Qashqadaryo viloyatining tarixi va tabiati. Qashqadaryo viloyati



Download 37,25 Kb.
bet1/4
Sana03.07.2022
Hajmi37,25 Kb.
#737670
  1   2   3   4
Bog'liq
QASHQADARYO VILOYATI


MAVZU: QASHQADARYO VILOYATI
REJA:

  1. Qashqadaryo viloyatining tarixi va tabiati.

  2. Qashqadaryo viloyatining turizmi va iqtisodiyoti.

  3. Qashqadaryo viloyati raqamlarda.




  1. QASHQADARYO VILOYATINING TARIXI VA TABIATI.


QASHQADARYO VILOYATI — O’zbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1920-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida joylashgan. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3,225,800 kishidan ziyod (2020-yilda 3-o’rin tumani ). Viloyat hokimi Murotjon Azimov (2021-yil 18-noyabrdan). Tarkibida 14 tuman (Qarshi, Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’, Qamashi, G’uzor, Ko’kdala), 12 shahar ( Qarshi, Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabog’, Yangi Nishon, Qamashi, G’uzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor, Dehqonobod, Eski Yakkabog’, Pomuq) 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor.
TARIXI - Vohada miloddan avvalgi 10-8-asrlar, jez va temir asrlarga oid Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon yodgorliklari topiddi. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Kesh, Naxshab shahrilari paydo boʻlib rivojlangan. qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan. Miloddan avvalgi 329-yilda Aleksandr Makedoniyalik qoʻshinlari Navtaka (Qashqadaryo) viloyatini bosib olgan. Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan Spitamen qoʻzgʻolonining markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda Qashqadaryo vohasi Salavkiylar, undan keyin Yunon Baqgriya davlati tarkibiga kirdi. 468-yilda kushonlar avlodidan boʻlgan koʻchmanchi chorvador toxarlar Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxshabni oʻzlariga vaqtincha qarorgoh qilib turdilar. Qashqadaryoda 7-8-asrlarda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha-yillar davomida Sugʻd Kesh podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi Shasheppi (Shishpar) davrida zarb qilingan tanga pulda „Ixshid Shishpar“ degan yozuv boʻlgan. Arablar qoʻshini 700-yilda ilk bor Qashqadaryoga bostirib kelib, Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qishloqlarni qoʻlga kiritdilar. Qutayba ibn Muslim 710-yilda Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo, Qarshi, Kesh va Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi. Kesh asosiy markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. 9- 10-asrlarda Qashqadaryoda iqtisodiyijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana rivojlandi. Kesh „Qubbat ulilm val adab“ nomiga sazovor boʻldi. Moʻgʻul bosqinchilari 1220-yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, Kesh, Gʻuzor shahrilari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka oʻtgandan soʻnggina (14-asrda) Kepakxon (1318-26) qurdirgan saroy yaqinida yangi shahar — Qarshi shahri ga asos solindi. 14-15-asrlarda Temur va Ulugʻbek davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar — saroy, masjid va maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga aylandi. Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish harakati kuchaydi. Mangʻitiylar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga aylandi. Qashqadaryo viloyati qoʻxna tarixi, qadimiy madaniyat yodgorliklari bilan mashhur. Viloyatdan buyuk olimlar, adib va shoirlar, mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar yetishib chiqqan. Qashqadaryo viloyati da 2004/05 oʻquv-yilida 1094 umumiy taʼlim maktabi, shu jumladan 34 ixtisoslashgan, 4 maxsus maktab, 3 gimnaziya va boshqalarda 620 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi. Viloyatda 62 kasb-hunar kolleji (49 ming talaba), 4 akademik litsey (2 ming oʻquvchi), 18 bolalar musiqa maktabi (1,7 ming oʻquvchi), 3 mehribonlik uyi, 2 oliy oʻquv yurti (Qarshi universiteti, Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti; 10,4 mingga yaqin talaba) bor. Qashqadaryo oʻlkashunoslik muzeyi (Qarshi shahri), Amir Temur muzeyi (Shahrisabz shahri da), viloyat musiqali drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, „Eski masjid“, „Muloqot“ teatr studiyalari, „Oʻzbekraqs“, „Oʻzbeknavo“ning viloyat boʻlimlari, ashula va raqs direksiyasi faoliyat koʻrsatadi. 464 jamoat kutubxonasi (kitob fondi 3930 ming nusxa), 148 klub muassasasi, 6 madaniyat va istirohat bogʻi bor. 16 ashula va raqs xalq ansambli, 2 folklor etnografik xalq ansambli, 373 badiy havaskorlik jamoa va boshqalar madaniy muassasalar ishlab turibdi. Qashqadaryo viloyati da Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari: Rahimjon Komiljonov, Sadriddin Salimov, Isoq Toʻrayev; Oʻzbekiston xalq hofizi Oʻlmas Saidjonov; Oʻzbekiston xalq baxshilari: Shomurod baxshi Togʻayev, Qahhor baxshi Rahimov; Oʻzbekiston xalq artistlari: Farogʻat Rahmatova, Ikroma Boltayeva, Zamira Suyunova, Maryam Sattorova, Nasiba Sattorova, Husan Amirqulov, Muhtarama Nosirova; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar: Tojiddin Murodov, Oygul Xalilova, Bahriddin Rahmonov, Zebo Tursunovalar voyaga yetganlar. Qashqadaryo vohasi oʻtmishda 300 ga yaqin nasafiylar va oʻnlab keshiylarga vatan boʻlgan yurtdir. Viloyatda 1996-yilda Amir Temurning 660-yilligi, 2003-yilda Shahrisabz shahrining 2700-yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Qashqadaryo viloyati da Respublika „Oʻzbekturizm“ milliy kompaniyasiga qarashli boʻlimlar, bir necha mehmonxona mavjud. 2004-yilda viloyat hududiga 31 mingdan ziyod turist kelib ketdi.
TABIATI- Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan, sharq va janubi-sharqdan Zarafshon hamda Hisor togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155-160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura −20°.-yiliga tekisliklarda 290-300 mm, adirlarda 520-550 mm, togʻlarda 550-650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsadi. Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻoʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi. Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq (2006). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi.



  1. Download 37,25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish