QASHQADARYO VILOYATINING TURIZMI VA IQTISODIYOTI
AHOLI VA TURIZM - Aholisi, asosan, oʻzbeklar (91,2 %), shuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, ozarbayjon, koreys, qirgʻiz, turk, ukrain, belorus va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 83,7 kishi. Shahar aholisi 587,5 ming kishi, qishloq aholisi 1790,7 ming kishi. 20-asr boshlarigacha hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida yashagan aholining koʻpchiligi orasida urugʻqabilalarga boʻlinish saqlanib kelgan. Mas, Qarshi shahri va uning atroflarida mangʻit, saroy, qavchin, qatagʻon, kutchi, qipchoqlar, xtoy, qirq va boshqalar urugʻlar, Shahrisabz va uning atroflarida kenagas, saroy, qutchi, turk, qatagʻon, qalmoq, qangʻli, chuyut, qiyot, qoʻngʻirot, mojor, mangʻit, mitan, moʻgʻul, nayman, sayot urugʻlari, Gʻuzor va uning atroflarida qavchin, kerayit, qoʻngʻirot, mangʻit va boshqalar urugʻlar yashagan. Ular dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanishgan.
Qashqadaryo koʻprigi Qarshi shahri, Ravoq MFY Qarshi shahridagi qadimiy koʻprik ayni paytda “Amir Temur koʻprigi” deya nomlanadi. Manbalarga koʻra, u 700 yillik tarixga ega boʻlib, qadimda Qashqadaryo daryosi qirgʻoqlarini birlashtirgan hamda xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy aloqa vositasi boʻlgan. Bir vaqtlar ushbu tarixiy koʻprik ustidan Eron va Hindistonni Yevropa bilan bogʻlovchi karvon yoʻllari oʻtgan. Shu bois bu voha asrlar davomida gullab-yashnagan. Olim va sayyoh German Vamberining yozishicha, 1860-yillarda Qarshi shahrida 10 ta karvonsaroy, katta bozor, shahar aholisi dam oladigan bogʻ boʻlgan. U bunday bogʻni boshqa yurtlarda uchratmaganini alohida qayd etgan. Oʻrta Osiyoning qadimgi inshootlaridan hisoblangan koʻprik asosan pishiq gʻisht va mustahkamlovchi qorishmalardan iborat boʻlgan, unda 12ta pillapoya va 14ta ravoq koʻrinib turgan. Vaqt oʻtishi bilan daryoning oʻzani kengayadi, koʻprikni uzaytirish va qayta taʼmirlash zarurati tugʻiladi. Shu tufayli 1914-yilda koʻprikning har ikki tarafidan qoʻshimcha qismlar qurilgan hamda kirish joyida pishiq gʻishtdan ikkita qorovulxona barpo etilgan. Ular yuk transporti harakatiga xalaqit berganligi uchun 1970-yilda buzib tashlangan, lekin 2005-yilda yana qayta tiklangan. Inshoot juda puxta, mustahkam qurilgan boʻlib, oʻzbek meʼmorchiligidagi muhandislik sohasida dadil qadam hisoblanadi. Tarixiy maʼlumotlar shundan dalolat beradiki, Qashqadaryo koʻprigi ustidan makedoniyalik Iskandar qoʻshinlari, aravalari, arablar, Chingizxon, Amir Temur, Bobur, Shayboynixon suvoriylari ham oʻtgan.
''Imom Moʻyin an-Nasafiy majmuasi'' Qarshi tumani, Qovchin MFY, Qovchin qishlogʻi Qashqadaryo zaminining ulugʻ allomalardan, dunyo fanlari rivojlanishiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan, ayniqsa Movarounnahrning fiqh (islom huquqshunoslik) ilmi miqyosidagi katta oʻrin tutgan Motrudiya kalom maktabini atoqli namoyandalaridan biri buyuk olimlar oilasiga mansub yirik faqih Abul Muʼiyn an-Nasafiy 1027-yil Nasaf shahrida tugʻilgan. Abul Muʼiyn uzoq vaqt Buxoro va Samarqandda yashab ijod etgan. Fathulloh Xulayf “Abul Muʼiyn Moturudiy kalom maktabini himoya qilib turuvchi buyuk shaxs” deb tariflaydi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi Qashqadaryo boʻlimi.
Do'stlaringiz bilan baham: |