Kuyishning III va IV darajasi sekin bitadi va kuygan soha terisini ko'chirib o'tkazish yo'li bilangina berkitish mumkin.
Kuyish ogir hodisalar keltirib chiqaradi. Bu hol, bir tomondan, markaziy nerf tizimidagi ozgarishlar, ikkinchi tomondan qon va ichki organlar funksiyasidagi o’zgarishlar sababli yuzaga keladi.
Sovuq olgan, oftob urgan vа issiq elitgan, suvga cho‘kkan, zaharli ilon va hashrotlar chaqqanlarga birinchi tibbiy yordam
Sovuq olishi (sovuq urishi) organizm to‘qimalariga past harorat ta’sir qilishi natijasida shu to'qimalaming shikastlanib qolishi bilan tavsillanadi. Toqimalar harorati 0°C dan yuqoriroq bolib turganda ham sovuq olishi mumkin, ayniqsa, kunlar dam-badam isib-sovib turganda shunday bo'ladi. Sovuq tasir qilgan mahalda avvalga osha joy sanchib, sovuq yegani seziladi, achishib turadi, keyin terisi oqarib yoki kokarib, sezmaydigan bolib qoladi. Qo1 yoki oyoq faol harakat qila olmaydi. Shikastning nechog'liq chuqur va keng yoyilganini sovuq tasiri toxtaganidan keyin, bazan bir necha kun o'tganidan keyin aniqlasa bo'ladi (sovuq olgan joy shishib, unda yallig'lanish boshlanadi yoki toqimalar halok boladi nekroz roy beradi).
To'qimalarning qanchalik chuqur shikastlanganiga qarab, sovuq olishi- ning tort darajasi farq qilinadi: yengil (I), ortacha ogir (II), ogir (III) va juda ogir (IV) (82-rasm)
Sovuq urishining I darajasi teri qon avlanishining tiklanadigan buzilishlari holidagi zaharlanishi bilan xarakterlanadi. Shikastlangan kishining terisi oqarib, biroz shishgan, sezuvchanligi keskin pasaygan yoki batamom yoqolgan boladi. Isitislidan song teri kokimtir-qizil tusga kiradi, shish kamayadi. Bunda ko'pincha lo'qillagan og'riq boladi. Yallig'lanish (shish, qizillik, og'riq) bir necha kungacha saqlanib, asta-sekin yo! qoladi. Keyinroq terining post tashlashi va qichishi kuzatiladi. Sovuq urgan soha kopincha sovuqqa ojiz bolib qoladi.
Sovuq urishining II darajasi teri yuza qatlamlarining nekrozi bilan yuzaga chiqadi. Isitishdan song shikastlangan kishining oqargan terisi toq qizil-kokimtir tusga kiradi. Tezda toqimalar shishi rivojlanib, sovuq urgan joy atrofida tiniq yoki oq rangli suyuqlik bilan tolgan pufakchalar hosil boladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin tiklanadi va terida sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin. Biroq uzoq vaqtgacha birmuncha ogriq bolishi qayd qilinadi. Sovuq urishining bu darajasida umumiy o'zgarishlar roy beradi: tana harorati ko'tariladi, ishtaha va uyqu yomonlashadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko'kimtir, sezuvchanligi past bolib qoladi.
Sovuq urishining III darajasi qon taminotining buzilishi terining hamma qavatlari va yumshoq toqimalarining har xil chuqurlikda nekrozga ucjrashiga olib keladi. Bunda nechoglik shikastlanganlik asta sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nelrozi aniqlanadi.
Sovuq urishining IV darajasi toqimalarning hamma qatlamlari, jumladan, suyaklarning ham jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sovuq urishida tananing shikastlangan qismini isitib bolmaydi. U sovuqligicha qoladi va hech narsani sezmaydi. Teri qora suyuqlikka tolgan pufaklar bilan qoplanadi. Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Demarkatsion chiziq 1017 kun otgach paydo boladi. Shikastlangan joy atrofi tezda qorayadi va quriy boshlaydi (mumiyolanadi). Nekrozga uchragan sohaning kochib tushish jarayoni kopga cho'ziladi (12 oy) та jarohat juda sekin bitadi.
Havo sovuq, ayniqsa, shamol bo‘lib turganda badan terisining ochiq joylarmi bekitib olish lozim. Odam qattiq sovuqda bolgan paytida yuzi ochiq qismlarining sezuvchanligini dam-badam tekshirib turishi kerak. Sovuq olishiga yo‘l qo'ymaslik uchun har xil surtma dorilar, yani malhamlarni ishlatishning foydasi yo q.
Birinchi tibbiy yordam korsatishda shikastlangan odamni issiq binoga ohb kirilib, issiq suvli vannaga solinadi, bordi-yu buning iloji bo'lmasa, uni osha joyning ozida sovuqdan ehtiyot qilib, unga issiq choy, qahva ichiriladi. Hol kiyim va poyabzali mumkin qadar qurugiga almashtiriladi. Toqimalarda o/zgarishlar boshlanmagan bolsa, sovuq olgan joylar spirt, atir bilan artilib pahta tamponi bilan yoki yuvib, quritilgan qollar bilan teri qizarib chiqguniga qardar ohista ishqalanadi.
Issiq elitishi yuqori harorat uzoq tasir qilib turishi natijasida butun azoyi badan haddan tashqari qizib ketganida boshlanadi. Oftob urishi ham issiq elitishining bir turidir. Quyosh nurlari ochiq badanga bevosita tasir qilishi natijasida odamni oftob uradi. Ayni vaqtda organizmni issiqlik elitishi, yani termoregulatsiya izdan chiqib, bosh ogrigi paydo bo'ladi, odamning quloqlari shangillab, boshi aylanadi, darmoni quriydi, kongli ayniydi va qayt qiladi.
Ogir hollarda odamning tana harorati 40°C gacha kotarilib, alahlaydi, koz qorachiqlari kengayib ketadi, nalasi tezlashib, daqiqasiga 3540 gacha, pulsi esa 140160 gacha yetadi, bazan odam ozidan ketib qoladi. Birinchi tibbiy yordamni korsatishda bemorni isib ketgan joydan olib chiqib, siqib turgan kiyimlarini yechib ohsh, boshini balandroq kotarib, yotqizib qoyish kerak. Boshiga va yurak sohasiga sovuq narsa bosish, novshadil spirti hidlatish, kop suyuqlik choy, qahva ichirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |