3. Loyihalashtiruluvchi aloqa magistralida kanallar soni hisobi
Loyihalashtiriluvchi transport tarmog’i topshiriq vazifasi asosida berilgan hududiy yoki shaharlararo tarmoq bo’lib u quyidagi ko’rinishga ega:
3.1-rasm. Shaharlararo aloqa transport tarmog’i bo’ylab aloqa tashkil etish sxemasi
Milliy yoki shaharlararo transport tarmog’i quyidagi ko’rinishda tashkil topadi “A” va “B” oxirgi manzilgohlar bo’lib ular orasida bitta yoki bir nechta oraliq manzilgohlari bo’lishi mumkin. Oraliq va ohirgi manzilgohlar shaharlararo avtomatik stansiyaning (ShAATS) apparatlar zalida joylashtirilishi mumkin. Liniya-apparat zalida ko’p kanalli aloqa uzatish vositalarining uskunalari va qurilmalari joylashtiriladi. Ohirgi manzilgohda joylashgan uskunalarga stansiyada qo’llanuvchi bog’lovchi liniyalar yordamida ShAATSning kommutasion uskunalariga ulanadi, shuningdek ShAATS o’z navbatida stansiyalararo bog’lovchi liniyalar yordamida shahar telefon tarmoqlari stansiyasining (ShTT) va qishloq telefon tarmoqlarining (QTT) stansiyalari bilan bog’lanadi. Shahar va qishloq hududlarida yashovchi abonentlar esa xizmat ko’rsatuvchi ATS bilan abonent liniyasi yordamida bog’lanadi va bu bilan ATSda va ShAATSda xizmat ko’rsatuvchi yuklama hosil qiladi bu yuklama Erlang (Erl) o’lchov birligida o’lchanadi. Transport tarmog’i orqali uzatiluvchi ma’lumotlar esa transport tarmog’ining trafigi deb ataladi va ikkilik impulslarning uzatuv tezligida ya’ni bit/s (kbit/s, Mbit/s, Gbit/s) o’lchov birligida o’lchanadi. Transport tarmog’ining trafigi o’z navbatida ikkita oxirgi manzilgohlar orasida tashkil qilinuvchi kanallar sonini aniqlab beradi.
Loyihalashtiriluvchi manzilgohlar orasida lozim bo’lgan kanallar soni shu manzilgohda yashovchi aholi soni va bu manzilgohlar orasidagi aholining ma’lum bir guruhini bir-biri bilan o’zaro qiziquv darajasiga bog’liq.
Har qanday viloyat markazi va shu viloyatda yashovchi aholi soni statistik ma’lumotlar yoki ohirgi marta aholini ro’yxatga olingan ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Loyixalashtirishning kelajak davri uchun aholining o’sishi e’tiborga olinadi.
Aholi sonining o’rtacha o’sish hisobiga bo’ladigan miqdori quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
kishi (3.1)
bu yerda: H0 – aholining ro’yxatga olish paytidagi soni, ming kishi;
R – manzilgohda aholining o’rtacha yillik o’sishi, % (ro’yxatga olish ma’lumotlari asosida R=2 3%);
t – aholini ro’yxatga olish va loyihalashtirish vaqti orasidagi davr, yil.
, yil
bu yerda: tlv – loyihalashtirish vaqti (misol uchun 2020 yil), yil;
tpo – ro’yxatga olish vaqti, yil(misol uchun 2017 yil).
Kelajak davr uchun loyihalash yili joriy yilga nisbatan 5 yil ilgariroq olinadi, ya’ni:
, yil
Do'stlaringiz bilan baham: |