgi hayotingizda biror ishga qo‘l ursangiz bormi, tamom, hammayoqning to‘s-to‘poloni chiqadi. Ko‘pchilik sizni hayotga moslasha olmaydigan ahmoq deb bilishadi. Bir jihatdan olib qaraganda, bu ta’rif dunyodagi ko‘plab buyuklarga xosdir. Lekin ikkinchi jihatdan, buyuklar hech qachon yolg‘izlikka dushman bo‘lishmaydi. Mayli, bu yog‘i o‘zingizga va taqdiringizga bog‘liq. Agar baxtingiz kulsa, kelgusida boyib ketishingiz yoki katta bir korxonaga rahbar etib tayinlanishingiz ham ehtimoldan xoli emas. 

8-11 ball. 

Siz dushanbadan boshlab butkul o‘zgarishga intiladiganlar, ammo haftaning o‘rtasiga borib tag‘in ilgarigi dangasalik domiga qaytadiganlar xilidansiz. Yana o‘zingizning eski xayollaringiz asiriga aylanasiz. Kim bilsin, balki bolalikdan bu qon-qoningizga singib ketgandir? Balki qachonlardir og‘irroq ishga qo‘l urib uddalay olmagach, faol yashashdan bezib qolgandirsiz. O‘zingizni bo‘sh qo‘yib, aniq bir maqsad sari olg‘a borishga harakat qilib ko‘ring. Nima bo‘lganda ham, hayotingizda yuzaga kelgan va kelayotgan barcha muammolarni o‘zingiz keltirib chiqargansiz. 

12 va undan ortiq ball. 

Siz, zamonaviy til bilan aytganda, professional darajadagi dangasalardansiz. Ishlashni, harakat qilishni qasdma-qasdiga istamaysiz. Kimga achchiq qilayotganingizni esa, hatto o‘zingiz ham bilmaysiz. Qaerdadir ishlaysizmi, ishlamaysizmi, baribir faoliyat yuritishdan qochishga hamisha bahona topa olasiz. Yoki bo‘lmasa, o‘zingiz amalga oshirishingiz lozim bo‘lgan yumushlarni osongina boshqalar zimmasiga yuklab qo‘ya bilasiz. 

Shuning uchun siz bilan bir safda turib ishlaydigan, yashaydiganlarga havas qilishning sira hojati yo‘q. Ular sizning majburiyatlaringizni zimmalarida olib yurganlari yetmagandek, yana arz-dodlaringiz, bo‘lar-bo‘lmas tanqidlaringizni ham eshitishga majburdirlar. Sizni kimdir qattiq haqorat qilsa yoxud duch kelgan yeringizga musht tushirib qolsa, sira hayron bo‘lmang. Barchasiga o‘zingiz sababchisiz. Mabodo o‘zgarishni xohlayotgan bo‘lsangiz, sizga maslahatimiz shuki, eski fe’l-atvorlardan butkul voz kechib, hayotda faollikni qo‘ldan bermay kelayotgan tanish-bilishlaringizga ergashing.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish