Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi dehqonobod tuman xalq ta’limi bo’limi tassarufidagi


Kuyishning III va IV darajasi sekin bitadi va kuygan soha terisini ko'chirib o'tkazish yo'li bilangina berkitish mumkin



Download 0,49 Mb.
bet3/11
Sana03.06.2022
Hajmi0,49 Mb.
#631071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Фан ойлиги чқбт 1 соатлик дарс ишланма

Kuyishning III va IV darajasi sekin bitadi va kuygan soha terisini ko'chirib o'tkazish yo'li bilangina berkitish mumkin.
Kuyish og‘ir hodisalar keltirib chiqaradi. Bu hol, bir tomondan, markaziy nerf tizimidagi o’zgarishlar, ikkinchi tomondan qon va ichki organlar funksiyasidagi o’zgarishlar sababli yuzaga keladi.


Sovuq olgan, oftob urgan vа issiq elitgan, suvga cho‘kkan, zaharli ilon va hashrotlar chaqqanlarga birinchi tibbiy yordam
Sovuq olishi (sovuq urishi) organizm to‘qimalariga past harorat ta’sir qilishi natijasida shu to'qimalaming shikastlanib qolishi bilan tavsillanadi. To‘qimalar harorati 0°C dan yuqoriroq bo‘lib turganda ham sovuq olishi mumkin, ayniqsa, kunlar dam-badam isib-sovib turganda shunday bo'ladi. Sovuq ta’sir qilgan mahalda avvalga o‘sha joy sanchib, sovuq yegani seziladi, achishib turadi, keyin terisi oqarib yoki ko‘karib, sezmaydigan bo‘lib qoladi. Qo‘1 yoki oyoq faol harakat qila olmaydi. Shikastning nechog'liq chuqur va keng yoyilganini sovuq ta’siri to‘xtaganidan keyin, ba’zan bir necha kun o'tganidan keyin aniqlasa bo'ladi (sovuq olgan joy shishib, unda yallig'lanish boshlanadi yoki to‘qimalar halok bo‘ladi — nekroz ro‘y beradi).
To'qimalarning qanchalik chuqur shikastlanganiga qarab, sovuq olishi- ning to‘rt darajasi farq qilinadi: yengil (I), o‘rtacha og‘ir (II), og‘ir (III) va juda og‘ir (IV) (82-rasm)
Sovuq urishining I darajasi teri qon avlanishining tiklanadigan buzilishlari holidagi zaharlanishi bilan xarakterlanadi. Shikastlangan kishining terisi oqarib, biroz shishgan, sezuvchanligi keskin pasaygan yoki batamom yo‘qolgan bo’ladi. Isitislidan so‘ng teri ko‘kimtir-qizil tusga kiradi, shish kamayadi. Bunda ko'pincha lo'qillagan og'riq bo’ladi. Yallig'lanish (shish, qizillik, og'riq) bir necha kungacha saqlanib, asta-sekin yo! qoladi. Keyinroq terining po‘st tashlashi va qichishi kuzatiladi. Sovuq urgan soha ko‘pincha sovuqqa ojiz bo‘lib qoladi.
Sovuq urishining II darajasi teri yuza qatlamlarining nekrozi bilan yuzaga chiqadi. Isitishdan so‘ng shikastlangan kishining oqargan terisi to‘q qizil-ko‘kimtir tusga kiradi. Tezda to‘qimalar shishi rivojlanib, sovuq urgan joy atrofida tiniq yoki oq rangli suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar hosil bo‘ladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin tiklanadi va terida sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin. Biroq uzoq vaqtgacha birmuncha og‘riq bo‘lishi qayd qilinadi. Sovuq urishining bu darajasida umumiy o'zgarishlar ro‘y beradi: tana harorati ko'tariladi, ishtaha va uyqu yomonlashadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko'kimtir, sezuvchanligi past bo‘lib qoladi.
Sovuq urishining III darajasi qon ta’minotining buzilishi terining hamma qavatlari va yumshoq to’qimalarining har xil chuqurlikda nekrozga ucjrashiga olib keladi. Bunda nechog’lik shikastlanganlik asta sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nelrozi aniqlanadi.
Sovuq urishining IV darajasi to‘qimalarning hamma qatlamlari, jumladan, suyaklarning ham jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sovuq urishida tananing shikastlangan qismini isitib bo‘lmaydi. U sovuqligicha qoladi va hech narsani sezmaydi. Teri qora suyuqlikka to‘lgan pufaklar bilan qoplanadi. Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Demarkatsion chiziq 10—17 kun o‘tgach paydo bo‘ladi. Shikastlangan joy atrofi tezda qorayadi va quriy boshlaydi (mumiyolanadi). Nekrozga uchragan sohaning ko‘chib tushish jarayoni ko‘pga cho'ziladi (1—2 oy) та jarohat juda sekin bitadi.
Havo sovuq, ayniqsa, shamol bo‘lib turganda badan terisining ochiq joylarmi bekitib olish lozim. Odam qattiq sovuqda bolgan paytida yuzi ochiq qismlarining sezuvchanligini dam-badam tekshirib turishi kerak. Sovuq olishiga yo‘l qo'ymaslik uchun har xil surtma dorilar, ya’ni malhamlarni ishlatishning foydasi yo‘ q.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda shikastlangan odamni issiq binoga ohb kirilib, issiq suvli vannaga solinadi, bordi-yu buning iloji bo'lmasa, uni o‘sha joyning o‘zida sovuqdan ehtiyot qilib, unga issiq choy, qahva ichiriladi. Ho‘l kiyim va poyabzali mumkin qadar qurug‘iga almashtiriladi. To‘qimalarda o/zgarishlar boshlanmagan bo’lsa, sovuq olgan joylar spirt, atir bilan artilib pahta tamponi bilan yoki yuvib, quritilgan qo’llar bilan teri qizarib chiqguniga qardar ohista ishqalanadi.
Issiq elitishi yuqori harorat uzoq ta’sir qilib turishi natijasida butun a’zoyi badan haddan tashqari qizib ketganida boshlanadi. Oftob urishi ham issiq elitishining bir turidir. Quyosh nurlari ochiq badanga bevosita ta’sir qilishi natijasida odamni oftob uradi. Ayni vaqtda organizmni issiqlik elitishi, ya’ni termoregulatsiya izdan chiqib, bosh og‘rig‘i paydo bo'ladi, odamning quloqlari shang‘illab, boshi aylanadi, darmoni quriydi, ko‘ngli ayniydi va qayt qiladi.


Og‘ir hollarda odamning tana harorati 40°C gacha ko‘tarilib, alahlaydi, ko‘z qorachiqlari kengayib ketadi, nalasi tezlashib, daqiqasiga 35—40 gacha, pulsi esa 140—160 gacha yetadi, ba’zan odam o‘zidan ketib qoladi. Birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatishda bemorni isib ketgan joydan olib chiqib, siqib turgan kiyimlarini yechib ohsh, boshini balandroq ko‘tarib, yotqizib qo‘yish kerak. Boshiga va yurak sohasiga sovuq narsa bosish, novshadil spirti hidlatish, ko‘p suyuqlik — choy, qahva ichirish zarur.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish