Optik kabel o’zagi. Hozirgi zamon optik kabellarining o’zak tuzilishi turli xil ko’rinishga ega bo’lib, ular optik tolalarning joylanishiga bog’liq bo’lganligi hisobiga ikki guruxga bo’linadi: zich joylashgan va bo’sh joylashgan. Optik tolalarni kabel o’zagida zich ravishda joylanish guruxi 6.1-rasmda keltirilgan.
4
3
a) b)
6.1-rasm. Kabel o’zagining zich ravishda joylanish tuzilishi: 1-optik tola birlamchi va ikkilamchi qoplam orasida; 2-kuchlantiruvchi element; 3-optik tola birlamchi qatlam orasida; 4-ikkilamchi tasmali qatlam; 5-plastmassa tasma.
Birlamchi va ikkilamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo’lgan optik tolalar markaziy kuchlantiruvchi element atrofiga konsentrik ravishda o’ralgan qatlamli tuzilishga (6.1,a – rasm) ega. Agar juda ham ko’plab optik tolalarga ega bo’lgan kabel bir nechta qatlamlardan iborat bo’lishi yoki bitta qatlamda bita dona optik tolalar o’rniga modullarni qo’llash mumkin. Bunday modullar birlamchi qoplamga ega bo’lgan bir nechta optik tolalar ikkilamchi qoplamga ega bo’lgan naycha ichida joylashadi. Qatlamli tuzilish esa keng ravishda qo’llanuvchi eski tuzilishdagi optik kabel tuzilishida qo’llanilgan.
Tasmasimon tuzilishda (6.1,b – rasm) birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo’lgan optik tolalar bir qatorda joylanishi mumkin yoki umumiy ikkilamchi tasmali qoplam orasida joylanishi mumkin. Bundan tashqari chetlari bir-biri bilan yopishtirib mahkamlangan va ichi to’ldirgich bilan to’ldirilgan ikkita plastmassa tasma orasida joylashtirilishi ham mumkin. Bunday tasmali modul ichi 2….24 tagacha optik tolalar bilan to’ldiriladi. Ba’zi bir hollarda birlamchi va ikkilamchi qoplamga ega bo’lgan optik tola yon tomon yuzasi butun uzunlik bo’yicha yelimlab ulash hisobiga hosil bo’luvchi tasma ko’rinishda bo’lishi ham mumkin. Optik kabelning o’zagi tasmali modullar qatoridan (tasmali matrisa) ham tashkil qilingan bo’lishi mumkin.
O’zagi bo’shliq tuzilishdagi (6.2 – rasm) optik kabellar naychasimon (modulli) va profillangan (oraliqlarga joylashtirilgan) konstruktiv tuzilishga ega. Modulli tuzilishda (6.2,a – rasm) bitta yoki bir nechta birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo’lgan optik tolalar ikkilamchi muxofazalovchi qoplam vazifasini bajaruvchi polimer naycha ichiga bemalol ravishda joylashtiriladi. Naychaning diametri 2….3mm, shunday usul yordamida tashkil qilingan modullar markaziy kuchlantiruvchi element atrofida spiral ko’rinishda o’ralib chiqiladi. Ba’zi bir optik kabellarning o’zagi bitta diametri 6…10 mm bo’lgan markaziy naychali moduldan tashkil etilib unda birlamchi qoplamga ega bo’lgan 50 tagacha optik tolalarni joylashtirish mumkin. Optik tolalarning montajini osonlashtirish maqsadida ular bog’lam ko’rinishida guruhlashtiriladi. Optik kabelning lozim bo’lgan mustahkamlik chegarasiga erishish uchun kabel o’zagi va muhofazalovchi qobiq orasiga yoki qobiq ichi metal simlar yoki sintetik mustahkam iplar yordamida mustaxkamlanadi.
a) b)
6.2 – rasm. O’zagi bo’shliq tuzilish ko’rinishlari: 1- optik tola; 2- polimer naycha (modul); 3- kuchlantiruvchi element; 4- plastmassali tayanch o’zak.
Profillangan (o’zak oraliqlarida joylashgan tolalar) o’zak (6.2,b- rasm) to’g’ri burchakli plastmassali yoki V – ko’rinishdagi oraliqlardan iborat bo’lgan plastmassa o’zak spiral shaklda joylashtirilgan o’zakdagi kesilgan oraliqlarga birlamchi muhofazalovchi qoplamga ega bo’lgan bitta yoki bir nechta optik tolalar bemalol joylashtiriladi. Kabelning kuchlantiruvchi elementi kabelning o’zak o’qi bo’yicha joylashgan.
To’liq tuzilishga ega bo’lgan kabel o’zagi bir muncha oson tayyorlanish texnologiyasi bilan farqlanib unchalik katta bo’lmagan gabarit o’lchamlariga ega bo’lgan ko’ndalang yuzasini to’ldirgich bilan to’ldirishi hisobiga erishiladi. Ammo to’liq tuzilishdagi o’zakda optik kabelning o’lchamlaridagi mexanik va harorat o’zgarishi o’z navbatida optik tolalarda mexanik kuchlanganlik holatini hosil qiladi va u o’z navbatida mikro yorilishlarni hosil bo’lishiga olib keladi. Bu esa o’z navbatida qo’shimcha (kabel) yo’qotuvchanligini birmuncha oshishiga va vaqt o’tishi bilan optik parametrlarni o’zgarishga hamda optik tolani uzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |