5. Sinxron raqamli transport modul satxi va optik kabel rusumini tanlash
Tolali optik liniya magistralini loyihalashtirishda raqamli aloqa uzatish vositalarini qo’llash zarur. Bugungi kunda bunday aloqa uzatish vositalari vazifasini sinxron raqamli iyerarxiya (SDH – Synchronous Digital Hierarchy) turkumiga mansub bo’lgan aloqa uzatish vositalari bajaradi. Raqamli aloqa uzatish vositalari raqamli ma’lumotlarni siklik, blok–sikl strukturasi asosida amalga oshiriladi. Bunda qaytarilish davri 125 mksga teng bo’ladi va ular transport modullari yordamida amalga oshiriladi. Transport modullari o’zlarining satxlari yoki ma’lumotlarni uzatish tezliklari va tarmoqda hosil qilinadigan uzatiladigan kanallar (oqimlar) soni bilan farqlanadi. SDH transport moduli beshta satxga bo’linadi. 5.1– jadvalda SDH transport modulini satxlari keltirilgan.
5.1–jadval
SDH transport modulining satxi
|
Transport moduli
|
Uzatish tezligi, Mbit/s
|
Telefon kanallari soni
|
SDH ning birinchi satxi
|
STM – 1
|
155,52
|
1890
|
SDH ning ikkinchi satxi
|
STM – 4
|
622,08
|
7560
|
SDH ning uchinchi satxi
|
STM – 16
|
2488,32
|
30240
|
SDH ning to’rtinchi satxi
|
STM – 64
|
9953,28
|
120960
|
SDH ning beshinchi satxi
|
STM – 256
|
39813,12
|
483840
|
Bizga ma’lumki, telekommunikasiya tarmoqlari global, magistral (milliy), hududiy va maxalliy tarmoqlarga bo’linadi. 5.2 – jadvalda turli xil transport modulining satxlarini turli aloqa tarmoqlarida qo’llanishi ko’rsatilgan.
5.2–jadval
Tarmoqlar
|
Transport modullari
|
Global
Milliy
Hududiy
Mahalliy
Lokal
|
STM – 256, DWDM, WDM
STM – 64, STM – 16, DWDM
STM – 4, STM – 16, DWDM
STM – 1, STM – 4, STM – 16,
STM – 1, STM – 4
|
Hisoblab chiqilgan trassa magistralidagi kanallar soni yoki raqamli oqimlar soni asosida loyixalashtirilayotgan aloqa trassa uchun transport modulini tanlaymiz.
Agar hisoblab chiqilgan kanallar uchun bir dona transport moduli yetmaydigan bo’lsa, u holda shu manzilgohlar uchun aloqani tashkil etish uchun transport modullar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
dona (5.1)
bu yerda:
NTR.MOD – loyixalashtirilayotgan trassada kerak bo’ladigan transport modullar soni, dona;
num – loyixalashtirilayotgan trassa uchun hisoblab chiqilgan umumiy kanallar soni;
ntr..mod –bitta transport moduli yordamida hosil qilinadigan kanallar soni.
Transport moduli yordamida ko’p kanalli aloqani tashkil qilish uchun kanallar jamlanib, ma’lumotlarni uzatish va qabul qilish uchun ikkita optik tola zarur bo’ladi (ikki tolali optik aloqa tashkil etish tizimi). U holda loyixalashtirilayotgan trassa uchun optik kabeldagi optik tolalar soni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
, tola (5.2)
bu yerda:
Ntola – loyixalashtirilayotgan aloqa trassada qo’llanadigan kabeldagi optik tolalar soni;
NTR.MOD – loyixalashtirilayotgan aloqa trassasida qo’llanuvchi transport modullar soni;
2 zahira – ikki dona zahiradagi tola.
Tolalar soni aniqlangandan so’ng, JIZZAX va NAMANGAN viloyatlari oralig’ida texnik ma’lumotlar bo’yicha to’g’ridan–to’g’ri yerga yotqizish uchun:
A–DF(ZN)2Y(SR)2Y4x2E9/1250.36F3.5+0.22H18LG rusumidagi kabel tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |