Usmon: Ustoz mana shu spektaklni ko’rganimdan so’ng, men Monolog she’rimni yozdim.
Barchasi: qani eshitaylik.
Usmon: bosh ustiga.
Sevgi sening shirin tilingdan
Kim o’pmagan kim tishlamagan
Darding yoyday tilib ko’ksidan
Kim qalbidan qonlar to’kmagan
Seni yaxshi bilaman go’zal
Petrarkani o’qiganim bor
Buyuk Rimning Sapfosi azal
Xayolimni oshiqday tortar.
Balki Gamlet oydin tunlarda
Ofeliyani erkalatardi
Balki uzun sochini silab
Azongacha ertak aytardi.
Mumkin emas ey oliyjanob
Necha yurakni aylab xarob
Shohona toj kiygan muhabbat
Mumkin emas qanday qabohat.
Ki, odamning o’ziniginamas
Hissini ham xarob qilsa davr!
Qiynalaman! Yuragimda hovur
Bu qarshilik! Yo’q! Gina emas.
Bu qarshilik! Ko’ring tarixni
Umr tepasida musht tuygan
Qiynalaman vijdon bilan man
Mumkin emas, qarshi turmasdan!
O’z zimmamga katta ish oldim:
Ehtimolki, tamom qilmasdan
Umrim tugar. Ammo, bo’lmaydi
Ko’nglim o’rniga hech tushmaydi
Senga qarshi bosh ko’tarmasdan
Asrlarni yig’latgan sevgi!!!
Barchasi: barakalla!
G’ulom Zafariy: Usmonxon, sendan umidimiz cheksiz, uka. Mana shu nodir, tug’ma she’riy qobiliyating, she’riyatimiz rivojiga ulkan hissa qo’shishiga mana men kafilman.
Usmon: tashakkur ustoz. Mana shu fikrlaringiz uchun har qancha minnatdor bo’lsam, shuncha oz. Axir sizlar meni ustozlarim, sizlar meni sharafimsizlar. Ustozlarim, kecha qo’y so’yganmiz. Bugun hamma taomimiz kavkazcha bo’ladi. Birinchisiga armancha sho’rva. Ikkinchisiga
Elbek: kavkaz kabobi.
Qodiriy: Usmon, bu o’zimizning o’zbekcha palov ham bo’ladimi?
Usmon : albatta ustoz. Mana sabzilar to’g’ralmoqda.
Cho’lpon: Bir shov-shuvni eshitdinglarmu?
Qodiriy: nima ekan?
Cho’lpon: Butun Moskva Usmon haqida yozmoqda. Moskvada adabiyot uyushmasida, Pushkinga bag’ishlangan kechada Usmon o’zbekning kimligini ko’rsatib qo’yibdi. U yerda butun Sovet ittifoqidan shoirlar, yozuvchilar va tanqidchilar yig’ilgan. Kechani shoir Bezemenskiy olib borgan. U Pushkinning bir tarjimasini Shiller asaridan deb parchani o’qigan. Shunda Usmon rus tilida “kechirasiz, bu misralar Gyotedan tarjima qilingan” deb uni to’xtatgan. Hamma hayron qolgan. Bezemenskiy Usmondan Gyoteni she’rlaridan so’ragan. Usmon esa xuddi aktyorlardek Gyote she’rlarini yoddan aytib bergan. Butun MOskva gazetlari Usmon Nosir haqida “Sharqning Pushkini paydo bo’libdi “ deb yoritibdi. Lekin Usmonning mana shundayligi, millatini ardoqlagani, vatanini sevgani, u yerdagilarga yoqqan deb o’ylaysilarmi? U o’zini mana shu iste’dodi bilan o’ziga qanchadan-qancha g’animlar orttirgan bo’lsa ne ajab? Bu yerda ba’zi birovlar bizlarni bosh ko’tarishimizni yoqtirmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |