1. Individul loyixa ishi ni bajarish va rasmiylashtirish bo’yicha qo’yiladigan talablar
1. Individul loyixa ishini har bir talaba shaxsiy topshiriq vazifa asosida bajaradi va tushuntirish xati talablar asosida rasmiylashtirib, standart talablariga javob berishi lozim. Individul loyixa ishi o’z ichiga magistral tarmoq va shaharlararo aloqa liniya tarmoqlarini tanlash bo’yicha konkret yechimlarni o’z ichiga oladi. Individul loyixa ishi texnik yechimlar asosida iqtisodiyli tarmoq bo’lishi bilan birga, bu tarmoq ko’plab ma’lumotlar uzatish vazifasini bajarishi kerak. Tushuntirish xatida matn materiallari to’liq, xatosiz, so’zlar qisqartirilgan bo’lmasdan aniq loyihalashtirish asosida bo’lmog’i lozim. O’lchov birliklari Davlat Standarti talablari (DST) asosida bo’lishi kerak.
2. Individul loyixa ishida loyihalashtirish materiallari sxema va chizmalar bilan to’ldirilib, chizma va rasmlar qora rangda (qalam bilan) muxandislik grafikasi fanida qo’llanuvchi asboblar yordamida chizilishi lozim. Individul loyixa ishida keltirilgan chizmalar rasmlar osti yozmasiga ega bo’lib, jadvallar tepa tomonida belgilanib, Davlat standart talablariga javob berishi kerak. Individul loyixa ishidagi yozma ma’lumotlar ko’rinishi yaqqol ko’rinadigan rangli ruchka yoki avtoruchka yordamida bajarilib jadvallar esa qora rang bilan bajarilishi kerak.
3. Matnda keltirilgan ma’lumotlar va loyihalashtirish yechimlari individul loyixa ishi oxirida keltirilgan adabiyotlar ro’yxati tartib raqami bo’yicha olib borilib, qo’llanilgan adabiyot tartib raqami katta qavs orasida belgilanishi kerak. Individul loyixa ishidagi chizma, rasmlar va jadvallar ikki raqamli bo’lib, bajariluvchi bo’lim tartib raqamiga to’g’ri kelmog’i lozim.
4. Individul loyixa ishida keltirilgan hisoblarda avval hisoblash uchun formula yoziladi, bu formuladagi har bir xarfli belgilanish yoyilib yoziladi va har bir belgilanish tushuntirish so’zlar bilan ifodalanib, uning o’lchov birligi yoziladi, hamda qanday adabiyotdan foydalanganligi belgilanadi.Agar hisoblar bir nechta chastotada yoki hisoblar bir necha marta hisoblanadigan bo’lsa, u holda bu hisoblar bitta qiymat uchun hisoblangan bo’lib, qolgan qiymatlar hisob natijasi jadvaliga to’ldiriladi. Har bir hisoblar natijasi jadval ko’rinishida rasmiylashtirilib, ularning grafiklari chiziladi, hamda har bir hisoblar grafigi natijasi bo’yicha xulosa yozilishi lozim.
5. Individul loyixa ishi o’z ichiga jildlangan yig’ma ish, titul varag’i, mundarija, shaxsiy topshiriq va qo’llanilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga oladi. Individul loyixa ishining tushuntirish xati ko’rinishi quyidagi tartibda bo’ladi:
Titul varag’i;
Individual topshiriq–vazifa;
Kirish;
Individul loyixa ishi ning asosiy matni;
Individul loyixa ishi bo’yicha xulosa;
Adabiyotlar ro’yxati.
6. Individul loyixa ishining yozma ko’rinishi 297x210 mm o’lchamdagi standart A4 oq qog’oz formatiga chop etiladi. Individul loyixa ishidagi tushuntirish xatining ma’nosi individul loyixa ishi uchun berilgan vazifaga to’g’ri kelishi kerak. Individul loyixa ishidagi trassa ko’rinishi, loyixalashtirilayotgan trassada regeneratorlarni yoki multipleksorlarni joylashtirish chizmasi aloxida A4 formatiga qora rang bilan chizilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |