“G” javob uchun.
Siz haddan ziyod yoz issiqlari uchun dunyoga kelgansiz. Kuz ham, qish ham, bahor ham xavfli dushmaningiz. Bu fasllarda qo‘lingizdan keladigan, sevib shug‘ullanadigan ikkita mashg‘ulotingiz bor. U ham bo‘lsa, to‘yib uxlash va ko‘p-ko‘p ovqat yeyish. Yo‘q, bu dangasalik emas. Shunchaki, sizning bir jihatingiz: xolos.
SIZ DANGASAMISIZ?..
Har birimizni, ayniqsa, maktabda o‘qib yurgan paytlarimizda muallimlar dangasadan olib, dangasaga solishardi. Chunki, darslarni vaqtida tayyorlamasdik, jamoat ishlaridan o‘zimizni olib qochishga urinardik. Hayot esa butkul boshqa ekan. Agar shunda ham dangasalik qiladigan bo‘lsangiz, o‘zingizga ziyon yetkazib qo‘yishingiz mumkin. Tirikchilikning mazasi qochib, ahvolingiz og‘irlashib qolishi muqarrar. Qani, ushbu test yordamida o‘zingizni tekshirib ko‘ring-chi! Bu yerdagi javoblarni to‘g‘ri, haqqoniy tanlasangiz, ishonaveringki, aslida kim ekaningizni aniq bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |